Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari reja


-rasm. Burg‘ilash qurilmasi


Download 1.55 Mb.
bet12/16
Sana04.02.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1161547
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG МУСТАКИЛ ИШ

4.1-rasm. Burg‘ilash qurilmasi:
1-burg‘i; 2-burg‘i ustiga qo‘yilgan og‘irlashtirilgan burg‘ilash quvuri (OBQ); 3-o‘zgartma; 4-markazlagich; 5-muftali o‘zgartma; 6, 7- OBQ; 8- o‘zgartma; 9-oldindan himoyalovchi halqa; 10-burg‘ilash quvurlari; 11-oldindan himoyalovchi o‘zgartma; 12, 14-pastki va yuqori shtangali o‘zgartma; 13-yetakchi quvur (kvadrat); 15-vertlyug o‘zgartma; 16-vertlyug; 17-ustun; 18-shlang; 19-ilgak; 20-tal bloki; 21-minora; 22-kranblok; 23-reduktor; 24-chig‘ir; 25-rotor; 26-quyqum ajratgich; 27-burg‘ilash nasosi.

Vertlyugning qо‘zg‘almas qismining teshigiga (gartaniga) egiluvchan shlang biriktiriladi hamda nasos orqali yuvish eritmasi quduqqa haydaladi. Yuvish eritmasi yetakchi quvurga hamda burg‘ilash quvurlari birikmasiga, burg‘iga uzatiladi, uning teshigi orqali quduqning tubiga yetkaziladi.


Vertlyugning yuqoridagi qо‘zg‘almas qismiga sharnirli shtrop mahkamlangan bо‘ladi, uning yordamida vertlyug kо‘taruvchi ilgakka osiladi. Kо‘taruvchi ilgak harakatlanuvchi tal bloki bilan bog‘langan. Burg‘ilash minorasining tepa qismiga kranblok о‘rnatilgan bо‘ladi va unga roliklar orqali tros biriktirilgan.
Burg‘ilash vaqtida quvurlar tizmasi ilgakka osiladi va chuqurlikka ketishiga qarab pastga tushirib boriladi.
Quduqning yer usti qismidan 30-600 metr oraliqlarda, loyiha asosida «konduktor» tushiriladi. Konduktor barqarorsiz jinslar yoki quduq ichiga suvlarni oqib kelishini berkitish va burg‘ilash tizmalarining tik holatda joylashuvini ta’minlaydi. Konduktor tushiriladi va quduq tashqi qismi sementlanadi, sement aralashmasi quvur ichi orqali haydaladi.
Sement aralashmasi quvur tashqi tepasiga kо‘tarilib tо‘ldiradi. Sement aralashmasi qotgandan sо‘ng sifati aniqlanadi, mustahkamligi tekshiriladi, dalolatnoma tuziladi.
Quduqni burg‘ilash ishlari loyihaviy belgiga yetkazilgandan sо‘ng quduqqa mustahkamlash quvurlarining birikmasi tushiriladi va sementlanadi. Suvli va neftli qatlamlarni bir-biridan ajratish uchun sementlash amalga oshiriladi. Agarda burg‘ilash ishlatish birikmasi tagida yutilish, qisilish, angidrit qatlamlarda murakkabliklar paydo bо‘lsa, konduktordan keyin bitta yoki ikkita oraliqqa texnik tizmalar tushiriladi.



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling