Neft va gaz tarkibini fizik-kimyoviy usullarda
Download 0.65 Mb.
|
korrektor.uz 1686161459 MM7.
7.5– rasm. Moy aldegidning mass– spektri.
Baʼzan molekulyar ion (M) maksimal jadallikga ega boʻladi. Abssissa uchining oʻng tomonidan eng chetki choʻqqi molokulyar ionga muvofiq keladi deb qarash mumkin edi. Koʻp hollarda xaqiqatdan ham shunday. Lekin goho chetlanish kuzatiladi. Molekulyar ion spektrda umuman boʻlmasligi ham mumkin, yaʼni u toʻla fragmentlanishga uchragan. Baʼzan spektrda (M+1), (M+2) kabi ionlar ham ishtirok etadi. Ularning hosil boʻlishiga sabab izotoplardir. Masalan, benzol spektrida S6N6+ formulaga mos keluvchi molekulyar ion (M+ ; m/e 78) bilan birgalikda M +1 (m/ye 79) va M+2(m/ye 80) choʻqqilar ham mavjud. Birinchisi (m/ye S513S2N6+ va S6N5D+, ikkinchisi esa( m/ye 80) S413S2N6+ , S135 SN5D+, va S6N4D2+, ionlar hisobiga vujudga keladi. Lekin birikmalarga ogʻir izotop (13S ,D) lap miqdori kam boʻlgani uchun M+1 va M+2 choʻqqilar jadallikligi kam boʻladi. Benzoldagi choʻqqilar jadallikligi kam boʻladi. Benzoldagi bu choʻqqilar jadallikligi muvofiq ravishda 6,58 va 0,18 % ga teng. Ogʻir izotopning molekuladagi miqdori qancha koʻp boʻlasa, M+1 va M+2 ionlarning jadallikligi shuncha yuqori boʻladi. Savol tugʻiladi: mass–spektrda M+1, M+2, M+3 ionlar boʻlsa, molekulyar ionni qanday aniqlash mumkin. Spektr oxiridagi choʻqqilar (maksimumlar) ichida molekulyar ionni bilib olish kiyin emas. Odatda nisbatan jadallikligi yuqori boʻlgan choʻqqi M+ ga muvofiq keladi. M+1 va M+2 choʻqqilarni hosil qiluvchi ogʻir izotoplarning nisbiy miqdori kam boʻlgani uchun M+1 va M+2 choʻqqilarning jadallikligi deyarli barcha hollarda juda past boʻladi (xlor va brom almashingan birikmalar bundan ~164~
Masalan, spektrdagi M+ ning jadallikligi M+ ga nisbatan 1,16%; M + 2 niki esa 0,40% boʻlsin. U holda bu sonlar jadvaldagi SO2 ning koʻrsatgichlariga muvofiq, keladi. Demak, biz spektrini olgan modda karbonat angidrid ekan. Izotoplardan mass–spektrometriyada boshqacha ham foydalaniladi. Koʻp hollarda ayni choʻqqika muvofiq. keluvchi ion molekulaning qaysi qismidan hosil boʻlganligini aniqlash uchun izotoplar 13S, 13S, 34S, D – (deytriy) molekulaga atayin kiritiladi. Masalan biror molekula (I) ning parchalanishidan spektrda kuzatiladigan ionlar (m1 m2, m3, m4) ning bittasi, aytaylik, m1 molekulaning qaysi qismi (A, B, S yoki D) dan hosil boʻlishi aniqlash uchun molekulaning A–1 qismidagi vodorod atomlaridan bittasi deyteriyga almashtiriladi va yana spektr olinadi. Agar spektrdagi m1 ionga muvofiq keladigan choʻqqi bitta birlik oʻngga (yaʼni m1 –N +D) siljisa, taxmini toʻgʻri chiqqan boʻladi. Koʻpincha molekulaning u yoki bu qismiga ogʻir izotoplar oʻrniga turli guruhlar (SN3–, S2N5–, SN3SOO–) kiritiladi. Bunda molekulaning shu qismidan hosil boʻlgan choʻqqilar muvofiq ravishda 15, 29, 59 birlik oʻngga siljiydi Mass– spektrometriyada bu usul (yaʼni muayyan maqsadni koʻzlab molekulaga izotoplar kiritish) deyteronishon deyiladi. Deyterinishon juda koʻp qoʻllaniladigan samarali usul hisoblanadi. Mass–spektrda koʻpincha massasi kasr songa teng boʻlgan ionlar kuzatiladi. Bu ionlarga muvofiq, keladigan choʻqqilar eniga choʻzilgan (nozik emas), jadalligi esa kam boʻladi. Bunday ionlar metastabil ion yoki choʻqqilar deyiladi. Metastabil choʻqqilar hosil boʻlishining sababi quyidagicha: bombardimon qilish kamerasida koʻpincha beqaror ionlar hosil boʻladi. Bu ionlar mass–spektrometrning tezlashtiruvchi elektr maydonida ~165~
Shunga koʻra m2 2 272 25,1. Bundan juda muhim xulosa chiqarish m1 29 mumkin: demak, massasi m/ye 27 ga teng ion m/ye 29 boʻlgan iondan hosil boʻladi (m/e 28 dan emas). Darxakikat, 27 2 25,1 shunga oʻxshash, 28
bunday normal choʻqqi (t/ye 43; t/ye 58) lar va metastabil choʻqqi t/ye 31,9) hosil qiladi. Metastabil ion 58→43 ning parchalanishidan hosil boʻlgan deyish mumik, chunki 43 2 58
Koʻrinib turibdiki: mass–spektrda metastabil ionlarning boʻlishi parchalanishning u yoki bu yoʻnalishida borganligidan dalolat beradi, shuning uchun ham metastabil ionlardan fragmentlanish sxemasini tuzish (qaysi ionlar qaysi qismlardan hosil boʻlganligini aniqlash)da foydalaniladi. Parchalanayotgan (m1) va hosil boʻlgan (m2) ionlar massasi oʻrtasidagi farq zaryadsiz fragment (neytral malekula yoki radikal)ning massasiga muvofiq keladi. Biz koʻrgan misollarning birinchisida bu fragment ikkita vodorod atomi yoki vodorod molekulasi (29–27=2), ikkinchisida esa metil radikali (58–43=15) dir. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling