Нейроэндокрин синдромлар
Download 135 Kb.
|
Mavzu №23 Ginekologiyada neyroendokrin sindromlar. (Hayzoldi, postkastrasion va klimakterik sindromlar).
- Bu sahifa navigatsiya:
- Premenopauza
- Perimenopauza
- 2- guruh
Klimakterik sindrom. Klimakterik davr qarilikda rivojlanadi, hayzning to‘xtashiga ko‘ra premenopauza, menopauza, postmenopauza ajratiladi.
KS 40 - 70% ayollarda rivojlanadi. Uning rivojlanishi jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini buzilishi natijasida yuzaga keladi. Havf omillari: og‘ir ish faoliyati, ekstragenital patologiya va boshqalar. Premenopauza - menopauzadan oldingi davr, organlardagi somatik va patologik o‘zgarishlar, tuxumdonlar funksiyasini susayishi bilan boradi. Premenopauza 45 yoshdan so‘ng rivojlanadi. Asosiy simptom- hayz siklini buzilishi. Holsizlik, tez charchash, ta’sirlanuvchanlik menopauzadan oldin 90% ayollarda kuzatiladi. Menopauza - tabiiy qarish jarayonning bir qismi, bu hayzning butunlay to‘xtashi (bir yil kelmasligi) va tuxumdonlar funksiyasining susayishi bilan boradi. Menopauza chekuvchilarda va tug‘magan ayollarda erta rivojlanadi. Perimenopauza - perimenopauz premenopauza davrini va menopauza so‘ng 2yil muddatni o‘z ichiga oladi. Postmenopauza - menopauzadan so‘ng rivojlanadi. Tuxumdonda estrogenlar sekretsiyasi butunlay to‘xtaydi. Lekin bu ayollarda qon plazmasida estradiol va estron aniqlanadi. Ular periferik to‘qimalarda androgenlardan hosil bo‘ladi. Androgenlar buyrak ust bezi tomonidan sekretsiyalanadi. Estrogenlarni katta qismi androstendiondan hosil bo‘ladi. Bu asosan mushak va yog‘ to‘qimasida sodir bo‘ladi. Shuningdek, semizlikda qon plazmasida estrogenlar miqdori yuqori bo‘ladi va progesteron yetarli emasligi bachadon tanasi raki rivojlanish xavfini oshiradi. Ozg‘in ayollarda qon plazmasida estrogenlar kam, ularda osteoporoz paydo bo‘lishi havfi oshadi. Postmenopauza davrida progesteron sekretsiyasi butunlay to‘xtaydi. Klimakterik sindromda simptomlarning paydo bo‘lish vaqtiga ko‘ra ular 3 guruh-ga bo‘linadi: 1-guruh erta simptomlar: vazomotor va emotsional buzilishlar: issiqlikni xis qilish, ter ajralishi, yurakni tez urib ketishi, bosh aylanishi yoki gipertenziya, ta’sirlanuvchanlik, uyquvchanlik holsizlik va depressiya kuzatiladi. 2- guruh o‘rta vaqtdagi simptomlar: menopauza boshlanganidan 3- 5 yil o‘tgandan so‘ng paydo bo‘ladi va urogenital buzilishlar, teridagi o‘zgarishlar bilan boradi. 3-guruh kech paydo bo‘ladigan simptomlar: osteoporoz va yurak qon - tomir kasalliklari. Issiqlikni xis qilish, gipoestrogeniyada paydo bo‘ladi. Issiqlikni xis qilish 1-3 minut davom etadi va kuniga 5 - 10 marta qaytariladi. KS o‘ta daraja og‘irlikda issiklik 20 martagacha qaytariladi. Og‘ir hollarda - 30 marta va ko‘proq qaytariladi. Arterial gipertenziya va chekish ateroskleroz rivojlanishi xavfini oshiradi. Davolash: O’rinbosar terapiya klimakterik sindromda 80 - 90% xollarda foyda beradi, miokard infarkti va insult havfini kamaytiradi. Estrogenlar aterosklerotik pilakchalar xosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. O’rinbosar terapiya tarkibiga kiruvchi estrogenlar osteoporoz va suyak sinishlarini oldini oladi. Estrogen - progestin preparatlar : Kliogest, Divina, Klimen, Siklo – Proginovo, Klimonorm. Bu preparatlarni barchasi hayzga o‘xshash qonli ajralma ajralishiga olib keladi. Bu barcha ayollarni xavotirga soladi. Oxirgi yillarda Femoston 1/5 va Anjelik, preparatlar ishlab chiqilgan. Ular ta’sirida qonli ajralma ajralmaydi yoki 3-4 oydan so‘ng to‘liq to‘xtaydi. Klimaktoplan - tabiiy kompleks preparat. Uning tarkibiga kiruvchi ingradiyent- lar termoregulyatsini normallashtiradi, MNS va tormozlanishi jarayonlarini tartibga so- ladi, natijada terlash kamayadi, bosh og‘rishi, uyqusizlik kamayadi. Preparat ichishga ov- qatdan so‘ng 1-2 tabletkadan 3 marta kuniga beriladi. Klimadinon - tabiiy preparat. Tabletka 0.02 g, 50 ml - flakonda chiqariladi. Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling