Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Ion almashish xromatografiyasi
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ion almashuvchi smolalarning turlari.
Ion almashish xromatografiyasi. Ion almashish xromatografiyasi suyuq harakatchan faza ionlarini qoʻzgʻalmas fazadagi qattiq yoki suyuq moddalarning ionlari bilan qaytar stexiometrik almashinishiga asoslangan. Almashina oladigan harakatchan ionlari bor bunday moddalar ionitlar yoki ion almashuvchi smolalar deb ataladi. Ular qattiq va suyuq moddalar boʻlishi mumkin. Ion almashinish xromatografiyasida koʻpchilik hollarda qattiq ionitlar ishlatiladi. Almashinuvchi ionlarning zaryadiga qarab ionitlar kationitlar (yoki kation almashuvchilar) va anionitlarga (anion almashinuvchilar) ajratiladi. Amfoter ionitlar ham mavjud boʻlib, ular bir vaqtning oʻzida ham kationlarini, ham anionlarini almashtira oladi.
Ion almashuvchi smolalarning turlari. Turli tabiiy va sintetik birikmalarning koʻpchiligi ionitlar xossasiga ega. Ulardan eng muhimlari sintetik polimer smolalar, koʻmirlar va baʼzi mineral ionitlardir. Mineral ionitlar tabiiy birikmalar boʻlib, ulardan ionitlar sifatida kation almashina oladigan kristall silikatlar, seolitlar ishlatiladi. Seolitlar ichki tuzilishi mustahkam boʻlgani sababli yaxshi bukilmaydi, ularning ionlari esa kam harakatchandir. Kationlar va katta oʻlchamli molekulalar seolitlar panjarasiga kira olmaydi, shu sababli seolitlar elaksimon xususiyatga ega boʻlib, ion va molekulyar elaklar sifatida ishlatiladi. Sintetik anorganik ionitlarga suyuqlantirilgan va gelsimon permutitlar, aktivlangan alyuminiy oksidi, titan va sirkoniy ~179~
Ion almashinish xromatografiyasini elyuent sifatila laktat, sitrat, EDTA va boshqa eritmalardan foydalanib lantanoidlar aralashmasini tahlil qilish uchun tatbiq etish bu elementlarni ajratishning samarali usulini ishlab chiqish imkonini yaratdi. Olingan maʼlumotlar asosida lantanoidlar rudalarini qayta ishlash texnologik sxemasi taklif qilindi va muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi. Izotoplarni bir-biridan ajratishning ion almashish usullari ham bor. Ion almashinish usullaridan eritmadagi kation va anionlarning umumiy miqdorini aniqlashda, toza tuzlarni tahlil qilishda ham foydalaniladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling