Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda


Download 0.65 Mb.
bet4/36
Sana19.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1622675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
korrektor.uz 1686161459 MM7.

Birinchidan: Neftdan yoki gazdan ajratib olingan nomaʼlum moddaning IQ–spektrini maʼlum modda spektri bilan taqqoslab, ularning bir xilligini isbotlash, agar spektrlar bir xil boʻlmasa–yu, har ikkala moddaning koʻpgina xususiyatlari bir–biriga yaqin boʻlsa, bu yangi modda yetarli darajada tozalanmaganligini koʻrsatadi. Shunday qilib, IQ– spektroskopiya moddalarining tozalik darajasini aniqlashga ham imkon beradi.


Ikkinchidan: Turli tip bogʻlari boʻlgan izomerlari IQ– spektroskopiyadan foydalanib osongina aniqlash mumkin, Masalan S2N6O formulaga ikki modda: etil spirt va dimetil efir muvofiq, keladi. Etil spirtda O–N bogʻ, dimetil–efirda esa S–O bor mavjud.Sh uningdek spirt spektrida O–N, dimetil efirda esa S–



  • bogʻning yutilish maksimumi kuzatiladi. Izomerlarni bilib olishga doir yana bir misol keltiramiz.

Neftdan olingan aromatik moddalarni aromatik halqalardagi S–N bogʻlarning yassi boʻlmagan tebranishlari 700–800 sm–1 sohada kuzatiladi. Orto– dialmashingan benzol hosilalarida esa bu soha 735–770 sm–1ga muvofiq keladi. Meta– va para–dialmashingan hosilalar muvofiq. ravishda 750 – 810 sm–1, 800–860 sm–1 sohalarda maksimumlarga ega. Koʻrinib turibdiki,





    • 154 ~

dialmashilgan benzol hosilasining IQ–spektrini olish bilan uning qaysi izomer ekanligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish mumkin. Izomerlarning spektrini etalon namuna bilan takqoslab koʻrib, aralashmadagi har xil izomerning nisbiy miqdorini, ham aniqlasa boʻladi.


Uchinchidan. Nomaʼlum modda molekulasida qanday guruhlar borligi yoki biror molekulada reaksiya natijasida qanday bogʻlar hosil boʻlgani (yoki yoʻqolgani) IQ–spektrda shu bogʻlarning yutilishi maksimumini kuzatish bilan aniqlanadi. Masalan, N–H guruh metillansa yoki atsetillansa reaksiya mahsuloti spektrida N–H ning yutilish maksimumi yoʻqolib, oʻrniga N–metil va N–atsetil guruhlarining tavsifiy chastotalari paydo boʻladi. Bundan tashqari, IQ–spektrlardan foydalanib, faqat muayyan guruh toʻgʻrisida emas, balki uning yon guruhlari toʻgʻrisida ham maʼlumot olish mumkin. Ayni guruhning maksimumi uni qanday atom va guruhlar oʻrab turganligiga qarab bir oz oʻzgaradi. Masalan, toʻyingan aldegid va ketonlarda karbonil guruh 1705–1725 sm–1 da maksimumga ega boʻlsa, karbonil elektronoakseptor (F, Cl, C=N, > S=O) guruhlar bilan bevosita tutash boʻlgan hollar (α–galoid yogʻ ketonlar hamda α–dekotonlar)da yutilish nisbatan yuqori chastotali soha (muvofiq, ravishda 1725–1745 sm–1, 1710–1730 sm–1) da kuzatiladi. Aksincha, karbonil elektronodonor guruhlar (aromatik halqa yoki qoʻshbogʻ) bilan bogʻlangan hollarda esa, yutilish 20–40 sm–1 kam chastotali tomon siljiydi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling