Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


Yupqa qatlamdagi xromatografiya


Download 0.65 Mb.
bet11/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.

Yupqa qatlamdagi xromatografiya. Yupqa qatlamdagi xromato-grafiya usuli rus olimlari N. A. Izmaylov va M. S. Shrayberlar

~170~
tomonidan 1938-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, hozirgi zamonda neft va gaz tarkibini shuningdek organik kimyoda qoʻllaniluvchi tahlil usullarining eng muhimlaridan biri hisoblanadi va anorganik birikmalar tahlilida ham tobora jadal qoʻllana boshlamoqda.


Agarda sorbent kolonkada emas, plastinkada yupqa qatlam holida joylashtirilgan boʻlsa, xromatografiya turlaridan biri boʻlgan yupqa qatlamdagi xromatografiya vujudga keladi.


Shisha, metall yoki plastmassadan tayyorlangan plastinka yuzasiga sorbent yupqa qatlam holida joylashtiriladi. Soʻngra plastinka chetidan 2–3 sm qoldirib, tarkibida tahlil qilinadigan modda bor suyuqlik tomiziladi, suyuqlik tomizilgan joy start chizigʻi deyiladi. Plastinkaning start chizigʻidan pastki cheti harakatchan faza vazifasini bajaruvchi erituvchiga botiriladi. Qapillyar kuchlar taʼsirida erituvchi sorbentning yupqa qatlami boʻylab siljiydi va tekshiriluvchi aralashmaning komponentlarini sorbent-sorbat sistemasining xossa-lariga mos ravishda turli tezlikda siljitadi. Buning natijasida moddalar aralashmasi tarkibiy qismlarga ajraladi.


Sorbentning yupqa qatlamidagi xromatografik koʻchirish kolonkadagi singari harakatchan suyuq fazaning qoʻzgʻalmas tashuvchi qatlami boʻylab oʻtishi va ajratilayotgan aralashma komponentlarining qatlam boʻylab turli tezlikda koʻchishi tufayli sodir boʻladi. Ammo yupqa qatlamda ajratilayotgan aralashma moddalari kolonkadagi singari faqat boʻylama yoʻnalishda emas, balki koʻndalang yoʻnalishda ham diffuziyalanadi. Bundan tashqari, harakatchan faza yupqa qatlamda kapillyar kuchlar tufayli siljiydi.


Yupqa qatlamdagi jarayonni ikki oʻlchamli deb hisoblash kerak. Bunda koʻndalang yoʻnalishdagi diffuzion massa uzatish boʻylama diffuziya bilan deyarli bir xil boʻladi.


Yupqa qatlamdagi xromatografiya (YUQX) ning asosiy xususiyatlari. Yupqa qatlamdagi sorbentsorbat sistemasining sorbsion xossalarini tavsiflash uchun harakatchanlik Rf tushunchasi kiritiladi. Harakatchanlik qatlamdagi modda zonasi markazining harakatlanish

tezligi u k ning erituvchining harakatlanish tezligi ( a f ) ga nisbati bilan aniqlanadi:


R f uk


a f

Bu kattaliklarni bevosita oʻlchash qiyin boʻlgani sababli modda zonasining start chizigʻidan to zona markazigacha oʻtgan masofa x1 ning erituvchi tomonidan shu vaqtning oʻzida oʻtilgan masofa Xf ga nisbati Rf deb olinadi (6–rasm). Xf start chizigʻidan boshlab tajriba oxirida erituvchi yetgan chegaragacha boʻlgan masofaga teng:


~171~
R f x1


x f



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling