Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


Download 0.65 Mb.
bet19/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.

NEFT ALKANLARI


8.1–§. Neft va yoʻldosh gazlardagi alkanlarning miqdori

Neft tarkibida mavjud boʻlgan alkanlar tuzilishi va tarkibiga koʻra gazsimon, suyuq yoki qattiq holatdagi moddalardir. Gazsimon alkanlar zanjirida birtadan toʻrttagacha uglerod ( S1–S4 ) atomlarni saqlaydi va ular tabiiy va yoʻldosh gazlar tarkibiga (metan, etan, propan, butan, izobutan) kiradi. Tarkibida 5 tadan–15 tagacha (S5 – S15) uglerod atomini saqlagan birikmalar suyuq moddalardir. n–alkanlar geksadekandan (S16) boshlab qattiq moddalar hisoblanadi, qachonki ular odatdagi haroratda neftda erigan yoki kristall holatda boʻlib yuqori haroratli fraksiya hisoblanadi.


Koʻpchilik neftlar oʻz tarkibida toʻyingan uglevodorodlar (alkanlar, metan uglevodorodlar yoki alkan uglevodorodlar deb ham ataladi), sikloalkanlar (naften uglevodorodlar) va aromatik (arenlar) uglevodorodlarni saqlaydi.

Neft qaysi kondan qazib chiqarilganligiga qarab tarkibi turlicha boʻladi. Masalan, Oʻzbekistonda Fargʻona vodiysi va Rossiyaning Volgograd oblastidagi neftlar. Ayrim hollarda bir regiondan qazib olingan ikki neft namunasi tarkibi jihatidan oʻzaro keskin farq qilishi mumkin.


Toʻyingan uglevodorodlar (CnH2n+2) qatoridagi alkanlar hamma neft tarkibida mavjud boʻlib, uning fraksiyalarining asosiy tarkibiga kiradi. Metan neftning uglevodorodlar fraksiyalariga bir tekisda taqsimlanmaydi. Ular, asosan, neft gazlari va benzin, kerosin fraksiyalarida konsentrlangan boʻladi. Moy fraksiyalarda esa ularning miqdori keskin kamayadi. Ayrim neftlarning yuqori fraksiyalarida amalda alkanlar boʻlmaydi.


Neftda alkanlarning umumiy mikdorini 25–30 % (erigan gazlarni hisoblaganda) tashkil etadi. Erigan holatdagi uglevodorodlarni hisoblaganda alkanlar miqdori baʼzi neftlarda 50–70 % ga ortadi. Shuningdek, neftlar borki, ularda alkanlar miqdori faqat 10–15 % boʻladi. Rosiyada Ozeksuat (Stavropol oʻlkasi) neftlari nisbatan alkanlarga boydir, mangishlak, grozninsk parafinsimon, baʼzi bir Embensk va Shinbayev, Maykom, Tuymazin, Buguruslan, Romashkin, Markovsk va boshqalar, hamda Oʻzbekistonda Fargona, Mingbuloq, Koʻkdumalok, Jarqoʻrgʻon neftlari alkanlar tarkibi ( 8.1–jadvalda) keltirilgan.


~182~




















Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling