Нейроэндокрин синдромлар


Postkastratsion sindrom (PS)


Download 135 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi135 Kb.
#1549068
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu №23 Ginekologiyada neyroendokrin sindromlar. (Hayzoldi, postkastrasion va klimakterik sindromlar).

Postkastratsion sindrom (PS) - bu vegetativ-tomir, neyroendokrin, neyropsixik
simptomlar bilan total yoki subtotal ovarioektomiyadan so‘ng rivojlanadi. 25% ayollarda ish qobiliyatining susayishi bilan boradi. Taxminan 25% ayollarda tez charchash, ta’sirlanuvchanlik, kayfiyat susayishi, xotira pasayishi bilan boradi. Isiqlikni xis qilish asosan kechqurun kuzatiladi. Issiqlikni xis qilish gonadoliberin sekretsiyasi oshishi natijasida rivojlanadi. PS patogenezi asosida adaptatsiyani buzilishi yotadi.
Klinikasi: jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandan 1-3 haftadan so‘ng rivojlanadi 73% - vegetativ-tomir buzilishlar: issiqlikni xis qilish, terlash, aritmiya, taxikardiya, yurakda og‘riq, gipertonik krizlar; 15% - modda almashinuvi buzilishlari-semirish giperlipidemiya, giperglikemiya; 12%- psixoemotsional-ta’sirlanuvchanlik, yig‘loqilik, yomon uyqu, agressiv – depressiv holatlar kuzatiladi. Psixoemotsional buzilish uzoq vaqt saqlanadi. 3-5 yil o‘tgandan so‘ng siydik – jinsiy a’zolar sistemasida estrogenlar kamayishi tufayli atrofik kolpit, tsistit, osteoporoz rivojlanadi. Ovarioektomiya jarrohlik amaliyotidan so‘ng milklarni reparativ regeneratsiyasi susayadi va ayollarda parodontoz rivojlanadi. PS bilan og‘ruvchi ayollarda glaukoma kuzatiladi. Chunki estrogenlar ko‘zni oldingi kamerasi burchagiga ta’sir qilib ko‘zni ichki bosimini oshiradi.
Diagnostikasi. Psixo-emotsional va vegetonevrotik belgilar gisterektomiya o‘tkazilgan ayollarda Kuppermanning Ye.V. Uvarova bilan modifitsirlangan menopauzal indeksga (MMI) asoslanadi. Shunga ko‘ra yengil, o‘rta, og‘ir darajalari ajratiladi.
Davolash: jarroxlik amaliyotidan so‘ng erta davrda boshlash kerak. Gormonal preparatlar: gormonal preparatlar o‘rinbosar terapiya sifatida ishlatiladi. Klimen, Klimonorm, Divina,Anjelik,Femoston kabi gormon preparatlari ishlatiladi. Kasallik patogenezini xisobga olgan xolda gormonal preparatlar buyuriladi. Estrogenlarning parenteral yo‘l bilan yuboriladiganlari aloxida o‘rin tutadi (ginodian-depo), plastir ko‘rinishida(estroderm,klimara). Gormonal terapiya umumiy qarshi ko‘rsatmalardan kelib chiqqan xolda beriladi va ushbu kasallar doimiy dispanser nazoratida bo‘lishlari lozim. O’rin bosar gormonal terapiyani boshlashda , albatta jarroxlik amaliyotini xajmi, sut bezlarining axvoli, da’voning davomiyligi inobatga olinadi. Bachadon bo‘lmasa estrogenlar yordamida monoterapiya, fibroz-kistali mastopatiyalarda uzluksiz estrogen-gestagenlar,40 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga kombinirlangan O’GT tavsiya etiladi.
Bundan tashkari fizioterapiya buyurish foydadan xoli emas: Щerbakov bo‘yicha galvanik yoqa, buyrak soxasiga DMV, yelka soxasini uqalash.
Metabolik buzilishlarni oldini olish maqsadida vitaminlar, osteoporozni davolash va oldini olishda kasiy preparatlari beriladi.
O’GTni uzoq qabul qilganda 2 yilda 1 marta mammografiya, sut bezlarini palpatsiyasi va UTT tekshiruvi o‘tkaziladi. Agar O’GTga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lsa , sedativ vositalar( valeriana, pustirnik damlamasi, novo passit va boshqalar), antidepressantlar(koaksil, auroriks, prozak va boshq),

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling