Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
Amalda qoʻllanilishi. Gaz xromatografiyasining amalda keng qoʻllanilishi va katta ahamiyatga sabab shuki, uning yordamida murakkab gaz aralashmalarning alohida komponentlarini taqqoslab aniqlash va miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin, tahlilni bajarish koʻp vaqt talab etmaydi va usul yetarli darajada universaldir. Gaz xromatografiyasi preparativ maqsadlarda fizik–kimyoviy tadqiqotlar va boshqa sohalarda qoʻllanilganda yaxshi natijalar beradi.
Gaz xromatografiyasi usuli bilan neft gazlari, kon gazlari, havo, asosiy kimyoviy mahsulotlar, organiq sintez sanoatining mahsulotlari, neft va uni qayta ishlash mahsulotlari tahlil qilinadi. Gaz xromatografiyasi usullari baʼzi elementlarning izotoplarini ajratish uchun ham yaroqlidir. Gaz xromatografiyasidan biologiyada, tibbiyotda, yogʻochni qayta ishlash texnologiyasida, oziq–ovqat sanoatida, baʼzi yuqori haroratli jarayonlar texnologiyasida foydaniladi. Gaz xromatografiyasidan suyuqliklarni xromotagrafik kolonkada Bugʻ holiga aylantirib tahlil qilish uchun ham foydalanish mumkin. U ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ham qoʻllaniladi. ~176~
Gaz xromatografiyasidan koʻp komponentli murakkab aralashmalarini tahlil qilishda, mikrokushimchalarini aniqlashda, uchuvchan boʻlmagan birikma (polimerlar) tahlilida element tahlili va boshqalarda ham foydaniladi. Kapillyar xromatografiya usulida juda nozik aralashmalarni ham tarkibiy qismlarga ajratish mumkin. Masalan, kapillyar xromatografiya usuli vositasida 15–20 birikmadan tashkil topgan izomer uglevodorod-lar aralashmasini bir necha minutda tarkibiy kimslarga ajratish va miqdoriy aniqlash mumkin. Kapillyar xromatografiyaning afzalliklaridan yana biri jarayonni amalga oshirish uchun gazdan juda oz hajmda zarur boʻlishidir. 7.8–Rasm. Neftning fraksiyasini 125 0S xromatogammasi (skvalan– qoʻzgʻalmas faza 50 0S) 1–izopentan; 2–n–pentan; 3–2,2–dimetibutan; 4–siklopentan; 5–2,3– dimetilbutan; 6–2–metilpentan, 7– 3–metilpentan, 8– n–geksan, 9– 2,2– dimetilpentan, 10– metilsiklopentan, 11– 2,4–dimetilpentan, 12– benzol, 13– 3,3–dimetilpentan, 14– siklogeksan, 15– 2–metilgeksan, 16– 2,3– dimetilpentan, 17– 1,1– dimelpentan, 18– 3–metilgeksan, 19– 1,3–sis– dimetilsiklopentan, 20– 1,3–trans–dimetilsiklopentan, 21– 1,2–trans– dimetilsiklopentan +3–etilpentan, 22– n–geptan, 23– 1,2–sis– dimetilsiklopentan+2,2–dimetilgeksan, 24–1,1,3–trimetilsiklopen–tan, ~177~
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling