Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.4–§. Neft tarkibidagi suyuq alkanlar Neftni yengil fraksiyasi uglevodorodlari.
- 95 – 122 0 S (Xorij neftlari uchun)
8.9–jadval
Oʻzbekistondagi qator gaz konlari gazokondensatlari tavsifi
Gazkondensatlarning uglevodorodlar tarkibini oʻrganib, ularni ikki guruhga boʻlish mumkin: – aromatik uglevodorodlarga boy kondensatlar (Gazli, Uchqir); – yuqori parafinli aromatik uglevodorodlari kam boʻlgan kondensatlar (Janubiy Muborak). 8.4–§. Neft tarkibidagi suyuq alkanlar Neftni yengil fraksiyasi uglevodorodlari. Benzin fraksiyasi tarkibiga kiruvchi S5 dan S15 gacha alkanlar odiy sharoitda suyuqlik hisoblanadi. Asosiy 10 ta neft konlaridan olingan individual uglevodorodlarni tahlili asosida aniqlandiki, neftni benzin fraksiyasini asosan oddiy oʻrinbosarli uglevodorod birikmalar tashkil etadi. Rossiyaning Anastashev va Neften Kamni konlari bundan farq qilib, ular yon zanjiri uzun boʻlgan uglevodorod izomerlarini saqlaydi. Bir xil oraliqda haydalgan benzin fraksiyasini individual alkanlar miqdori tahlili shuni koʻrsatadiki, (chet el va 77 neft koni) nisbatan oddiy uglevodorodlar miqdori koʻp, soʻngra ikki yoki uch holatga metil almashingan uglevodorod izomerlari miqdori turadi. ~194~
8.10–jadval S5–S10 uglevodorodlar izomerlarining soni
Neftdagi alkan uglevodorodlarning miqdori turlicha boʻladi, rangsiz fraksiyalarda ularning miqdori 10 – 70 % boʻlishi mumkin. Toʻyingan uglevodorodlar kimyoviy nuqtayi nazardan nisbatan yuqori mustahkamlikka egadir (oddiy haroratda koʻpchilik kuchli taʼsir qiluvchi reagentlar taʼsiri uchun). Ular oksidlanmaydilar, sulfat va nitrat kislota bilan reaksiyalarga kirishmaydilar. Ularning xlor va boshqa galogenlar bilan reaksiyaga kirishish qobiliyatlari nihoyatda past. Maxsus sharoitlarda metandan (400 0S) metilxlorid, metilen–xlorid, xloroform va uglerod toʻrt xloridlar hosil boʻladi. Yuqori harorat hamda maxsus katalizatorlar ishtirokida toʻyingan uglevodorodlar Konovalov reaksiyasiga (nitrolash reaksiyasi), toʻyinmagan uglevodorodlar bilan alkillash reaksiyalariga hamda oksidlash reaksiyalariga kirishishi mumkin. Hamma ushbu reaksiyalar sanoat ahamiyatiga ega. Yuqori haroratlarda alkanlar termik parchalanadi. Nazariy mumkin boʻlgan 35 ta kondan 24 tasi ajratib olinib, ulardagi gaz tarkibi tahlil qilinganda geksanni 5 izomerdan hammasi, petanni 9 izomeridan 7 tasi, oktanning 18 izomeridan 16 tasi topildi. Shunday qilib, n– oktan va uning uchta oddiy izomerlari qismi oktanlar yigʻindisini 85 % ni tashkil etadi. Anologik holda n – geksan va oddiy izomerlari geksanlar yigʻindisini 97 % ni tashkil qiladi. Turli neft benzinlarini kombinirlangan usulda oʻrganish 90 % gacha uglevodorodlar alkanlar, S5 va S6 sikloalkanlar va arenlar ekanligi ~195~
Neft fraksiyalarida alkanlar miqdori turlicha boʻlib, dunyo neftlari boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich quyidagi 8.11–jadvalda keltirilgan:
Hozirgi vaqtda qator gazni qayta ishlash qurilmalari foydalanishga topshirilgan (Mubarak, Kokdumaloq va boshqa), bu qurilmalar yordamida gazokondensat neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi va undan motor yoqilgʻisi ishlab chiqariladi. Hozirgi vaqtda hamma turdagi neftlardan olinadigan bir necha oʻnlab benzinlarida alkanlar va izoalkanlar taqsimlanishini asosiy qonuniyatlari aniqlangan. ~196~
8.12–jadval Baʼzi neftlar benzinidagi uglevodorodlar miqdori, %
Turli neftlarning benzinlari taxminan bir xil uglevodorodlar toʻplamini saqlaydi, baʼzida, benzinda oz–oz miqdorda bir xil boʻlmagan 10 ta uglevodorod uchrashi kuzatiladi (jadval 8.12). Neftdagi S5–S6 uglevodorodlar ichida gemi– va vitsial– almashingan tuzilishli turlari yuqori konsentratsiyada ekanligi kuzatiladi. A1 turdagi neftda (Rossiyadagi konlar Surgutsk, Romashkin, Groznen, parafinli) n–geksan miqdori 52–71 % ni, n–geptan 39,4 – 39,9 % ni tashkil etadi. A2 turdagi neftda (Staro– Groznensk) S6 – S10 n–alkanlar ~197~ miqdori yetarlicha va tegishlicha 12,0; 9,5; 4,3; 5,2 va 2,0 % ga teng (izomerlar yigʻindisiga nisbatan). A1 va A2 neftlarda S6 –S8 tarmoqlangan izomerlar ichida 2–metil almashinganga nisbat metilalmashingan tuzilishlari koʻp boʻladi. Yuqorida koʻrsatilgan neftni 4 turi uchun bu nisbat 9,2–15,0 oraligʻida oʻzgarib turadi. Gemi – almashingan uglevodorodlar konsentratsiyasi juda kam. B guruh neftida esa qarama– qarshi geminal holatda ham vinitsial holatdagi dimetil almashingan tuzilish miqdori yuqoridir. Masalan, Rossiya Anastashev – Troisk neftida (B guruh) mono– va dialmashingan S6 –S9 tegishli gomologlari nisbati 0,50– 0,96 oraligʻida oʻzgaradi. B guruhi neftida metil almashingan uglevodorodlar ichida 3– metilalkanlar, A1 va A2 neftga esa 2– metilalkanlar miqdori yuqoridir. Rossiyalik olim A.A.Petrov gaz kondensatlari va A1, A2, B turda neftda geksanlar, geptanlar, oktanlar, nonanlar, n–dekanlar nisbiy taqsimlanishini miqdoriy tizimga soldi. Ayniqsa, neftdagi geksan izomerlari ichida n–geksan, 2 va 3– metilpentanlar hamda 2,3 va 2,2– dimetilbutanlar miqdoriy aniqlangan. Geptanni quyidagi izomerlar tarkibi: n– geptan, 2– va 3– metilgeksanlar, 2,3–, 2,4–, 2,2– va 3,3– dimetilpentanlar, shuningdek 2,2,3– trimetilbutan uchraydi. Neftdagi oktanni izomerlari ichida n–oktan, 2–, 3– va 4– metil–geptanlar: 2,3–, 2,4– 2,5–, 3,4–, 2,2– 3,3– dimetilgeksanlar, xamda 2,3,4–, 2,2,3– , 2,3,3– trimetilpentanlar aniqlangan. S9 alkanlardan 2 ta uglevodorod 2,3– va 2,6– dimetilgeptanlar miqdori yuqoridir. Bu uglevodorodlar relikt birikmalar turiga kirishi koʻrsatilgan. S10 izomerlari ichida 2–metil– 3–etilgeptan va 2,3– dimetilalkanlar konsentratsiyasi yuqoriligi steronlarni alifatik zanjirini uzish yoʻli bilan relektivlarni oʻtmishdoshlaridan hosil boʻladi deb tushuntirildi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling