Neft va gaz geologiyasi


Download 0.75 Mb.
bet9/11
Sana14.12.2022
Hajmi0.75 Mb.
#1006965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi UQ

5-rasm. Geyzerlar orqali issiqlik oqimining yer yuzasiga chiqishi.

Issiqlik rejimidagi ra-dioaktiv parcha-lanishning his-sasi turlicha baholanadi. Yer tarixida keyin-gi 200 mln yil ichida yarim par-chalanish davri 106-107 yil bo‘lgan 26А1, 10Ве, 60Fe, 36C1 kabi qisqa davrli izotoplar par-chalangan. 87Rb, 115In, 148Sm, 235U, 238U, 232Th, 40K kabi uzoq davrli izotoplarning miqdori kamaygan. Keyingi uchta izotop hozirgi kunda ham Yerning issiqlik rejimiga katta hissa qo‘shadi. Radiogen energiyaning umumiy miqdori (0,42)•1031 Dj ni tashkil etadi. Radiogen energiyaning ajralib chiqishi Yer moddalarining gravitatsion differensiatsiyasini amalga oshirgan hamda yadro, mantiya va yer po‘stining shakllanishiga olib kelgan.


Insonlar yana ko‘p yillar davomida yer qa’rining issiqligidan o‘zining xo‘jalik faoliyatida foydalanadi. Geotermal energetika an’anaviy issiqlik manbalarining yildan-yilga real muqobillari bo‘lib bormoqda.
Yerning magnit maydoni

Yer – o‘z aylanish o‘qiga nisbatan taxminan 11,5 gradusga og‘ishgan o‘q bo‘yicha magnitlangan magnit maydoniga ega gigant shar.


Yerning magnit maydoni (geomagnit maydon) to‘g‘risida bir necha fikrlar bor.
Uning vujudga kelishiga sabab Yer yadrosidagi elektr toki bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas. Seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra Yerning tashqi yadrosi suyuq tana xossalariga ega bo‘lib, uning ancha qismi boshqa elementlarning (nikel yoki oltingugurt) qo‘shimchalariga ega temirdan tarkib topgan. Boshqa sabablar bilan bir qatorda, Yerning aylanishi tashqi yadroda plazma holatidagi moddalarning turbulent oqimiga olib keladi. Bu hodisa induksion tabiatdagi elektr tokini keltirib chiqaradi va u Yer sirtida, uning yaqinidagi bo‘shliqda magnit maydonini hosil qiladi.
Geomagnit maydon nafaqat Yer sirtida, balki undan ancha uzoqda ham mavjud bo‘lib, u sun’iy yo‘ldoshlar orqali qayd etilgan.
Yer sirtidan uzoqlashgan sari geomagnit maydon Yer markazigacha bo‘lgan masofaning kubiga proporsional holda asta-sekin susayib boradi. Magnitosfera Quyosh yo‘nalishida cho‘zilgan shaklga ega. Kunduzgi yorug‘ tomonidan u Yer radiusidan 814 marta uzoq masofaga cho‘zilgan.
Yuqori energiya zarrachalari bilan to‘lgan magnitosfera radiatsion qambarlarni hosil qiladi. Magnit maydoni ta’sirida bu yerda elektronlar va protonlar kabi zaryadlangan zarrachalarning harakati amalga oshadi. Bu zarrachalar elektronli va protonli radiatsion qambarlarni hosil qilib, magnitosferada muayyan trayektoriyalar bo‘yicha harakatlanadi.
Magnit mili geomagnit maydonda uning kuch chiziqlariga parallel mo‘ljallanadi. Magnit milining uchlari Yerning shimoliy va janubiy magnit qutblarini ko‘rsatadi. Magnit qutblari geografik qutblar bilan mos tushmaydi. Magnit mili shimoliy uchining yo‘nalishi bilan geografik qutb yo‘nalishi orasidagi burchak magnit og‘ish burchagi deyiladi.
Kompas mili geografik qutb yo‘nalishidan sharqqa og‘sa sharqiy (musbat) va g‘arbga og‘sa g‘arbiy (manfiy) hisoblanadi. Magnit og‘ishi muayyan paytda yer sharining turli nuqtlarida turlicha bo‘ladi. Magnit og‘ishi graduslarda o‘lchanadi.
Magnit mili Yer yuzasiga muayyan burchak ostida joylashgan bo‘ladi. Kompas mili bilan gorizontal tekislik orasidagi burchak magnit engashishi deyiladi. Agar magnit milining shimoliy uchi Yer ichiga mo‘ljallangan bo‘lsa engashish musbat hisoblanadi. Shimoliy yarimshar uchun u musbat, janubiy yarimshar uchun esa manfiydir. Magnit engashishi 90° ga teng bo‘lgan nuqtalar magnit qutblari deyiladi.
Yuqorida qayd qilinganidek magnit qutblar o‘z o‘rnida turmaydi, vaqtlar o‘tishi bilan siljib turadi. Magnit xaritasida bir xil engashishga ega nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq izoklin deyiladi. Nulli engashishga ega nuqtalarni tutashtiruvchi chiziq magnit ekvatori deyiladi. Magnit engashishi I harfi bilan belgilanadi.
Geomagnit maydonning xususiyatlari nafaqat fazoda, balki zamonda ham o‘zgaradi. Magnit maydonining o‘rtacha yillik o‘zgarishi asriy variatsiya, bir yil uchun o‘zgarishi esa asr yo‘li deyiladi. Magnit og‘ishi asriy variatsiyaning eng yuqori qiymatiga ega. Masalan London uchun keyingi 400 yilda magnit og‘ishi 30° dan oshgan.
Yer shari bo‘yicha magnit og‘ishi o‘zgarishini ko‘rgazmali tasavvur etish uchun izoporalar xaritasi tuziladi.
Izoporlar - bu bir xil asr yo‘li qiymatiga ega bo‘lgan nuqtalarni tutashtiruvchi chiziqlardir. Asr yo‘lining kattaligi vaqt davomida o‘zgaradi va unga hozirgi vaqtda geofiziklar katta e’tibor berishadi.
Turli geologik epoxalarda magnit qutblarining o‘rnini aniqlagan olimlar Yer yuzasi bo‘ylab qutblar siljib turadi degan xulosaga kelishgan. Bundan tashqari, magnit maydonining inversiyasi ham amalga oshgan: shimoliy va janubiy magnit qutublari o‘zaro o‘rin almashgan. Inversiya davriyligi 5 dan 20 mln yilgacha o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda qutblarning o‘zaro o‘rin almashish davrlari oshib bormoqda.
Geomagnit maydonning manbai hisoblangan Yer yadrosigacha bo‘lgan masofaning uzoqligi tufayli uning kuchlanganligi yer yuzasida normal gorizontal gradiyentga bog‘liq holda chiziqli qonun bo‘yicha o‘zgarishi lozim. Real o‘lchashlar natijasi normal o‘zgarishlardan farq qiladi. Kuchlanganlik normadan past yoki yuqori bo‘lishi mumkin. Magnit maydoni kuchlanganligining muayyan joy uchun ko‘rchatkichidan chetlashuvi magnit anomaliyasi deyiladi. Uning sababi yer po‘sti kesmasida tog‘ jinslari tarkibining o‘zgarishidir.
Magnit anomaliyalar turli qalinliklari bilan va har xil chuqurliklarda joylashgan notekis magnitlangan tog‘ jinslari tomonidan vujudga keltiriladi. Shuning uchun ham kvadrat kilometrning ulushlaridan (mahalliy anomaliyalar) ko‘plab kvadrat kilometrlarni (mintaqaviy anomaliyalar) egallagan maydonlarda kuzatiladi. Magnit maydonining kuchlanganligi bo‘yicha anomaliyalar ba’zan normal maydonlardan bir necha baravar yuqori bo‘ladi. Masalan, Kursk magnit anomaliyasi (KMA) normal maydondan to‘rt marta ortiq.
Geomagnit maydon yer po‘stini tashkil qiluvchi tog‘ jinslariga ta’sir qiladi. Barcha moddalar ularga magnit maydonining ta’siri bo‘yicha ferromagnitlarga, paramagnitlarga va diamagnitlarga bo‘linadi. Faqat ferromagnitlargina magnit maydon ta’sirida sezilarli darajada magnitlanadi va o‘zlari ham magnitga aylanadi.
Ferromagnitlar tashqi magnit maydon ta’siridan chiqqandan so‘ng ham o‘zlarida qisman magnit xossalarini saqlab qoladi. Bu hodisa qoldiq magnitlanish deyiladi. Agar u keyingi davrlarda tog‘ jinslari Kyuri nuqtasidan (modda to‘liq magnitsizlanish harorati) ortiqcha qizdirilmasa hamda agar birlamchi magnitli minerallar ikkilamchi nomagnit minerallar bilan o‘rin almashmagan bo‘lsa, saqlanib qoladi. Kyuri nuqtasining qiymati turli minerallarda bir-biridan farq qiladi va u 450 dan 700 °С gacha o‘zgaradi.
Tog‘ jinslari turli minerallar, jumladan ferromagnitlardan tarkib topgan bo‘ladi. Bunday minerallarga magnetit, gematit, ilmenit, titanomagnetit, pirrotin va boshqa ba’zi minerallar kiradi. Ushbu minerallarga ega bo‘lgan tog‘ jinslari birlamchi qoldiq magnitlanishga ega bo‘ladi.
Yerning magnit maydoni geofizika, atmosfera fizikasi, astrofizika va boshqalar singari ko‘pchilik fanlarning o‘rganish obyekti hisoblanadi.
Geologiya va geofizikada geomagnit maydonidan yer po‘stining muayyan maydonlarining geologik tuzilishini (magnitometrik suratga olishning turli xillari), chuqurlik geologik tuzilishni (magnitotellurik zondlash), yondosh jinslardan o‘zining magnit xossalari bilan katta farq qiluvchi foydali qazilma konlarini qidirishda foydalaniladi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling