Neft haqida tushuncha tarkibi fizikaviy,kimyoviy tarkib xossalari ish jarayonini tasvirlash. Reja


-rasm. Neft eksport qiladigan davlatlar


Download 358.26 Kb.
bet3/4
Sana13.09.2023
Hajmi358.26 Kb.
#1677013
1   2   3   4
Bog'liq
Neft haqida tushuncha tarkibi fizikaviy,kimyoviy tarkib xossalari ish jarayonini tasvirlash.

3-rasm. Neft eksport qiladigan davlatlar.





4-rasm. Neft import qiladigan davlatlar.

  1. Neft tarkibi fizikaviy va kimyoviy xossalari.

Neft — yonuvchan moy; tarkibida uglevodorod boʻlgan qizil-jigarrang, baʼzan qora rangli, oʻziga xos hidli Yer qobigʻida mavjud boʻlgan foydali qazilma boylik. Neftning tarkibida uglevodorodlardan tashqari, baʼzan kislarodli, oltingugurtli va azotli birikmalar ham boʻladi. Turli joydan chiqqan neftning tarkibi turlicha boʻlib, uning solishtirma ogʻirligi 0,74 bilan 0,97 g/sm³ orasidadir. Neftning tarkibiga qattiq, suyuq va gazholidagi uglevodorodlar kiradi. Gaz holidagi uglevodorodlar yer tagidan tabiiy gaz yoki yoʻldosh gaz(neft qazib olishda chiqadigan gaz) holida chiqadi. Tarkibida, asosan, suyuq uglevodorodlar boʻladigan neft — parafin asosli, qatiiq uglevodorodlar boʻladigan neft esa asfalt asosli neft deb ataladi.
Neft kimyosi — kimyo fanining bir boʻlimi, neft va tabiiy gaz kom-ponentlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va kimyoviy oʻzgarishlarini, shuningdek, ularni qayta ishlash jarayonlarini oʻrganadi. Neft kimyosi sohasidagi ilk tadqiqotlar 19-asrning oxirgi choragida (taxminan 1880-yil) boshlangan boʻlib, bu vaqtga kelib dunyo miqyosida neft quduqdaridan yiliga 4—5 mln.t neft chiqarilgan. Neftni termik krekinglash paytida ajralib chiqadigan gazlardan sintez yoʻli bilan olingan izopropil spirt (1920, AQSH)Neft kimyosining sanoat mikyosidagi birinchi mahsuloti edi. 1950—1960-yillarda toshkoʻmirga nisbatan neft-gaz xom ashyolaridan organik sintezda koʻproq foydalanish Neft kimyosining kimyoviy-ilmiy tadqiqotlardan mustaqil yoʻnalish sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi. Neft kimyosining bosh masalasi — neft va tabiiy gaz komponentlarini (asosan, uglevodorodlar, turli yonilgʻilar, surkov moylari, monomerlar, erituvchilar, sirt faol moddalar va boshqa olishda qoʻllaniladigan katta miqdordagi organik mahsulotlar) qayta ishlash jarayonlarini oʻrganish va samarali usullarini topishdan iborat. Shu maq-sadda Neft kimyosi neft uglevodlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari, uglevodorodlar aralashmalari va neft tarkibidagi geteroatom birikmalarning oʻzgarishini tekshiradi. Neft kimyosi muammolarni yechishda organik va fizik kimyo, mat., issiklik texnikasi, kibernetika va boshqa fanlarning usullari hamda yutuklaridan kompleks foydalanadi.
Tabiiy gazlar. Tabiiy gaz tarkibi ham qazib olinadigan joyiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi: uning asosiy qismini metan, qolganini etan, propan, butan, pentan kabi gazsimon uglevodorodlar tashkil qiladi. Tabiiy gazlar yoqilg‘i sifatida va kimyo sanoatida xomashyo sifatida ishlatiladi Xomashyo sifatida tabiiy gaz tarkibidan quyi haroratli fraksiyalash yoki gazlarni erituvchilar bilan adsorbsiyalab, so‘ngra fraksiyalarga ajratib haydash orqali olingan metan, propan, butan va boshqa uglevodorodlar ham ishlatiladi. o‘zbekistonda katta miqdorda toshko’mir, neft va tabiiy gaz zahiralari mavjud bo‘lib, kimyo sanoati tarmoqlarida ularni qayta ishlovchi korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda insoniyat oldida organik yoqilg‘ilarai energetik maqsadlarda qo’llashning o’sishini oldini olish, uning o’rniga quyosh, shamol, daryo va dengiz, okean suv kuchlari, atom yadrosi, biologik chiqindilar kabilardan foydalanish, ozod etilgan organik yoqilg’ilarni esa kimyoviy xomashyo sifatida ishlatish muammosi turibdi, ko‘plab olimlar shu muammo ustida izlanishlar olib bormoqdalar.



Download 358.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling