3. Fanlararo va fan ichidagi bogliklik.
Neyroendokrin sindromlar asosan asoratlangan akusherlik va ginekologik anamnezlar, gormonal buzilishlar, EGK okibatida kelib chikib, natijada yurak-kon tomir sistemasi kasalliklarini, ishemik kasallik, nerv-psixik buzilishlari olib kelishi mumkin.
Shu bois, bu patologik xolatlarning oldini olish va asoratlarni samarali davolash uchun fiziologiya, endokrinologiya, nevrologiya, ichki kasalliklar buyicha bazis bilimlarga ega bulish maksadga muvofik.
4. Mashgulot mazmuni
4.1. Nazariy kism
Neyroendokrin sindromlar deb, shunday holatga aytiladiki, patologik o‘zgarishlar bir vaqtda nerv va endokrin sistemalarda rivojlanadi. Neyroendokrin ginekologik sindromlar umumiy patogenezga ega, u ayol organizmining maxsus funksiyalarini boshqaruvchi asosiy organ gipatalamo - gipofizar sistema ishining buzilishidir. Asosan, umumiy amaliyot shifokorining amaliyotida hayz oldi, klimakterik va postkastratsion sindromlar ko‘p uchraydi.
Hayz oldi sindromi (HOS) - murakkab patologik simptomakompleks bo‘lib, hayz oldi kunlarida neyropsixik, vegetativ, tomir va endokrin buzilishlar bilan namoyon bo‘ladi. Bu sindrom hayz siklining ikkinchi davrida kuzatiladi.
HOSning uchrashi: 19-20 yoshda 20%, 30 yoshdan so‘ng 47% , 40 - 49 yoshdan so‘ng hayz sikli saqlangan bo‘lsa 55% uchraydi .
Etiologiya va patogenez. Ctress holatlari, neyroinfeksiya, asoratlangan tug‘ruq va abortlar, turli travmalar va jarrohlik muolajalari, ahamiyatga ega.
HOS rivojlanishini tushuntiruvchi nazariyalar: gormonal – giperestrogeniya, “suvli intoksikatsiya” , psixosomatik buzilishlar, allergik va boshqalar.
Eng ko‘p tarqalgan nazariyalardan biri bu – gormonal teoriyadir. Bu patologiyada estrogen-gestogen nisbati qonda buziladi. Sariq tana funksiyasi yetishmovchiligi tufayli nisbiy gipoprogesteronemiya va giperesterogeniya kuzatiladi. Natijada organizmda natriy ushlanib qoladi va suv miqdori oshadi. Serebral to‘qimaning shishi tufayli turli simptomlar va og‘riq paydo qiladi.
“Suvli” intoksikatsiya nazariyasi asosan organizmda suv ushlanishi ADG garmon miqdori oshishi bilan bog‘liq, chunki progesteron aldesteron antogonisti hisoblanadi.
Markaziy sabablar HOS to‘laroq tushuntiradi. Psixologik statusni ayollarda buzilishi melanostimullovchi gormon bilan bog‘liq bo‘lib, bu gormonni β - endorfinlar bilan o‘zaro ta’siri tufayli ayollarda kayfiyat o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |