Neft va gaz geologiyasi


Download 0.75 Mb.
bet1/11
Sana14.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1006965
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi UQ















IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI




Iqtisodiyot, pedagogika va muhandislik fakulteti
Umummetodologik fanlar” kafedrasi


60721800 – NEFT VA GAZ ISHI TA’LIM YO‘NALISHI “NEFT VA GAZ GEOLOGIYASI” FANIDAN KURS ISHINI BAJARISH BO’YICHA


USLUBIY KO‘RSATMA





Qarshi – 2022 yil.





IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI

“Umummetodologik fanlar” kafedrasi


Neft va gaz geologiyasi” fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha
Uslubiy ko`rsatma
60721800 – Neft va gaz ishi ta’lim yo‘nalishi uchun


Qarshi 2022 yil

“Neft va gaz geologiyasi” fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma





Tuzuvchi:

N,A.Bayrayeva

- IPU “Umummetodologik fanlar” kafedrasi stajyor-o’qituvchisi





















Taqrizchilar:



L.X.Sattorov

- QarMII “Neft va gaz ishi” kafedrasi mudiri




O.X. Abdullayev

- IPU “Umummetodologik fanlar” kafedrasi mudiri

Kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma “Umummetodologik fanlar” kafedrasi yig’ilishida (bayon № ___, _________.2022 y.), Iqtisodiyot,pedagogika


va muhandislik fakulteti Uslubiy komissiyasida (bayon № ___, ___.2022 y.), va universitet Uslubiy kengashida (bayon № ___, _________.2022 y.) muhokama etilgan va o’quv jarayonida foydalanishga tavsiya qilingan.
“Neft va gaz geologiyasi” fanidan kurs ishi birinchi kursning birinchi semestrida mustaqil ish sifatida bajariladi. Uning maqsadi ma’ruza materiallarini mustahkamlashdir. Uni bajarishda talaba olingan bilimlarini muayyan vazifani bajarishda qo’llay olishini ko’rsatmog’i lozim.
Ushbu uslubiy ko`rsatma 60721800 – Neft va gaz ishi bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalariga mo’ljallangan.

I. Umumiy ma’lumotlar


“Neft va gaz geologiyasi” fanidan kurs ishi iqtisodiyot va pedagogika universiteti


tomonidan tasdiqlangan namunaviy o’quv rejasiga muvofiq 1-kursning 1-semestrida bajariladi.
Kurs ishini bajarishdan asosiy maqsad talabalarda Neft va gaz geologiyasi sohasidagi mustaqil bilimlarini mukammallashtirish va ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Kurs ishini bajarish jarayonida quyosh tizimi va uning sayyoralari, Yerning ichki va tashqi tuzilishi, yer po‘stining tarkibi va taraqqiyoti, yer po‘stini tashkil etuvchi minerallar va tog‘ jinslari, geoxronologiya, tektonik harakatlar va tektonik strukturalar, zilzila, magmatizm va metamorfizm jarayonlari va ularning sabablari, yer yuzasida kechayotgan keng qamrovli nurash jarayonlari, shamol, oqim suvlari, muzliklar, daryo va okeanlar, ko‘llar va botqoqliklar hamda yerosti suvlari faoliyati ta’riflangan umumiy bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar.
Kurs ishini bajarish uchun o’quv semestrining boshida har bir talabaga rahbar professor-o’qituvchi tomonidan alohida mavzu beriladi. Kurs ishi 210 x 297 mm o’lchamdagi standart formatdagi qog’ozda bajariladi. Kurs ishining tarkibiga kiruvchi rasmlar, sxema va jadvallar sifatli bajarilgan va tartib bilan raqamlangan bo’lishi lozim.
Kurs ishini bajarishda adabiyotlar, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, uslubiy ko’rsatma va qo’llanmalar, ilmiy hisobotlar hamda soha jurnallaridan foydalaniladi. Kurs ishini bajarishda kopyuterdan foydalanish mumkin.
Tugallangan kurs ishi o’quv semestrining yakunida talaba tomonidan himoya qilinadi. Kurs ishini baholashda baholash tizimidan foydalaniladi, ya’ni 3 baho – qoniqarli, 4 baho – yaxshi, 5 baho – a’lo baho hisoblanadi.

II. Kurs ishining mavzusi




Kurs ishining mavzulari o’quv semestrining boshida mazkur fandan dars beradigan professor-o’qituvchilar tomonidan tuziladi. Tuzilgan mavzular ro’yxati kafedra yig’ilishida ko’rib chiqiladi va ma’qullangach kafedra mudiri tasdiqlaydi. Kurs ishining mavzusi “Neft va gaz geologiyasi” fanining namunaviy dasturiga kiritilgan muayyan bir mavzuni qamrab olishi yoki aniq bir muammoni yechishga qaratilgan bo’lishi lozim.
Kurs ishining mavzusi talabalarga o’quv semestrining boshida rahbar tomonidan beriladi. Berilgan mavzuga muvofiq ishning rahbari va talaba tomonidan “kurs ishiga topshiriq” to’ldiriladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Kurs ishi quyidagi mavzular bo’yicha bajarilishi mumkin:

  1. Ko‘l va botqoqlik yotqiziqlari.

  2. Metamorfizm sabablari.

  3. Yerning tashqi qobiqlari.

  4. Yer po‘stining kimyoviy tarkiblari.

  5. Zilzilalarning geografik tarqalishi.

  6. Yerning issiqligi va magnitlik xususiyati.

  7. Yer po‘sti va mantiya.

  8. Minerallarni fizik xossalari (rang, shaffoflik, og‘irlik).

  9. Burmalar va burma hosil qiluvchi harakatlar.

  10. Jins yaratuvchi minerallarning fizik xususiyati.

  11. Dengiz yotqiziqlari.

  12. Yer va quyosh sistemasidagi planetalar.

  13. Neft va uning hosil bo‘lishi.

  14. Magmatik tog‘ jinslari va ularning xarakteristikasi.

  15. Yer osti suvlarining hosil bo‘lishi.

  16. Yerning atmosfera qobig‘i.

  17. Vulqon va uning mahsulotlari.

  18. Geotektonik gipotezalar.

  19. Metamorfik tog‘ jinslari va ularning tasnifi.

  20. Cho'kindi tog‘ jinslari va ularning tasnifi.

  21. Magmatik tog‘ jinslarining yotish shakllari.

  22. Nurash jarayonlari. (mexanik va kimyoviy nurash).

  23. Shamolning geologik ishi.

  24. Daryoning geologik ishi.

  25. Tog‘ jinslarining burmalar shaklida yotishi.

  26. Yonuvchi foydali qazilmalar.

  27. Kaustobiolitlar.

  28. Neft va gazning hosil bo‘lish nazariyalari.

  29. Tabiiy saqlagichlar (rezervuarlar).

  30. Neft va gaz tutqichlari.

  31. Neft va gazni kollektor jinslari.

  32. G‘ovaklilik.

  33. O‘tkazuvchanlik.

  34. Neft va gazning fizik - ximik xususiyatlari.

  35. Qatlam suvining fizik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi.

  36. Neft va gazning migratsiyasi va to‘planishi.

  37. Qatlam va qatlamliylik.

  38. O‘zbekistonning neft va gazli xududlari.

  39. Neft va gaz uyumlarining genetik turlari.

  40. Yer po‘stida neftgazli to‘plamlarning tarqalganligi.

  41. Yer po‘stidagi ekzogen va endogen jarayonlar.

  42. Neft, gaz va suvni o‘tkazmaydigan qopqoq jinslar.

  43. Burmalarning kelib chiqishiga ko‘ra genetik sinflari.

  44. Geologik xaritalar va ularning turlari.

  45. Neft va gazni tashkil qiluvchi uglerodning xossalari.

  46. Strukturalar xaritalarini tuzish usullari.

  47. Neft va gaz uyumlarining genetik turlari.

  48. Yer po‘stida neft va gazli to‘plamlarning tarqanganligi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling