Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari reja
Quduqlarni burg‘ilashda qо‘llaniladigan asosiy vositalar
Download 1.55 Mb.
|
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG МУСТАКИЛ ИШ
2. Quduqlarni burg‘ilashda qо‘llaniladigan asosiy vositalar
Neft va gaz quduqlarini qurish murakkab va xavfli jarayonlardan hisoblanadi. Neft va gaz quduqlarini burg‘ilashda va muvaffaqqiyatli tugallashda bir qator qoidalar va holatlarga amal qilinadi. Quyida shunday qoida va yо‘llanmalar tо‘g‘risida fikrlar berilgan.Burg‘ilash brigadasining hamma a’zolari asosan burg‘ilovchi geologik-texnik naryadni (GTN), shu jumladan maydonda burg‘ilash ishlarini olib borish xususiyatlarini, quduqning geologik qirqimlarini yaxshi bilishi shart. Burg‘ilash jarayonida oraliqlarda sodir bо‘ladigan mushkulotlarga jiddiy e’tibor berilishi talab qilinadi. Bunday oraliqlarni burg‘ilab о‘tish jarayonida ehtiyotkorlik tadbirlari qо‘llaniladi. Burg‘ilash brigadasi jamoasi va asosiy bо‘linma bir–biri bilan dо‘stona munosabatda va chambarchas bog‘langan bо‘lishi shart. Burg‘ilash jarayoni va kuzatuv tadqiqot ishlaridan ma’lumki, neft va gaz quduqlarini qurishda kо‘tilmagan ekstremal holatlar (avariya, gaz otilmalar, yong‘in, favvoralar va boshqalar) sodir bо‘lib turadi. Bunday paytda burg‘ilash brigadasidan malakaviy tajriba, ustamonlik, sovuqqonlik, jasorat va ishonchlilik talab etiladi. Burg‘ilash brigadasining hamma a’zolari asosan burg‘ilovchi о‘z ishiga professional va ijodkor bо‘lishi shart. Professional bо‘lish uchun yangi texnika va texnologiyalardan xabardor bо‘lishi hamda о‘zining malakasini oshirib turishi kerak. Burg‘ilash jarayoni katta о‘lchamda konservativdir. Bunda jarayonlarni ketma-ket, kо‘p takrorlanadigan va aniq tartiblar bilan amalga oshirilishi zaruriydir. Bunday tartiblardan chetga chiqish kо‘p holatlarda murakkabliklarni va avariyalarni paydo bо‘lishiga olib keladi. Jamoaning hamma a’zolari quduqlarni burg‘ilash jarayonida tartib intizomga rioya qilishlari shart. Hushyorlikni yо‘qotish yoki etiborsizlik kо‘p hollarda baxtsiz hodisalarga, shu bilan birgalikda keskin holat bilan tugallanishi mumkin. Burg‘ilash brigadasining har bir a’zosi texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishi, shikastlanuvchiga birinchi tibbiy yordam kо‘rsata olishi, gaz portlaganda, yong‘inda va boshqa ekstremal holatlarda о‘zining majburiyatlarini mukammal bilishi shart va zarurdir. Burg‘ilash ustasi tomonidan doimiy ravishda burg‘ilash brigadasining a’zolarini о‘qitib hamda harakatlanish tartiblarini о‘rgatib borladi. Burg‘ilash brigadasining har bir a’zosi kо‘rsatma bо‘yicha о‘ziga berkitilgan vazifalarni amalga oshirishi shart. Qolgan hamma harakatlar burg‘ilash ustasining kо‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling