Neft va gaz geologiyasi


Yer po‘stining kimyoviy tarkibi


Download 0.75 Mb.
bet10/11
Sana14.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1006965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi UQ

Yer po‘stining kimyoviy tarkibi

Yerning ustki tosh qobig‘i - yer po‘sti - tarkibi va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan tog‘ jinslaridan tuzilgan. Har qanday tog‘ jinsi muayyan minerallarning majmuasidan tarkib topgan bo‘ladi, minerallar esa o‘z navbatida kimyoviy elementlar yoki ularning tabiiy birikmalaridan iborat.


Shunday qilib, yer moddasi tashkil topishining murakkablanish tartibida qaralsa quyidagi toifalar qatoridan iborat bo‘ladi: kimyoviy element - mineral - tog‘ jinsi. Quyida aynan shu tartibda yerning moddiy tarkibi ko‘rib chiqiladi.
Yer po‘stining kimyoviy tarkibi to‘g‘risidagi ko‘proq ishonchli ma’lumotlar bevosita o‘rganish mumkin bo‘lgan uning ustki qismiga (16-20 km chuqurlikkacha) taalluqli. Yer po‘stining kimyoviy tarkibi, uning makon va zamonda o‘zgarish qonuniyatlari masalalari bilan hali nisbatan yosh bo‘lgan geokimyo fani shug‘ullanadi.
Hozirgi zamon geokimyosining ma’lumotlariga ko‘ra yer po‘stida 93 ta kimyoviy element aniqlangan. Ularning ko‘pchiligi turli izotoplarning aralashmasidan iborat. Faqatgina 22 ta kimyoviy element (masalan, natriy, marganets, ftor, fosfor, oltin) izotoplariga egamas va shuning uchun oddiy elementlar deyiladi.
Yer po‘stida kimyoviy elementlar juda notekis taqsimlangan.
Kimyoviy elementlarning tarqalishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki ko‘lamli tadqiqotlar amerikalik geoximik F. Klark tomonidan o‘tkazilgan. Turli tog‘ jinslarining 6000 ta kimyoviy tahlilini matematik yo‘l bilan qayta ishlab chiqib F. Klark yer po‘stida 50 ta eng keng tarqalgan kimyoviy elementlarning o‘rtacha miqdorini aniqlab chiqqan. Ilk bor 1889 yilda chop etilgan F. Klark ma’lumotlariga keyinchalik olimlar tomonidan aniqlik kiritilgan. 1-jadvalda turli tadqiqotchilar bo‘yicha yer po‘stida eng keng tarqalgan elementlarning klarki ko‘rsatilgan.
1-jadval
Yer po‘stida eng keng tarqalgan elementlarning
og‘irlik klarki

Element
lar

F.Klark bo‘yicha
(1924)

A.P.Vnnogra-dov bo‘yicha (1962)

V.Meyson bo‘yicha (1971)

A.A.Yaroshev-skiy bo‘yicha (1988)

0

49,52

49,13

46,60

47,90

Si

25,75

26,00

27,72

29,50

Аl

7,51

7,45

8,13

8,14



4,70

4,20

5,00

4,37

Мg

1,94

2,35

2,09

1,79

Ca


3,29

3,25

3,63

2,71


2,64

2,40

2,83

2,01

К


2,40

2,35

2,59

2,40

H


0,88

0,15

-

0,16

Тi


-

0,61

-

0,52

С


-

0,36

-

0,27

S





-

-

0,10

Мn





-

-

0,12

Keltirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, yer po‘stining 98 % dan ortiqrog‘ini tashkil etuvchi bosh elementlari bo‘lib О, Si, Al, Fe, Ca, Na, К, Mg hisoblanadi. Ularning orasida birinchi o‘rinni kislorod egallaydi va uning hissasi yer po‘sti massasining deyarli yarmiga teng keladi va hajmining 92 % ga yaqinini tashkil etadi.




XULOSA

Shunday qilib, yer po‘stida yengil elementlar ustuvorlikka ega va u og‘ir metallar bilan boyigan boshqa ichki geosferalardan farq qiladi.


Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, kimyoviy elementlarning tarqalishi to‘g‘risidagi bizning tasavvurimiz har doim ham ularning haqiqiy klarkiga to‘g‘ri kelavermaydi. Masalan, mis, rux, qo‘rg‘oshin kabi odatdagi elementlar kam hisoblanuvchi sirkoniy va vanadiydan klarki bir necha marta kam. Bunday nomuvofiqlikning sababi yer po‘stida kimyoviy elementlarning yuqori konsentratsiya - kon hosil qilishidagi turlicha xossasidadir.
Ер po‘stining kimyoviy tarkibi geologik vaqt davomida o‘zgarib borgan va u hozirgacha davom etmoqda. Kimyoviy tarkibining o‘zgarishidagi asosiy sabab bo‘lib quyidagilar sanaladi:
- muayyan elementlarning radioaktiv parchalanish jarayonlarida o‘z-o‘zidan yer po‘sti sharoitlarida bardoshliroq bo‘lgan boshqa elementlarga aylanishi;
- bir geosferadan boshqa geosferaga kimyoviy elementlarning migratsiyasiga olib keluvchi Yer moddalarining davom etayotgan differensiatsiya jarayonlari.
Yer po‘sti kimyoviy elementlarning atomlari bir-biri bilan turli kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Ularning yer po‘stida uchrash shakllari yetarli darajada xilma-xil, ammo kimyoviy elementlar asosan mineral shaklda mavjud. Bunda ba’zilari mustaqil mineral turlarni tashkil qiladi, boshqalari esa boshqa minerallarning kristall panjarasiga qo‘shimcha tariqasida kiradi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling