III. Kurs ishining tarkibi va hajmi
Bajarilgan kurs ishi tanlangan mavzuni to’liq qamrab olishi va mavzu batafsil yoritilgan bo’lishi lozim. Kurs ishining tarkibi mavzudan kelib chiqqan holda quyidagi ketma-ketlikni o’z ichiga oladi:
- kirish qismi;
- asosiy qism;
- xulosa va takliflar;
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
- chizma grafik materiallar.
Kurs ishining kirish qismi mavzuga muvofiq ravishda bayon qilinadi. Unda mavzuni o’rganishning dolzarbligi, ahamiyati va boshqa ishlarni amalga oshirishdagi tutgan o’rni bayon qilinadi.
Kurs ishining asosiy qismi uning mazmunini batafsil yoritib beradigan bo’limi hisoblanadi. Bo’lim kurs ishining asosiy hajmini tashkil etadi. Bo’lim kurs ishining mavzusini yorituvchi tushuntiruv yozuvlari va grafik materiallarini o’z ichiga oladi.
Kurs ishining xulosasida talaba ishni bajarish jarayonida olgan bilim va ko’nikmalariga asoslangan holda o’zining umumiy xulosalari va takliflarini keltiradi.
Ishning yakunida albatta foydalanilgan adabiyotlarning ro’yxati beriladi.
Kurs ishining umumiy hajmi 25-30 betni tashkil etadi. Uning 5 – 8 foizi ishning kirish qismiga, 85-90 foizi asosiy qismiga va 5 - 7 foizi xulosa va takliflarga ajratiladi.
Kurs ishi kafedra tomonidan qo’yiladigan talablarga muvofiq hujjatlashtiriladi. Ishning titul varag’ida vazirlik, institut va kafedraning nomi yoziladi. Titul varag’ida kurs ishining mavzusi, rahbarning ismi sharifi va talabaning ismi sharifi bilan imzosi bo’lishi lozim. Quyida “Yer va uning qobiqlari” mavzusida kurs ishidan namuna keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |