Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


–§. Ultrabinafsha spektroskopiyani (UB)


Download 0.65 Mb.
bet2/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.

7.2–§. Ultrabinafsha spektroskopiyani (UB)

Moddalarni optik spektrining qisqa toʻlqinli koʻrinadigan qismiga yondosh sohasini tekshirish bilan shugʻulanadigan spektrosko– piyaga ultrabinafsha spektroskopiya deyiladi. Ultrabinafsha spektroskopiya elektronlarning bir energiya pogʻonasidan boshqa energiya pogʻonasiga oʻtishiga asoslangan. Shuning uchun bu spektrni koʻp hollarda elektron spektr deb ham ataladi. Molekulaning har qanday elektron holati shu molekulaning aylanma va tebranma qoʻzgʻalgan holatga oʻtkazish uchun kerakli energiya elektronlarni yuqoriroq energetik pogʻonaga oʻtkazish uchun talab qilinadigan energiyadan kichik boʻlishi maʼlum. Shuning uchun ham molekulaga energiyasi ancha katta boʻlgan ultrabinafsha nurlar tushurilganda uning har uchchala (aylanma, tebranma, elektron) energiyasi oʻzgaradi. U holda elektron ultrabinafsha (UB) spektrlar juda murakkab boʻlishi mumkin, chunki spektrda uch xil energiya oʻzgarishlariga muvofiq keladigan chiziqlar kuzatiladi. Aylanma va tebranma spektrlar, baʼzan spektrning nozik tuzilishsi ham deyiladi. Nozik tuzilishlar UB–spektrlarni interpretatsiya (yaʼni, izoh berish) qilishda juda qiyinlik tugʻdiradi. Buni bartaraf qilish uchun moddalar


~150~
spektlari eritmada olinadi. Erituvchi molekulalari erigan moddaning aylanma–tebranma harakatiga xalaqit bergani uchun spektr eritmada olinganda nozik tuzilishlar boʻlmaydi yoki juda kam kuzatiladi (7.1– rasm).




7.1–rasm. Sirka aldegidining UB spektrlari (I) gaz fazada, (II) spirtda

Koʻp moddalar ultrabinafsha nur qismidan 100 dan 400 nm. gacha nurlanishiga, baʼzi birikmalar esa koʻrinadigan nur qismida 400 dan 800 nm. gacha nurlanishiga ega boʻladi.


Ultrabinafsha spektroskopiya neft va gazdan sintez qilingan organik birikmalarni, shuningdek oʻsimlik va hayvonlar organizmidan ajratib olingan yangi tabiiy birikmalarning tuzilishini oʻrganishda boshqa spektroskochoʻqqi usullar kabi katta ahamiyatga ega.

Moddaning har qanday shu moddaning ultrabinafsha spektrini olish mumkin. Buning uchun amalda moddalarni erituvchi sifatida 95 % li etil spirt, metil spirt, dietilefir, geksan va geptanlar ishlatiladi.


UB–spektroskopiya toʻlqin uzunligi 100–800 mmk boʻlgan nurlar taʼsirida valent elektronlarning bir orbitaldan ikkinchisiga oʻtishida ular yutadigan nurning toʻlqin uzunligi va jadalligini oʻlchashga asoslangan.. Benzol uchta yutilish chiziqiga ega: λ maks =180 mmk; ε = 50000; 200mmk , ε= 70000; 230—260 mmk; ε= 200 (10– rasm).





Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling