Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari reja


Burg‘ilash qurilmalari tarkibi va ularning tasnifi


Download 1.55 Mb.
bet14/16
Sana04.02.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1161547
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG МУСТАКИЛ ИШ

4.3. Burg‘ilash qurilmalari tarkibi va ularning tasnifi
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash maxsus burg‘ilash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Burg‘ilash qurilmasi murakkab mashinalar jamlanmasidan: mexanizmlar, apparatlar, metalldan tayyorlangan konstruksiyalardan, nazorat о‘lchov asboblari va boshqaruv vositalaridan tashkil topgan.
Burg‘ilash qurilmasi tarkibiga quyidagilar kiradi: tal tizimi, osma va burg‘ilash quvurlari joylashtiriladi, (minora) asboblarni kо‘taradigan-tushiradigan jihozlar, asboblarni uzatadigan va aylantiradigan qurilmalar, yuvish eritmalarini uzatadigan nasoslar, kuch berish yuritmalari, yuvish eritmalarini tayyorlaydigan va tozalaydigan mexanizmlar, tushirish-kо‘tarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash mexanizmlari, nazorat-о‘lchov asboblari va yordamchi qurilmalar kiradi.
Burg‘ilash qurilmasi jamlanmasining tarkibiga metall asoslar kiradi va montaj qilinadi hamda qurilmalar tashib keltiriladi.
Quduqlarning chuqurligi va konstruksiyadagi har xil farqlar, sharoitlar hamda har xil maqsaddagi burg‘ilash ishlarini bir xil о‘lchamdagi burg‘ilash qurilmalari yordamida amalga oshirish imkoniyatini bera olmaydi.
Burg‘ilash qurilmalarining asosiysi OAO “Uralmash” va OAO “Volgograd burg‘ilash texnikasi” zavodlarida ishlab chiqariladi.
OAO “Uralmash” da burg‘ilash qurilmalarining jamlanmasi ishlab chiqariladi. Burg‘ilash qurilmalarining (jihozlarini) jamlanmasiga (NBO – nabor burovogo oborudovaniya) neft va gaz quduqlarini 2500-8000 metr chuqurlikgacha burg‘ilaydigan D(dizel) va (DG) dizel-gidravlik yuritmali, (E) о‘zgaruvchan tokli elektr yuritmali va (ER) rostlanadigan о‘zgarmas tokli sanoat tarmog‘ida tok oluvchi elektr yuritmali, avtonom-dizel-elektr stansiyali (DE) jihozlarni ishlab chiqaradi.
Volgograd burg‘ilash texnikalari zavodi (VZBT-VBTZ) tomonidan ham 1000-3500 metr chuqurlikdagi quduqlarni burg‘ilaydigan texnikalarning jamlamasi ishlab chiqariladi.
(D) –dizelli va DG- dizelli-gidravlik yuritmali, E-о‘zgaruvchan tokli elektr yuritmali va EP-о‘zgarmas tokli rostlanadigan elektr yuritmali sanoat tarmog‘idan tok oladigan, avtonom dizel-elektr stansiyali (DEP) –qurilmalarni ishlab chiqaradi.
Aniq bir quduqlarni yoki bir guruh quduqlarni burg‘ilashda ilgak kо‘tarish mumkin bо‘lgan chegaraviy yuklanmalarga nisbatan ya’ni, mustahkamlash tizmalarining havodagi massasini og‘irligidan oshgan yuklanmalarni kо‘tarishga yо‘l qо‘yiladi.
Quduqlarni burg‘ilashda aniq bir xil о‘lchamli va modelli qurilmalar tanlanganda aniq geologik, iqlimiy, energetik, yо‘l-transport va boshqa sharoitlari ham hisobga olinadi.
Yuqoridagi kо‘rsatmalarga muvofiq yuritmalarning turi (dizel, elektr yoki boshqa), burg‘ilash qurilmasining montaji va tashish sxemalari tanlanadi. Har bir burg‘ilash qurilmasini tashish, montaj qilish va montaj-taransport bazasi sxemalari bilan tavsiflanadi. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash qurilmalari о‘zi yurar va о‘zi qо‘zg‘almaydigan qurilmalarga bо‘linadi. Respublikamizdagi neft va gaz quduqlarini burg‘ilash ishlari barqaror burg‘ilash qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Kо‘chma harakatlanadigan burg‘ilash qurilmalarini montaj va tashish quyidagi uchta usul bilan tasniflanadi: agregatli (individual), mayda blokli va yirik blokli.
Agregat usuli – birinchi marta montaj qilinganda har bir agregat qurilmasini tashish va montaj qilish ishlari alohida amalga oshiriladi. Qaytadan va navbatdagi montaj qilishda agregat usulidagi qurilmalar agregatlarga va tugunlarga ajratiladi hamda yangi burg‘ilash joyiga maxsus transportlarda tashiladi, jihozlar va inshootlar qaytadan montaj qilinadi.
Agregat usulida bir qator murakkab ishlarni amalga (qurilish, duradgorlik, chilangarlik va boshqa) oshirishga tо‘g‘ri keladi, ya’ni ajratishda (demontaj) va yangi joyda yig‘ish, montaj qilish ishlarining muddati chuzilib ketadi.
Agregat usuli hozirgi paytda kam qо‘llaniladi, asosan tayanch quduqlarni burg‘ilashda, og‘ir yuklarni, qurilmalarni montaj qilishda va qurilmalarni katta masofaga kо‘chirishda qо‘llaniladi.
Mayda blokli usul – qurilmaning agregatlari va tugunlari metall asoslarda kо‘chiriladi va montaj qilinadi. Bunday asoslar qandaydir qurilmaning tuguniga montaj qilinganda mayda blokni tashkil qiladi. Bunday bloklarning soni qurilmaning konstruksiyasi, qazilma konlarini qayta ishlash shartlari va geofizik sharoitlarga muvofiq aniqlanadi. Odatda burg‘ilash qurilmasi 15÷20 ta mayda bloklarga ajratiladi. Bu bloklarning gabarit о‘lchamlari va og‘irliklari yuklarni unversal transportlarda tashish uchun qulay, qiyin va og‘ir joylarga yuklar vertolyotlar yordamida tashiladi.
Bu usulda montaj qilish qidiruv burg‘ilash ishlarida kengroq qо‘llaniladi, ba’zi rayonlarda ishlatish quduqlarini burg‘ilashda, tabiiy-jо‘g‘rofiy sharoiti og‘ir rayonlarda qurilmalarni katta blokda tashib borish qiyin bо‘lganligi uchun qо‘llaniladi.
Yirik blokli usul–katta blokdagi agregatning va qurilmaning tugunlari maxsus transportlarda (og‘ir yuk tashuvchi, zanjirli, og‘ir aylanadigan yoki havo g‘ildirakli) blok qurilmalari poydevorga yoki bir-biri bilan kommukatsiyali biriktirilgan holatda bloklarni tashishda qо‘llaniladi. Bunday burg‘ilash qurilmalarining massasi 60 ÷120 tonna bо‘lganda ikkita va uchta bloklarga ajratiladi. Yirik bloklar metall asoslardan tashkil topgan bо‘ladi, maxsus transport vositalarida tashiladi. Bunda agregat va burg‘ilash tugunining qurilmalari bir-biri bilan kinematik bog‘lanadi. Bunday bloklarni tashishda amaliyotda qurilma tuguni va kommunikatsiya oraliqlaridagi kinematik bog‘lanishlar buzilmaydi, yopilmalar ajratilmaydi, shuning uchun boshqa usullarda og‘ir ishlarni montaj qilishdagi jarayonlardan holi bо‘linadi. Yirik bloklarni montaj qilishda montaj qilish ishlarining muddati qisqa vaqt darajasigacha kamaytiriladi.
Neft maydonida sanoat qurilmalarining yuqori kuchlanishli tizimlarning mavjudligi, temir yо‘l va shossi yо‘llari, yerdan foydalanishning chegaralanganligi, markaziy rayonlarda bunday usulni qо‘llash imkoniyatini chegaralaydi. Shu bilan birgalikda odatdagi va mayda blokli montaj qilish usuli kо‘p vaqt sarfini talab qiladi va burg‘ilash qurilmalarining unumdorligini pasaytirib yuboradi.
Sanoatda shunday burg‘ilash qurilmalari ishlab chiqarilganki, mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda har xil usullarda tashiladi. Bunday qurilmalarni universal montaj qilish imkoniyatiga ega deyiladi.
4.4. Burg‘ilash minoralari, ularning turlari va jihozlari
Burg‘ilash jarayoni burg‘ilash quvurlarining birikmalarini tushirish va kо‘tarish hamda ularning og‘irligini kо‘tarib turish ishlarini bajarish jarayonini amalga oshiradi. Burg‘ilash qurilmalarining kо‘tarishi kerak bо‘lgan jihozlarning og‘irligi bir necha yuzlab kilonyutonga tо‘g‘ri kelishi mumkin. Metall arqonga beriladigan yuklanmani kamaytirish va dvigatelning quvvatini pasaytirish uchun kamaytiruvchi qurilmalar qо‘llaniladi. U minora, burg‘ilash chig‘irig‘i va tal tizimlaridan tashkil topgan. Tal tizimi о‘z navbatida qо‘zg‘almaydigan qismdan – kranblokdan, minora tepasiga о‘rnatilgan chirog‘lar, qо‘zg‘aluvchi qismlar, tal bloki (qо‘zg‘aluvchi blok poli, sirg‘algich), tal arqoni, ilgak va shtroplardan tashkil topgan.

Quduq har qanday usulda burg‘ilanganda kо‘tarish qurilmalarining ajralmaydigan qismi hisoblanadi.
Burg‘ilash minorasi quduqqa burg‘ilash tizmalarini va burg‘ilash quvurlarini tushirish va kо‘tarish, burg‘ilash davrida burg‘ilash tizmalarining og‘irligini kо‘tarib turish, unga tal tizimini joylashtirish, burg‘ilash quvurlari va jihozlarning qismlarini burg‘ilash jarayonida joylashtirish uchun mо‘ljallangan.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling