Neft va gaz geologiyasi
Download 0.75 Mb.
|
Kurs ishi UQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI Fanning nomi: “ Neft va gaz geologiyasi ”
- Rahbar: ___________ _________________________ (imzo) (F.I.O.) KIRISH
“T A S D I Q L A Y M A N” «Umummetodologik fanlar» kafedrasi mudiri ______ (imzo) ______________________ (F.I.O.) « ___ » _______ 2022 yil KURS ISHI Fanning nomi: “Neft va gaz geologiyasi” Talaba: ________________________________________________ NGI ______ talabasi 1. Kurs ishining mavzusi: Yer va uning qobiqlari 2. Kurs ishi uchun boshlang’ich ma’lumotlar : Kurs ishi bo’yicha rahbarning topshiriqlari, fan bo’yicha yozilgan ma’ruzalar, adabiyotlar va qo’llanmalar, mavzuga tegishli rasmlar Qo’llanmalar: “Neft va gaz geologiyasi” fanidan kurs ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma. Qarshi 2022 y. 4. Hisobiy izox qismining mazmuni (ishlab chiqilishi lozim bo’lgan savollar ro’yxati): Kirish, Yerning umumiy tavsifi, Yerning shakli, Yerning tashqi qobiqlari, Yerning seysmotomografik modeli, Geosferalar, Yerning issiqlik maydoni, Yerning magnit maydoni, Yer po‘stining kimyoviy tarkibi, Xulosa. 5.Chizmalar ro’yxati (bajarilishi shart bo’lgan chizma va grafiklar): 1) Yer sharining fazodan ko’rinishi 2) Atmosferaning vertikal kesmasi 3) Yer ichki tuzilishining modeli 4) Yerning kesmasi 5) Geyzerlar orqali issiqlik oqimining yer yuzasiga chiqishi Rahbar: ___________ _________________________ (imzo) (F.I.O.) KIRISH Tabiatda kechadigan geologik jarayonlarning rivojlanishi, bir tomondan, bashariyat uchun katta iqtisodiy zarar va kulfatlar keltirsa, ikkinchi tomondan, farovon hayot uchun kerakli bo‘lgan mineral boyliklarni vujudga keltiradi. Bu esa yashab turgan zaminda kechadigan geologik jarayonlar rivojlanishidagi qonuniyatlarni mukammal bilish lozimligini taqozo etadi. Yerning tarixini davriylash juda muhim va shu bilan birga murakkab masala hisoblanadi. Chunki bu qariyb 4,5 mlrd yil davomida kechgan geologik jarayonlarni qonuniy ketma-ketlikda qayta tiklashni ko‘zda tutadi. Bunda geodinamik vaziyatlarning almashinishi, paleogeografik ladshaftlarning o‘zgarishi va organik dunyoning evolyutsiyasi yetakchi o‘rinda turadi. Ushbu omillarning rivojlanishidagi tub burilishlarga asoslangan yer tarixini davriylash masalalariga darslikning to‘rtinchi qismi bag‘ishlangan. Yer tarixida uzoq davr davomida kechgan geologik jarayonlarni tahlil qilib ikkita muhim masalaga oydinlik kiritish mumkin. Bulardan birinchisi yer po‘sti rivojlanishida uzoq vaqt davomida (tog‘lar yoki tekisliklarning vujudga kelishi) yoki bir zumda kechadigan katostrofik jarayonlar (zilzila, vulkanizm) va ikkinchisi foydali qazilmalarning shakllanishidagi davriylikdir. Masalan, temir ma’danlari zahirasining asosiy qismi quyi proterozoyda, neft va gaz konlariniki esa mezozoy va kaynoyda shakllangan. Darslik universitetlarning geologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarga o‘qitiladigan “Umumiy geologiya” kursining o‘quv dasturiga mos ravishda yozilgan. Ammo undan fuqora qurilishi, avtomobil va temir yo‘llar transporti, irrigatsiya va melioratsiya va boshqa yo‘nalishlarda ta’lim olayotgan talabalar ham foydalanishi mumkin. Yerning ichki tuzilishi to‘g‘risidagi asosiy ma’lumot kompleks geofizik usullar qo‘llanilishi tufayli olinadi. Ularning orasida ko‘p kanalli seysmoprofillash, chuqurlik seysmotomografiyasi, gravimetriya, magnitometriya, magnitotellurik zondlash va geotermiya asosiy usullar sanaladi. Ularni yadroda va mantiyada turli bosim va harorat sharoitida Yer qobiqlarida moddalarning hatti-harakatini modellash imkonini beruvchi laboratoriya eksperimentlari to‘ldiradi. Bu usullarni kompleks tadbiq etish Yer ichki tuzilishining hajmiy ko‘rinishini tasvirlash imkonini beradi. Yer nafaqat qatlamlangan, balki ularning izlari ham murakkab ichki tuzilishga ega, lateral yo’nalishda fizik holati va petrokimyoviy tarkibi bo`yicha ham bir xil emasligi ma’lum bo’ldi. Ko‘ndalang, bo‘ylama va yuza to‘lqinlarining tarqalishini tashkil qilish faqat yerning kesmasida bir jinsli emaslikni qobiqlar shaklida emas, balki lateral yo‘nalishda ham (geosferalar) zichlik taqsimlanishining hajmiy tasvirini aniqlashga imkon berdi. Ular seysmik to‘lqinlar tezligining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan kam, ±0,5-3,0% o‘zgarishi orqali ajratiladi. Bir jinsli emaslikning asosiy elementlari bo‘lib yuqori va past tezlikdagi anomaliyalar sanaladi. Bu hol moddalarning sovuq (yuqori tezlikli) va issiq (past tezlikli) oqimlari sifatida talqin qilinadi. Ularning bir-biridan farqlanishi moddiy tarkibiga ham bog‘liq. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling