Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
Gel xromatografiyasi. Bu xromatografiyaning mutlaqo oʻziga xos turi boʻlib, molekulalarning oʻlchamlari orasidagi farqdan foyda-lanishga asoslangan. U gel xromatografiyasi yoki elak xromatografiyasi deyiladi.
Gel xromatografiyasida taqsimlanish xromatografiyasidan farqli ravishda qoʻzgʻalmas va harakatchan faza sifatida bitta suyuqlik– erituvchining oʻzi xizmat qiladi. Bunda qattiq tashuvchi qatlami– gel donachalarini yuvib oʻtadigan suyuqlik harakatchan faza vazifasini oʻtab, ajratiluvchi aralashma komponentlarini kolonka boʻylab siljitadi. Shu suyuqlikning boshqa qismi gel donachalarining gʻovaklariga joylashib, qoʻzgʻalmas faza vazifasini bajaradi. Aralashma tarkibidagi molekulalar oʻlchamlari jihatdan turlicha, gel gʻovaklarining diametri esa oʻzgarmas boʻlganida moddalar aralashmasi tarkibiy qismlarga ajraladi. Bunda oʻlchamlari gel gʻovaklarining diametridan kichikroq boʻlgan molekulalar gelda tutilib qoladi. Tekshiriluvchi aralashma filtrlanganda maydaroq molekulalar gel gʻovaklariga kirib, shu gʻovaklardagi erituvchida tutilib qoladi va gel qatlami boʻylab gʻovaklarga kirolmagan yirikroq molekulalarga nisbatan sekinroq harakatlanadi. Gel xromatografiyasi moddalar aralashmasini shu moddalar molekulalarining oʻlchamlari va massalariga bogʻliq ravishda ajratish imkonini beradi. Aralashmalarni ajratish-ning bu usuli ancha oddiy, tezkor va eng muhimi boshqa xromatografik usullardan osonroq sharoitlarda amalga oshirilish imkoni bilan farqlanadi. Gel xromatografiyasida tabiati va xossalari jihatdan turlicha boʻlgan har xil gellardan foydalaniladi. Ular yumshoq, yarim qattiq va qattiq gellarga boʻlinadi. Bularning har biri gidrofil yoki gidrofob boʻlishi mumkin. ~178~
Erituvchining qovushoqligi ham katta ahamiyatga ega, massa almashinishi tezligi ana shunga bogʻliq. Diffuziyalanish koeffitsiyenti kichik boʻlgan yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari uchun erituvchining qovushoqligi ayniqsa kichik boʻlishi kerak. Gel xromatografiyasida erituvchi tanlash qoʻllaniluvchi detektorlash sistemasiga ham bogʻliq. Gel xromatografiyasi amalda yuqori molekulyar birikmalar aralashmalarini tarkibiy qismlarga ajratishda qoʻllaniladi. Lekin undan quyi molekulyar birikmalar aralashmalarini tarkibiy qismlarga ajratishda ham baʼzan foydalaniladi, chunki bu usulda aralashmalarni xona haroratida ham ajratish mumkin. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling