Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


Suyuqlik-suyuqlik xromatografiyasi


Download 0.65 Mb.
bet13/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.

Suyuqlik-suyuqlik xromatografiyasi. Suyuqlik-suyuqlik xromato-grafiyasi mohiyati boʻyicha gaz–suyuqlik xromatografiyasiga yaqindir. Bunda ham qattiq tashuvchi yuzasida suyuq faza pardasi hosil qilinadi va shunday sorbent bilan toʻldirilgan kolonka orqali suyuq eritma oʻtkaziladi. Xromatografiyaning bu turi suyuqlik–suyuqlikda taqsim-lanish xromatografiyasi yoki soddaroq qilib, taqsimlanish xromatografiyasi deyiladi. Quruq tashuvchi yuzasidagi suyuqlik qoʻzgʻalmas suyuq faza, sorbent orqali oʻtadigan erituvchi esa suyuq harakatchan faza deb ataladi. Suyuqlik–suyuqlik xromatografiyasi kolonkada (kolonkali varianti) yoki qogʻozda oʻtkazilishi (qogʻozdagi xromatografiya) mumkin.


Qogʻozda taksimlanish xromatografiyasi. Qogʻozda xromatografiya– lashda qoʻzgʻalmas suyuq faza tashuvchisi sifatida oʻzining gʻovaklarida anchagina miqdorda suyuqlikni tutib tura oluvchi qogʻozning maxsus navlari ishlatiladi. Qolonkali variantdagi singari bunda ham ikki turdagi qogʻozdan: gʻovaklarida suvni tutib turadigan gidrofil va maxsus yoʻl bilan tayyorlangan hamda qutbsiz organik suyuqliklarni tutib turadigan gidrofob qogʻozdan foydalaniladi.

Qogʻozda xromatogrammalar olish usullari yupqa qatlamdagi xromatografiya usullariga oʻxshash boʻladi.


Qogʻozdagi xromatografiyaning muvaffaqiyatli qoʻllanilishi taqsimlanish koeffitsiyenti turlicha boʻlgan suyuq fazalar xilining


~173~
koʻpligi va baʼzi boshqa afzalliklaridan tashqari ajratiluvchi aralashmaga bir vaqtning oʻzida yoki ketma–ket elektr maydonini taʼsir ettirish mumkinligi tufaylidir. Bu usul elektroforetik xromato-grafiya deb ataladi.


Xromatografiyalash elektroforez bilan birga olib borilganda tekshiriluvchi aralashma tomchisi tomizilgan qogʻoz tasmasiga elektrolit eritmasi shimdiriladi va doimiy tok manbaiga ulanadigan elektrodlar orasiga joylashtiriladi. Bir vaqtning oʻzida harakatchan faza ham siljiy boshlaydi. Elektroforez tugagach, qogʻozni asbobdan chiqarib quritiladi va koʻtarilib boruvchi yoki pasayuvchi xromatografiya usulida xromatografiyalash kamerasiga oʻtkaziladi. Xromatografiyalash tugagan-dan soʻng qogʻoz ochiltiriladi va miqdoriy hamda sifat tahlili oʻtkaziladi. Bunday usul tahlil vaqtini ancha qisqartiradi va aralashmani tarkibiy qismlarga yaxshiroq ajratilishini taʼminlaydi.





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling