Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash usullari reja


Neft va gaz quduqlari burg‘ilash usullari va ularning turlari


Download 1.55 Mb.
bet4/16
Sana04.02.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1161547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURG МУСТАКИЛ ИШ

2.2. Neft va gaz quduqlari burg‘ilash usullari va ularning turlari
Quduq haqida tushuncha.
Quduq deb silindrik shakldagi va diametrga nisbatan uzunligi kо‘p marta katta bо‘lgan yer osti tog‘ inshootiga aytiladi.
Quduqning yer usti qismi, boshlanishini silindrik yuzasi- ustuni yoki devori, quduqning eng chuqur qismi esa tubi deb aytiladi.
Quduqlar tik, gorizontal, qiya va kombinatsiyalashgan (murakkablashgan) hollarda burg‘ilanadi. Quduqlar burg‘ilash usullariga muvofiq pog‘onali shaklda har xil diametrlarda, oraliqma – oraliq holda burg‘ilanadi. Boshlang‘ich diametri 760 mm. dan katta emas, oxirgi diametri 93 mm. dan kichik emas.
Neft va gaz quduqlarining chuqurligi katta oraliqda, ya’ni bir necha yuz metrdan bir necha ming metrgacha yetadi.
Quduqlarni burg‘ilash ishlari butunlay tog‘ jinslarini parchalash va kolonkali yо‘llar bilan amalga oshiriladi. Kolonkali holda burg‘ilanganda namunalar chiqarib olinadi va tog‘ jinslarining fizikaviy – mexanik xossalari laboratoriya sharoitida о‘rganiladi.
Neft va gaz quduqlari quyidagi turlarga bо‘linadi:

  1. Tayanch quduqlar – geologik tuzilishni, qoldiq jinslarning gidravlik - geologik yotqiziq sharoitlarini, yotqiziqlarning kompleks tarqalish qonuniyatlarni, neft tо‘plangan joylarni о‘rganish uchun burg‘ilanadi. Tayanch quduqlarni burg‘ilash natijalari har taraflama о‘rganiladi va oldindan olingan geologik–geofizik ma’lumotlar asosida tumanning geologik tuzilishining umumiy qonuniyatlari tuziladi hamda neft, gaz zaxiralari tо‘g‘risida xulosalar chiqariladi.

  2. Parametrik quduqlar–qirqimning geologik tuzilishini tо‘liq о‘rganish, katta chuqurlikdagi va mahsuldor maydonlarni geologik tekshirish uchun burg‘ilanadi. Parametrik burg‘ilash natijasida qirqimning stratigrafik tuzilishi, neft va gaz tо‘plangan davrlar haqida ma’lumotlar tо‘planadi.

  3. Tuzilmali quduqlar–tayanch va parametrik quduqlarni burg‘ilash natijasida olingan ma’lumotlarni izchil о‘rganib, qidiruv-tekshiruv burg‘ilashni olib borishda loyihalarni tayyorlash uchun xizmat qiladi. Tuzilmali burg‘ilash va geofizik tekshiruv ishlari vaqtida olingan natijalardan tog‘ jinslarining joylashuv tavsifi, yoshini aniqlash va fizik xossalarini umumlashtirishda foydalaniladi.

  4. Izlov quduqlari–oldindan tayyorlangan ma’lumotlar asosida geologik–geofizik tekshiruv olib borish, yangi neft va gaz konlarini ochish, qirqimlarni chuqur о‘rganish, mahsuldor qatlamlarni ochish va sinash uchun burg‘ilanadi.

  5. Qidiruv quduqlari–loyiha tuzish uchun ma’lumotlarni tо‘plash, neft va gaz tо‘plangan joylarda chegara о‘rnatish, qirqimda tekshiruv ishlarini olib borish uchun burg‘ilanadi.

  6. Ishlatish quduqlari-tо‘liq tekshirilgan va foydali qazilma joylari aniqlangan holda burg‘ilanadi. Ishlatish quduqlari kategoriyasiga neft va gaz qazib olishdan tashqari, foydali qazilma joylarini qayta ishlashi vazifasi ham kiradi.

  7. Maxsus quduqlar–mahsuldor bо‘lmagan qatlamlardagi suvlarni tashlash, qidiruv va suv olish, yer osti gaz ombori tuzilishini tayyorlash va unga gaz haydash, ochiq neft va gaz favvoralarini bartaraf qilish uchun burg‘ilanadi.

Bu turdagi quduqlar xalq xо‘jaligining boshqa sohalarida keng qо‘llaniladi. Jumladan, kimyo sanoati, meditsina, sanoat va fuqaro qurilishlari kiradi.


Xulosa

Neft va gaz quduqlarni burg‘ilash tarixi, neftni qayta ishlash jarayonlarini boshlanishi va amalga oshirilgan ishlar, neft va gaz konlarini ochishga hissa qо‘shgan olimlar haqidagi ma’lumotlar, respublikamizda neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling