Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari reja


Quduqlarni burg‘ilash bosqichlari


Download 1.55 Mb.
bet13/16
Sana04.02.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1161547
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG МУСТАКИЛ ИШ

4.2. Quduqlarni burg‘ilash bosqichlari
Burg‘ilash ishlarini boshlashdan oldin quduq burg‘ilanadigan joydagi maydon begona predmetlar tozalanadi, о‘rmon mavjud bо‘lganda daraxtlarni qirqish va kо‘ndalarni qazib olish ishlari amalga oshiriladi. Agar burg‘ilash ishlari botqoqli joyda olib boriladigan bо‘lsa, avtomobil yо‘llari tayyorlanadi. Maydonchaga qurilish materiallari tо‘planadi, burg‘ilash qurilmasi tagidagi botqoqlik bartaraf qilinadi.
Qurilish maydoni tekislanadi, elektr yuritmasi, aloqa va suv keltiriladi. Agar mahalliy relf yoki masofa yaqin bо‘lsa, burg‘ilash minorasi demontaj qilinmasdan - maxsus zanjirli telejkalarda yoki sirpanuvchi chanalarda hamda pnevmatik harakatlanuvchi usullar yordamida navbatdagi qazish ishlari boshlanadigan quduqning ustiga о‘rnatiladi.
Burg‘ilash minorasi tashib borilgandan va joyiga о‘rnatilgandan keyin qolgan jihozlarni montaj qilish boshlanadi, ya’ni dizel yuritmali porshenli nasoslarni yoki elektr yuritmali nasoslarni; burg‘ilash aralashmasini tozalash tizimi, elektr shitlari, quduq usti jihozlari (rotor, preventor, gidravlik og‘irlik indikatori), minora inshootlarining burg‘ilash yopilmalari va hokazolar.
Agar burg‘ilash ishlari yangi maydonda boshlansa, unda hamma jihozlar, burg‘ilash minorasidan boshlab nasos bloki, tozalash inshootlari va hokazolar alohida-alohida burg‘ilash maydoniga tashib keltiriladi, shu yerning о‘zida burg‘ilash minorasi va boshqa jihozlar yig‘iladi. Burg‘ilash minorasi va hamma jihozlar montaj qilingandan keyin quduqni burg‘ilashni boshlash uchun tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Tayyorgarlik ishlariga quyidagilar kiradi:
1. Tal blokni va kranblokni pо‘lat arqon bilan jihozlash va kо‘taruvchi ilgakka osish.
2. Kichik mexanik vosita qurilmalarini о‘rnatish va sinash.
3. Kvadratni vertlyug ilgagiga yig‘ish va osish (yetakchi quvurni), quvur-ustunga va vertlyugka egiluvchan yuqori naporli shlangni ulash.
4. Minorani markazlash.
5. Rotorni о‘rnatish.
6. Quduq yо‘llanmasini burg‘ilash.
Tayyorlov ishlari tugallangandan keyin burg‘ilash brigadasi hamma agregatlarni sinaydi va undan keyin sinov burg‘ilash ishlari, sо‘ngra esa ishga qо‘shish deb ataluvchi konferensiya о‘tkaziladi.
Ishga tushirish konferensiyasida master boshchiligida burg‘ilash brigadasining hamma a’zolari, muhandislik-texnologik xizmatining mas’ul xodimlari, markaziy laboratoriya xodimlari, burg‘ilash ishlari boshlig‘i va bosh muhandislarning hammasi qatnashadilar.
Konferensiyada texnologik reja va quduqni burg‘ilash masalalari, burg‘ilashda sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan murakkabliklar va boshqa savollar bilan tanishtiriladi.
Burg‘ilash rejasiga muvofiq burg‘ilash uchun burg‘ilar, burg‘ilash quvurlari jamlanadi. Burg‘ilash maydonida burg‘ilash ishlarini boshlagunga qadar vagon-oshxona, dam olish va maxsus kiyimlarni quritish uchun vagonlar, burg‘ilash eritmalarini tarkibi va sifatini tahlil qilish uchun kimyoviy laboratoriyalar о‘rnatiladi.
Burg‘ilash ishlari olib boriladigan joy atrofida asboblar maydoni, burg‘ilash aralashmalarini saqlash, kimyoviy reagentlar uchun omborxonalar joylashtiriladi.
Ishga tushirish konferensiyasidan keyin quduqlarni burg‘ilash ishlari rejali asosda boshlanadi. Quduqlarni burg‘ilash jarayonida quduq ichiga tо‘xtovsiz burg‘ilash eritmalari haydaladi.
Burg‘ilash eritmalarini tayyorlash usullari quyidagi turlarda bо‘ladi:
1. suv asosida tayyorlangan, ya’ni loy suvda kimyoviy reagentlarning qо‘shimchalari bilan eritilgan yoki oddiy texnik suvda eritilgan bо‘lishi mumkin;
2. neft asosli eritmalar yoki karbonsuvchil eritmalar;
3. emulsiya asosidagi eritmalar;
4. gazsimon yoki aeratsiyali eritmalar;
5.sirt-faol moddalar (SFM) va polimerlar, kо‘pincha poliakrilamid (PAA)li eritmalar.
Suv kо‘pgina ijobiy sifatlarga egadir, jumladan: quduq tubidagi parchalangan tog‘ jinslarini yaxshi tozalaydi, burg‘ilash jihozlarini sovitadi, boshqa eritmalar bilan taqqoslanganda arzon bо‘ladi, biroq texnologik suvning qо‘llanilishi chegaralanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda texnologik suv qatlamga filtratsiyalanib kollektorlarning о‘tkazuvchanligini pasaytiradi va natijada quduqdan neftni qazib olish debitining kamayishiga olib keladi. Suvning sirkulyatsiyasi tо‘xtab qolganda tog‘ jinslari zarrachalarini muallaq holda ushlab turolmaydi, loyli jinslarni bо‘kishga olib keladi va hokazo.
Shuning uchun gilli burg‘ilash eritmalaridan foydalaniladi. Gilli eritmalarni tayyorlash uchun bentonit, kaolin va boshqa shu turdagi loylar qо‘llaniladi. Bir tonna bentonitli gilga 14-15 m3 suv aralashtirilganda sifatli gilli eritma hosil bо‘ladi, о‘rta va past navli loydan 4÷8 m3 hajmdagi gilli eritma tayyorlanadi.
Gilli eritmalarning zichligi va qovushqoqligi eritmaning sirkulyatsiyasi tо‘xtatilganda parchalangan tog‘ jinsi zarrachalarini muallaq ushlab turishi, qatlamga filtratlarning kirib borishiga tо‘sqinlik qilishi, quduq devorini yaxshi loylashi va neftgazni ochiq otilishiga tо‘sqinlik qilishi kabi xususiyatlarga muvofiq tanlanadi.
Gilli eritmalar burg‘ilash sharoitiga bog‘liq holda kimyoviy reagentlarning qо‘shimchalari, sirt faol moddalar (SFM), poliakrilamid va boshqalar bilan tayyorlanadi.
Neft asosli eritmalar kо‘p komponentli tizim hisoblanadi va asosi neft yoki dezil yoqilg‘isidan iborat bо‘ladi, dispers fazasi sifatida esa bitum oksidi, asfalt yoki gidrofobli bentonit olinadi.
Neft asosli burg‘ilash eritmalaridan mahsuldor gorizontlarni ochishda hamda qatlamda bо‘kuvchi gillar va tuzlar mavjud bо‘lgan hollarda foydalaniladi.



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling