Neft va gaz sanoatining rivojlanish tarixi


Asoratlarning oldini olish tadbirlari


Download 1.7 Mb.
bet20/26
Sana24.01.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1116723
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Xaliqulov tex

Asoratlarning oldini olish tadbirlari

Burg‘ilash jarayonida sodir bo‘ladigan asoratlarni bartaraflash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish talab qilinadi:



  1. burg‘ilash qudug‘i, minorasi, mexanizmi va asbob-uskunalarining texnik xolatlarini tekshirish;

  2. burg‘ilash tartibini (rejimini) to‘g‘ri tashkil qilish;

  3. burg‘ilash qudug‘i diametrlarini aniqlash;

  4. Quduq tubini tog‘ jins bo‘laklari (shlam)dan o‘z vaqtida tozalab turish;

  5. Quduqlarni imkoni boricha kichik diametrlarda burg‘ilash;

  6. Burg‘ilash tezligini oshirish va bir me’yorida tutib turish;

  7. Burg‘ilash qudug‘iga quvurlarni ehtiyotgarlik bilan tushirish;

  8. Quduqlardagi eritmalar yutiladigan intervallarni aniqlash;

  9. Vertikal quduqlarni burg‘ilashda burg‘ilash quvurlar birikmasini kompanovkalash yo‘li bilan quduq qiyshayishini nolga keltirish;

  10. Quduq og‘zini preventor yordamida germetiklash va ularning gazligini tekshirish;

  11. Quduqdan chiqayotgan burg‘ilash eritmasining sifatini (zichligi, gaz miqdori) nazorat qilish;

  12. Burg‘ilash eritmalarini to‘g‘ri tanlash, ularning zichligini va solishtirma og‘irligini tekshirib turish;

  13. Anomaliya koeffisiyenti yuqori bo‘lgan qatlamlarni ochishda, quduqdagi burg‘ilash eritmasining zichligini o‘z vaqtida ko‘paytirish;

  14. Anomaliya koeffisiyenti ancha yuqori bo‘lgan qatlamlarni ochishda kam suv beruvchi burg‘ilash eritmalarini qo‘llash;

  15. Burg‘ilash asbobining holatini va indikator vaznini tekshirish;

  16. Quduqdan chiqayotgan burg‘ilash eritmalarini mukammal degizatsiyalash;

  17. Burg‘ilash quvurlar birikmasini ko‘tarish jarayonida burg‘ilash eritmasini quduq og‘zi sathiga yetguncha quyub to‘ldirishni ta’minlash;

  18. Burg‘ilash quvurlar birikmasi tarkibida teskari to‘sqich yoki yuqori bosimli shar ko‘targich bo‘lishini ta’minlash;

  19. Burg‘ilash jarayonida yupqa qattiq parda hosil qiluvchi gilli eritmalardan foydalanish;

  20. Quduqlarga neft, suv va kislotali vanna o‘rnatish;

  21. Quduqlarni sementlash, sementning sifatini nazorat qilish;

  22. Burg‘ilash jarayonida gidravlik, mexanik peker va kavernomerik asboblarni qo‘llash;

  23. Burg‘ilash qudug‘ining og‘ish burchagini, egilishini va magnit azimutini ISh-2, ISh-4t, IK-2, KIT, KMI-36 belgili inklinometr asboblari bilan tekshirib turish.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling