Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
–§. Neft tarkibidagi gazsimon alkanlar
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoʻldosh gazlar
8.2–§. Neft tarkibidagi gazsimon alkanlar
Gazsimon alkanlar gazlar qazib olinadigan joyga bogʻliq holda tabiiy, yoʻldosh va gazokondensat gazlarga boʻlinadi. Tabiiy gazlar toza gaz konidan qazib olinadi. Ular asosan metan va oz miqdorda etan, propan, butanlar, pentanlar va azot, vodorod sulfid, azot (II)– oksid gazlari aralashmasidan tashkil topgan baʼzi gaz konlaridagi aralashmalar tarkibi (8.2– jadvalda) keltirilgan. Bu gazlar quruq gazlar guruhiga kiradi. Metan miqdori asosan 93,0 – 98,0 % ga, etan va propan oz miqdorni tashkil qiladi. Nisbatan yuqori molekulali uglevodorodlarni miqdori, asosan juda oz miqdorda kuzatiladi, baʼzi gazlarda ularni miqdori yuqori boʻlishi ham mumkin. Shuningdek gazlarda SO va azot gazlari aralashmasi oz miqdorda boʻladi. 8.2–jadval Baʼzi tabiiy gaz konlarining hajmi tarkibi foizda
Yoʻldosh gazlar neft bilan birgalikda qazib olinadi. Neft chiqishida uni yuzasidagi gaz bosim kamayishi bilan neftdan ajraladi. Yoʻldosh gazlar yogʻli hisoblanib, gaz benzin deb ataladigan yengil benzin ishlab chiqarish uchun manba boʻlib xizmat qiladi. ~185~
– etan – piroliz uchun xom – ashyo, moylarni deparafinlash qurilmasi uchun sovutuvchi, ksilol va boshqalar ajraladi; – propan – piroliz uchun xom – ashyo. Siqilgan gaz olinadi, yaʼni sovutuvchi; – izobutan – sintetik kauchuk sanoati va alkillash uchun xom – ashyo; – n – butan – piroliz uchun xom ashyo, sintetik kauchuk sanoati maishiy siqilgan gaz komponenti; – izopentan – izopren kauchuk sanoati va yuqori oktanli benzin komponenti uchun xom ashyo; – n – pentan – etil spirt olish, piroliz va izomerlash jarayonlari uchun xom ashyo. 8.3– jadval Neft tarkibidagi yoʻldosh gazlarning hajmiy tarkibi, %
Oʻzbekiston gʻarbida, Rossiyaning Tyumenʼ viloyati shimolida katta gaz koni qidirib topildi. Komi respublikasi sharqida, Orenburg viloyati, Saxalin respublikasi, Shimoliy Kavkaz, Kasbiy Oldi, Dnepraveko– Donsh kengliklari, Turkmaniston sharqi va shimolida gazni katta ~186~
Hozirgi vaqtda Rossiya hududida 700 dan ortiq gaz, gazokondensat va gaz–neft konlari ochilgan. Shulardan 300 ta kon ishlab chiqarishga jalb qilingan boʻlib, ularni zahirasi 25 trln. m3 (bu 53 % hamma Rossiya gaz zahirasini) tengdir. Sanoat uchun esa 55 kon oʻzlashtirildi, ularni zahirasi 14 trln m3 ga teng. Yana 250 ta kon qazib topildi, ularni zahirasi 8 trln m3 dan ortiq. Shuningdek, 130 ta kon konservatsiya qilindi, ularni zahirasi 1,5 mlrd m3 ga yaqindir. Topilgan gaz zahiralarida 35 tasida etan mavjud. Bu Rossiya boʻyicha 18 trln m3 (hamma zahiralarni 39 %) tashkil etadi. Etan saqlagan 125 ta gaz konida 1,1 mlrd t. yaqin etan, 550 mln t. dan ortiq propan va 350 mln t. dan ortiq butan bor. Gʻarbiy Sibirʼ konlarida etan, propan va butanlar zahirasini 70 % dan ortigʻi joylashgan. Rossiyada vodorod sulfidli gaz konlaridagi gazni umumiy zahirasi 4 trln. m3 dan ortiq boʻlib, u asosan Arxangelskda Orenburg, Astraxan va Perm viloyati, shuningdek Boshqirdistonda joylashgan. Qidirib topilgan 275 ta konda gazokondensat zahirasi 1,7 mlrd.t. yaqin baholandi, ularni 60 % Gʻarbiy Sibirda joylashgan. Keyingi 20 yil ichida qidirib topilgan Rossiya gaz zahiralaridan gazni qazib olish 15–20 trln m3 ga yetkazish moʻljallangan. 2020-yilgacha Rossiya gaz sanoatini yuqori resurs taminlanishini saqlash uchun, shu 20 yil ichida trln m3 gaz qidirib topish moʻljallangan. Muhim uglevodorod xom ashyosi manbai neftdagi yoʻldosh gazlar hisoblanadi. Rossiyada yoʻldosh gazlar asosan yoqilardi va gohida boshqa maqsadlarda ishlatilardi. Shunday qilib, 1991-yilda 45,1 mlrd m3 gaz resursidan 35 mlrd m3 qazib olingan va 10 mlrd m3 fakelda yoqilgan, faqat 7,4 mlrd m3 gaz ishlab chiqarishda ishlatildi. Gazokondensat konlaridagi gazlar katta miqdorda metan saqlaydi, shuningdek tarkibiga benzin, kerosin kiruvchi yuqori molekulali uglevodorodlarni, gohida dizel fraksiyasini koʻproq saqlaydi. Keyingi yillarda qidirilgan va foydalanishga topshirilgan gaz konlari koʻpchiligi gazokondensat turiga kiradi. Bu konlardagi gazlar 2,0–5,0 % dan ortiq suyuq uglevodorodlarni saqlaydi (8.4–jadval). Neft gaz kondensatlari alkanlari naftenlar va arenlardan tashkil topgan. Shunday qilib, kondensatlardagi bu guruh uglevodorodlarini tarqalishida qator oʻziga xosliklar mavjud. ~187~
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling