Nematova nargiza muxtorovna


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM


Download 449.5 Kb.
bet2/19
Sana16.06.2023
Hajmi449.5 Kb.
#1492036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
учунчи ренессанс ва таълим

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM
MUASSASASINING RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSINI
AMALGA OShIRISh ChORA TADBIRLARI VA UNI AMALGA Insoniyat davlat va jamiyatning qurilishiga doir asriy tajribalari ijtimoiy munosabatlarni yangicha yondashuvlar asosida tartibga solish borasidagi ilg‘or yondashuvlarning qaror toptirilishiga olib kelgan. Ta’limdagi modernizatsiya va innovatsion ta’lim texnologiyalari mohiyatini bilish va bevosita faoliyatda qo‘llash bugun ta’lim sifatini yaxshilashning hamda samaradorlikka erishishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

OShIRISh YO‘LLARINI ILMIY - NAZARIY ASOSLARI
Mazkur mavzuning dolzarbligi va uning asoslanishi borasida so‘z boshlasak, hozirgi zamonda insonlarning bilim va malakasi jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini aniqlovchi omildir. Shuning uchun ko‘pgina mamlakatda ta’limni rivojlantirish istiqboli eng asosiy masalalardan biriga aylanmoqda. O‘zbekistonning bugungi kuni uchun iqtisodiy innovatsiyalarga asoslangan rivojlanishini ta’minlash muhim vazifa sifatida qaralmoqda Shu sabab yurtimizda ta’limdagi islohatlar iqtisotdagi yangi o‘zgarishlar paydo bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston ta’lim tizimidagi keyingi 20 yil ichida qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga yana O‘zbekiston ta’lim tizimida yaqin vaqt ichida yechimini kutayotgan muammolar mavjud ekanligini zamonnining o‘zi ko‘rsatdi. Xususan, oliy ta’lim sohasidagi islohotlar ko‘lami va undan kutilayotgan natijadorlikka jamiyatimizda umid katta. Ushbu mavzu doirasida oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora tadbirlari va amalga oshirish yo‘llarini tadqiq etish va bu sohaning bugungi holati, islohotlarning o‘ziga xos jihatlari va bu jarayonda davlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni, oliy ta’lim sohasida halqaro miqyosida olib borilayotgan hamkorlik faoliyatini asoslashga e’tibor qaratmoqchimiz. Shu ma’noda mazkur yo‘nalishdagi mavzuning asoslanishi dolzarbdir.
Xususan, O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishning chora-tadbirlari va yo‘llarini o‘rganish, 2030 yilga qadar O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasidagi islohotlarning maqsadi, unga ta’sir etuvchi omillar shart – sharoitlar mexanizmlarini o‘rganishdir. Maqsadimiz, O‘zbekistonda 2030 yilga qadar oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasini o‘rganish, oliy ta’lim sohasidagi islohatlar samaradorligiga takomillashtirishga ta’sir etuvchi omillardan kelib chiqib, bugungi holatni anglash, faoliyatimizda ayni shu jihatlarga e’tibor qaratishdir.
Mavzu doirasida oliy ta’limda 2030 yilga qadar amalga oshiriladigan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini tahlil qilish, uning samaradorligini aniqlash, rivojlantirish yo‘nalishlari beradigan samaradorlikni baholash, faoliyatni yanada yaxshilash bo‘yicha fikrlarimizni bayon qilishdir.
Ushbu mavzuni bayon qilishda foydalanilgan adabiyotlar va normativ – huquqiy xujjatlarning qisqacha tahlilidan boshlasak, bugungi kunda butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham muhim ijtimoiy iqtisodiy islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa ta’limda, xususan oliy ta’limdagi olib borilayotgan o‘zgarishlarning jamiyat ravnaqida alohida o‘rni borligi barchaga ayon. Oliy ta’lim muassasalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini o‘rganish, undan kutilayotgan natijalarni jamoatchilik orasida tushuntirish va targ‘ib qilish, ayniqsa shu soha mutasaddilari – professor – o‘qituvchilar orasida o‘rganish va uning talabidan kelib chiqadigan vazifalarni anglab yetishning ahamiyati muhimdir. O‘zbekistonda bu borada ko‘plab olimlar tomonidan tadqiqotlar olib borilayotganligi quvonarlidir. Olib borilayotgan tadqiqotlarda oliy ta’limda 2030 yilga qadar amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalar va ularning samaradorligi borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Tadqiqotlar natijalarining ilmiy ahamiyati, shundaki ilgari surilgan fikrlardan, umumlashtirilgan monografiyada ilmiy xulosalardan oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha mavjud, hozirga qadar bor konsepsiyalar va ilmiy g‘oyalarni nazariy jihatdan boyitishga xizmat qilishdir. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, olingan ma’lumotlardan oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan professor – o‘qituvchilar, magistrlar, ilmiy xodimlar, mustaqil tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
O‘zbekiston azaldan dunyo tamaddumida ilm-fan taraqqiy etgan, ma’rifat va ma’naviyat yuksalgan zamin sifatida dunyoga tanilgan. Shuning uchun ham yurtimiz bugunga qadar dunyoga tanilgan qanchadan qancha buyuklarni insoniyatga yetkazib bergan muqaddas zamin hisoblanadi. Ta’lim va tarbiya ilmu-urfon xalqimiz asliyatida bo‘lib kelgan. Azaldan xalqimiz ilmli,tartibli va rioyali xalqlar qatorida e’tirof etilgan. Ayniqsa istiqlolga erishgach, bu sohaga milliy qadriyatlar va o‘ziga xosligimizning, millatimiz ravnaqini hamda jahondagi o‘rnini belgilab beruvchi ustivor jihat sifatida tan olindi. Bozor iqtisodi hamda demokratik-huquqiy davlat tuzish sari ildam jadallab borayotganligi mehr va faxr hissini beradi. Tobora globallashib borayotgan bugungi dunyomizda O‘zbekiston o‘z o‘rnini topib borayotgan ekan, demokratik va huquqiy davlat tuzib, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari dadil odimlayotgan ekanmiz, bu jarayon insondan o‘zining umummadaniy dunyoqarashini kengaytirishni, umumiy va professional omilkorlikni doimiy ravishda oshirib borishni talab etadi. Bugungi kunda mustaqil faoliyat yuritib muammoli sharoitlardan chiqib keta oladigan va doimiy tarzda o‘zida bilimga doimiy chanqoqlikni sezadigan har tomonlama yetuk kadrlarga ijtimoiy buyurtma sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” to‘g‘risidagi Farmonida “Respublikamizdagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini halqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Edication yoki Akademic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish” masalasining kun tartibiga qo‘yilishi, avvalambor oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali malaka talablari, o‘quv rejalarining, unga mos fanlarning o‘quv mashg‘ulotlari loyihalangan o‘quv adabiyotlarini yaratish lozimligini ko‘rsatadi.
Albatta, shuni e’tirof etish lozimki, ta’lim tizimimizni XXI asr talabalariga moslashtirishimiz, uni egiluvchan, zamon bilan hamnafas qilishimiz, keraksiz yuklama va to‘siqlardan xalos qilishimiz kerak. O‘tgan yillarda yo‘qotilganlarni, qilinmagan ishlarning o‘rnini to‘ldirish kerak. “Islohot” so‘zining shunday tushunish kerak: 2019-2020 o‘quv yili uchun “Oliy ta’lim yo‘nalishlari va klassifikatoriga muvofiq, 4 ta ta’lim sohalari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, 45 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 52 ta magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari hamda o‘quv rejalari iqtisodiyot tarmoqlarining soha mutaxassislarini jalb qilgan xolda xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqildi, tasdiqlandi va kelishuvdan o‘tkazildi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga joriy etildi. Klassifikatorga muvofiq yana 53 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 93 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari va o‘quv rejalari tayanch oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ijodiy ishchi guruhlar tomonidan xalqaro tajribalar asosida qayta ishlab chiqilmoqda. Keyingi 3 yilda mamlakatimizda jadal olib borilayotgan islohotlar tufayli oliy ta’lim muassasalari soni bugungi kunda 130 dan ortdi. Shulardan 93 tasi milliy oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi, maxsus sirtqi va kechki ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Professor o‘qituvchilarning oylik maoshlari bosqichma-bosqich ko‘tarilib borilishi, ularni ta’limga doir bo‘lmagan ishlarga jalb qilmaslik mazkur islohotlarning bir ko‘rinishi xolos.
O‘zbekistonimizda oliy ta’lim integratsiyasiga taraqqiyotning muhim yo‘nalishi sifatida qaralmoqda. Bugun bu sohada mutloqo yangi va sifat yo‘lida dadil harakatlanmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan tanlangan mamlakatni rivojlantirish strategiyasi o‘tgan qisqa davr ichida o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bugun mamlakat tashqi siyosatda ochiqlik, shaffoflik, konstruktivlik, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari yanada aniq, samarali namoyon bo‘lmoqda. Mamlakatimiz hayotidagi bunday tub burilish oliy ta’lim tizimida ham kuzatilmoqda desak, ayni haqiqat bo‘ladi. Amalda shunday bo‘layotganligi quvonarli. Tariximizdan ma’lum ta’lim sohasida bir paytlar sobiq ittifoq davrida qog‘ozdagina islohotlar o‘tkazilganligi sabab, o‘sha paytlarda chekka va qaram hudud bo‘lgan yurtimizda bu hech qanday natija bergan emas, qolaversa, unda chekka milliy respublikalarda ta’limni isloh qilishdan sobiq ittifoq rahbarlariga va mavjud tuzumga hech bir naf yo‘q edi. Shu sabab ham bugun xalqimiz bu kabi islohotlardan mamnun va kelajak uchun taraqqiyotimizni ta’min etuvchi muhim strategik dastur sifatida qabul qildi. Amaldagi Prezidentimiz o‘z lavozimiga kirishishi bilan ilm-fan va innovatsiyalarga tutashib ketgan “progressiv relslarni” tanladi. Ushbu tanlov ulug‘ ajdodlarimizning boy merosi, qadriyatlarini avaylab asrash, kelajakka yetkazish, zamonaviy yutuqlardan dadil foydalanishni nazarda tutadi. Bu ezgu maqsad yo‘lida o‘tgan davrda hayotda o‘z ifodasini topdi, serqirralik kasb etib, odamlar ongiga, qalbiga kirib kirib bordi, ularda o‘ziga, buguni va ertasiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlamoqda. Prezidentimizning akademiklar, olimlar o‘qituvchilar, shifokorlar bir so‘z bilan aytganda aholining ziyoli qatlami bilan yurt kelajagi bo‘lgan yoshlar bilan doimo muloqot olib borishlari ham shu qatlamga bo‘lgan ishonch va ularning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish, yangi kashfiyotlar va g‘oyalarni yurt ravnaqi yo‘lida safarbar qilish ularga bo‘lgan ishonchning nishonasidir. Davlat rahbarimizning bugungi ma’rifatparvar va innovator lider, progmatik boshqaruvchi sifatida e’tirof etishayotganining o‘ziga yarasha sabablari bor. Shu o‘rinda Moskva universiteti va akademiyasi asoschisi, davlat arbobi Ivan Shuvalovning bir fikrini keltirib o‘tish o‘rinli: U “Barcha yaxshiliklar ma’rifatli aqldan kelib chiqadi” deb, bejizga aytmagan.
Yangi O‘zbekistonda ana shu tamoyil davlat, jamiyat va xalq hayotidan tobora chuqur o‘rin olib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunday islohotlar bilan nafaqat yaqindan tanishib borayapmiz, balki ularda ishtirok etayapmiz. Kengroq tahlil qilishga urinib ko‘rsak, O‘zbekistonda oliy ta’limning barcha uchun barobarligi, ochiqligi prinsipi birlamchi etib belgilangan. Shundan kelib chiqib, bu yerda xorij universitetlari filiallari ochilmoqda. Mehnat bozori talablariga mos bo‘lgan ko‘plab yangi mutaxassisliklar, yo‘nalishlar tashkil etilmoqda. Demak, oliy o‘quv yurtlariga aholini qamrab olish kengayib borayapti. Nega shunday qilinayapdi? Nima sababdan 2030 yilgacha bo‘lgan konsepsiya qabul qilindi? Buning boisi, oliy ta’lim mamlakat kelajagi uchun dahldor bo‘lgan strategik soha. Bu teorema emas balki aksiomadir. Shunday ekan, tizimda biror yangilik qilishning o‘zi katta ma’suliyat va jiddiy fidoiylikni talab etadi. Bu o‘z-o‘zidan avtomatik amalga oshadigan jarayon emas. Ushbu jabhadagi har bir qadam, har bir islohot esa millat tarixidan joy oladi, xalqimiz istiqboliga ta’sir qiladi, mamlakatimiz ertangi kunini belgilab beradi. Shu nuqtai-nazardan kelib chiqilsa, O‘zbekistonda 2019 yildanoq oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilinganligini yuksak baholash mumkin. Mazkur dolzarb hujjat bilan yaqindan tanishib, unda mamlakat taraqqiyotiga dahldor barcha dolzarb yo‘nalishlar qamrab olinganligiga guvoh bo‘ldik. Bugungi kunda konsepsiya xalqaro hamkorlik aloqalari ravnaqiga ham kuchli turtki berayotganini alohida ta’kidlash kerak. Demak, konsepsiya xalqimiz uchun muhim. Mazkur konsepsiyaning eng katta yutug‘i, maqsadida aks etgan. Respublikada oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini yuksak ma’naviy – ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jixatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiy tarmoqlarni rivojlantirish shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni 2019 yil 8 oktyabrda PF-5847 – soni bilan qabul qilindi.1 Mazkur konsepsiya 4 bob va 9 ta paragrafdan iborat. Uning bosh maqsadi O‘zbekistonda oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy – ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan xolda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, oliy ta’lim tizimida davlat xususiy sherikchilikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish va sohada sog‘lom raqobat muhitini yaratishdir.
O‘zbekistonda oliy ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liq yana bir soha ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish PF-6097-sonli Prezidentning farmoni ham 2019 yil 29 oktyabrda konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Mazkur ikki muhim xujjatlar bir-birisini to‘ldiradigan tarixiy xujjatlardir.
Bugun O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar, professor-o‘qituvchilar anashu konsepsiyalarni amalga oshirilishiga bevosita dahldordir.
Ko‘hna tariximizdan anglaganimiz va faxrlangan jihatlarimiz ko‘p. Bunday kishiga zavq, faxr va ma’suliyat hissini beradiganlar ichida yurtimizni qadim davrlardanoq dunyo tamaddumida alohida o‘z o‘rni bo‘lib ilm-fan taraqqiyotning eng qadimgi beshiklaridan biri hisoblanib kelganligidir.
Sharq mamlakatlarida insoniyat taraqqiyotining ilk ibtidosidanoq, ilm ma’rifatga o‘qish va o‘rgatishga alohida ahamiyat bilan berishgan. O‘sha uzoq davrlardanoq, tarqqiyotning me’zoni ilm-ma’rifat ekanligini bizning ajdodlarimiz idrok qilibgina qolmay, boshqa xalqlarga bu muhim hayotiy haqiqatni targ‘ib qilganlar. Shuning uchun ham hozirga qadar dunyo xalqlari yurtimizga alohida qiziqish va hurmat bilan qarash va ibrat olish maskani sifatida qaraydilar. Ilk davlatchilik shakllangan davrlardan boshlab, ta’lim maskanlari mavjud bo‘lganligi tarixiy manbalarda aks etganligini butun dunyo xalqlari e’tirof etganlar. Ayniqsa markazlashgan davlatlar tashkil topgan IX-XII asrlardan boshlab ta’lim ma’rifat taraqqiyoti ilk renessansga tamal toshini qo‘ydi. Keyinchalik Amir Temur va temuriylar davrining eng katta yutug‘i bu ikkinchi renesansning shakllanishi bo‘ldi. Natijada XIV-XV asrlar ikkinchi uyg‘onish jarayoni boshlanib, bu muhim tarixiy taraqqiyot nafaqat, Sharqda balki hozirgi Yevropada ham uyg‘onishga turtki bo‘lganligini butun dunyo e’tirof etadi. Afsuski, keyingi tarqoqlik va jaholat ichki ziddiyatlar xalqimizni ma’rifiy jarayonlardan uzoqlashtirdi va oqibatda boshboshdoqlikdan ma’rifiy saviya pastladi, qaramlik va mustamlakachilik holatiga tushib qoldik. XIX-XX asr boshlarida millatparvar jadidchilik harakatining yuzaga kelishi yurtimizda ilm ma’rifatni yuksalashiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Ayniqsa, o‘z tilimiz ma’naviyatimiz ilm-ma’rifatimizning tiklanishi millat ravnaqiga asos bo‘ldi. Sovetlar davridagi mavjud ta’qiqlarga qaramay, rivojlanish tez bordi xalqimiz o‘z asliyatiga qaytdi.
O‘zbekiston istiqlolga erishgan dastlabki yillardanoq ta’lim sohasi davlatimiz siyosatining ustivor sohalaridan biri sifatida e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Ayniqsa, keyingi 4 yil ichida ta’limga bo‘lgan e’tibor har doimgidan ham kuchaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 sonli Farmonida Respublika ta’lim tizimini modernizatsiyalash va undagi o‘qitish jarayonini takomillashtirish ustivor vazifalardan biri bo‘lib, uning ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ- 2909 sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3151-sonli qarorlari muhim ahamiyat kasb etib, mazkur xujjatlar asosida oliy ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish orqali tayyorlanadigan mutaxassislar va oliy malakali kadrlarni jahon intellektual mulk bozorida yuqori baholanishini kafolatlovchi yangi sifat darajasiga ko‘tarishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur doirasida xorijiy davlatlarning universitet va institutlarida yuzlab talabalarimizning o‘qishi va aksincha, mamlakatimiz OTM larida nufuzli xorijiy professor-o‘qituvchilarni ishlashi yo‘lga qo‘yildi. Bu yutuqlar asosan oliy ta’limni yangicha tashkiliy shakllari va yo‘nalishlariga taalluqli bo‘lib, ta’lim sifati va samaradorligi bo‘yicha hali ko‘plab muammolar o‘z yechimini kutib turibdi. Jumladan, ta’limni boshqarishning optimal usullarini ishlab chiqish, maqsadli moliyalashtirish, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishning yangi shakllarini joriy qilish, talabalar bilimini baholash va uni doimiy monitoringini olib borish, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kontrakt mablag‘lar miqdorini aholining daromadidan kelib chiqqan holda belgilash va boshqalar. O‘tkazilgan islohotlar tufayli o‘qituvchi shaxsining mavqeyini jamiyat oldida tiklanishi jarayoni bormoqda, ularning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirildi, qabul kvotalari keskin oshirildi, universitet va institutlarga muayyan erkinliklar berila boshlandi. O‘zbekiston OTM larida yilma-yil qabul kvotalarining oshib borishi shunga mos ravishda bugungi o‘zgaruvchan ta’lim talablariga javob bera oladigan, shuningdek, mobillik darajasi yuqori bo‘lgan professor – o‘qituvchilar kontingentini shakllantirishni, ularni xorijiy ta’lim va ilm-fan muassasalari, mamlakat ishlab chiqarish korxonalari bilan uzviy bog‘lanishlarini mustahkamlash kabi holatlarni inobatga olish lozim bo‘ladi.
Jadal rivojlanib borayotgan ta’lim tizimi, ilm-fan va texnologiyalar mutloqo boshqacha mutaxassisni tayyorlashni davlat va jamiyat oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Bu esa dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh, intellektual salohiyati va professionallik darajasi yuqori mutaxassis-kadrni tayyorlashni va bu mutaxassis kasbiy mahoratidan tashqari xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter texnologiyalarini yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishini talab qilindi. Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha va boshlang‘ich ta’limga va umuman ta’lim tizimiga e’tiborning kuchaytirilishi jamiyatimizning har bir fuqarosidan, ayniqsa, ta’lim va ilm - fanga ma’sullardan, bog‘cha murabbiysidan tortib, maktab o‘qituvchilari, oliy ta’limdagi professor-o‘qituvchilardan ijtimoiy ongi, tafakkuri yuqori, vataniga sodiq yoshlarni tarbiyalash masalasiga o‘ta jiddiy yondashishni taqozo etadi. O‘zbekiston bugungi kunda dunyo davlatlari orasida takomillashgan ta’lim tizimi bilan o‘z mavqeyiga ega bo‘lib kelmoqda. So‘nggi yillarda davlat boshqaruv tizimi ta’lim tizimining yanada rivojlantirish va takomillashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Ta’lim har bir davlatning o‘ziga xos bo‘lgan muhim infrastrkturasi ekanligidan kelib chiqib, uni hech bir davlatda to‘laligicha bozor munosabatlariga topshirib qo‘yilmaydi. Demografik jipslashishi va kuchli hududiy o‘quv ilmiy tizimning rivojlantirilishi istiqbol uchun rejalashtirilayotgan strategik vazifa hisoblanib, yechimi maqsadli davlat dasturlarida aks etgan qo‘shimcha bozor mexanizmlarining kiritilishi orqali olib boriladi.
O‘zbekiston uchun bugungi kunda umumiy ilmiy faraz qayd etilgan infrastrukturaning yaratishni boshlash, ya’ni bunday infrastrukturani “boshlang‘ich bosqich” da bajarilishi nazarda tutilayotgan modulni tahlil qilish va loyihalash, ta’lim va mutaxassislar tayyorlashning mehnat bozori bilan aloqasi, ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonlarini xulosalarini inobatga olishdan iborat. Ta’lim infrastrukturasi tizimi bakalavriat va magistratura ta’limi tizimining hamjihatligida tahlil qilinishi kerak. Chunki aynan shu bosqichda ta’limga iqtisodiyot tarmoqlaridan beriladigan buyurtmalar shakllanib, yangi ishchi o‘rinlariga talab aniqlanadi. Yangi faoliyat namunalari asosida avval “mutaxassis modeli” deb nomlangan mutaxassis bilimiga ega bo‘lgan talablar aniqlanadi va belgilanadi. Shu bilan bir qatorda bozordagi talabni qondirish maqsadida “qo‘shtirnoq ichidagi ta’lim muassasalarini” davlat attestatsiyasidan o‘tkazish ta’lim sifati nazoratini tashkil etish ham muammodir. Bu o‘rinda ham davlat va nodavlat ta’lim muassasalari reytingini mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Agar shunday tartibga amal qilinmasa, asoslanmagan attestatsiya natijalari yoki ta’lim muassasalarida poraxo‘rlikka yo‘l qo‘yish kabi noxush xolatlarning ro‘y berishi natijasida ta’lim muassasalari yopilishi ularning xizmat faoliyati cheklanishi mumkin. Taklif etilayotgan xulosalar avvalo bugungi kunda ta’lim tizimini baholash mezonlarida kamchiliklar borligiga diqqatni qaratadi. Chunki o‘tgan o‘n yil davomida oliy ta’lim muassasalari o‘z-o‘zlarini baholashlari natijasida birorta ham ta’lim muassasasi faoliyatini to‘xtatmagan.
Oliy ta’lim tizimiga bo‘lgan talabni ta’minlashga, faqatgina uni respublika darajasida muayyan chegaraga solib erishish mumkin bo‘lgan. Bunda davlat tashkilotlarining talablariga ko‘ra huquqiylik asosida oliy ta’lim muassasalari mustaqilligini ta’minlashning yo‘llarini izlash kerak bo‘ladi. Qayd etilgan usuldan ta’lim olishga intilgan barcha yoshdagi shaxslarga pulli ta’lim xizmati ko‘rsatish bilan bir qatorda, oliy ta’lim muassasasi qonunchilikda ruxsat etilgan barcha tijorat shakllariga asoslanib, to‘g‘ridan to‘g‘ri bilim berishlari yoki ilmiy izlanish faoliyatini olib borishni ta’minlashlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekistonda 2016 yildagi talabalik yoshidagi aholining oliy ta’lim bilan qamrab olinishi darajasi 9 foiz bo‘lib, bu Markaziy Osiyoda va jahon miqyosida ancha past ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘zbekiston oliy ta’limi tizimi 67 ta o‘quv yurtidan iborat edi. Ularda 2015-2016 o‘quv yilida jami 253 ming talaba ta’lim olishgan. Rejalashning markazlashgan tizimi oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul miqdorini ham, ular ta’lim yo‘nalishlarini ham belgilaydi. Oliy ta’limga davlat byudjetidan moliyalashtirish mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining atigi 0,4 % tashkil etgan. Bu o‘sha davrda jahondagi eng past ko‘rsatkichlardan biri edi.
O‘zbekiston davlat byudjetidan har bir talabaga to‘g‘ri keluvchi xarajat Rossiyaga nisbatan 2 marta, Turkiyaga nisbatan 3 marta, Malayziyaga nisbatan 7 marta kam. 2000 - yildan beri oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishning umumiy miqdorida davlat g‘aznasidan harajatlar 60 % 35 % kamaydi. Davlat harajatlari kamayishi bilan oliy o‘quv yurtlari ko‘proq ta’lim uchun to‘lovlar hisobiga moliyalashtirishga o‘tmoqda. O‘zbekistonda oliy ta’limni xususiy moliyalashtirish darajasi (60%) AQSh ga nisbatan (57 %) va Buyuk Britaniyaga nisbatan (52 %) ham yuqori. Aholi daromadlari yuqori bo‘lgan mamlakatlar orasida oliy ta’limni xususiy moliyalashtirish o‘rtacha 29 % tashkil etadi. O‘zbekistonda oliy ta’limni xususiy moliyalashtirish hajmining oshishi nafaqat, to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalar sonining oshishi bilan balki ta’lim uchun to‘lovlar miqdorining ko‘payishi bilan ham bog‘liq.
O‘zbekiston aholisining daromadlari ham keyingi yillarda oshgani holda, kontrakt to‘lovi miqdori tezroq oshdi. Natijada, mamlakat oliy o‘quv yurtlarida jamiyatning boy qatlamlari farzandlari kirishi ulushi oshdi.
O‘zbekiston oliy ta’limi tizimida xarajatlarning joriy taqsimoti ham oliy ta’lim sifati yuqori bo‘lgan mamlakatlarga mos kelmay qolgan edi. Talabalarga beriladigan stipendiyalar ulushi haddan ko‘p. (oliy o‘quv yurtlari byudjetining deyarli 40 %) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga kiruvchi mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 10 % tashkil etadi. Oliy ta’limni moliyalashtirishdagi ushbu kamchiliklar oliy ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasining nochor ahvolga tushishiga sabab bo‘ldi. Boz ustiga, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ilmiy darajali o‘qituvchilar miqdori 20 yil ichida 52 % dan 35 %gacha kamaydi. O‘tgan davr ichida, xususan 2014-2015 o‘quv yilida har 100 talabaga kompyuterlar soni 13 ta, internetdan foydalanib dars o‘tayotgan o‘qituvchilar soni 35 % ni tashkil etgan.
Bir necha yil oldin ko‘pchilik oliy o‘quv yurtlarining nafaqa yoshiga yetgan professor-o‘qituvchilarini lavozimidan olinib, stavkalari kamaytirilganidan so‘ng, ba’zi kafedralarga mudir sifatida fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lgan mutaxassisini topish ham muammo bo‘lib qolgan edi. Bu keyingi 25 yilda oliy ta’limdan keyingi bosqichga ham yetarli e’tibor berilmagani va ilmiy darajali olimlarning migratsiyasi natijasidir. Oliy ta’limni isloh qilish O‘zbekistonning fuqarolik va iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarurligidan kelib chiqib, bu yo‘nalishda islohotlar boshlandi. Mamlakat taraqqiyotining hozirgi holati yuqori malakali mutaxassisilarga talabni kuchaytirmoqda. Holbuki, o‘zbekistonda faqat bazaviy malakaga ega bo‘lgan ishchilar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Agar 2008 yilda o‘zbek tadbirkorlari orasida o‘tkazilgan so‘rovda ularning 73 % biznesni olib borishdagi to‘siqlar sifatida ishchilarning bilim darajasi va malakalari yetishmasligini ko‘rsatgan bo‘lsa, 2013 yilda Jahon banki hisobotini tayyorlashda o‘tkazilgan so‘rovlarda sanoat firmalarining 49 % rahbarlari oliy ma’lumotli malakali mutaxassislarni topishda qiyinchiliklar borligini ko‘rsatishgan .
Oliy o‘quv yurtlarida bitiruvchilarning bilimi va malakasi sifatidan 33 % firma rahbarlari qanoatlangan bo‘lsa, 36 % norozi ekanligini bildirganlar. Bu xususda oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining ancha qismi o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlamayotganini ko‘rsatish mumkin.
Ish beruvchilar, sanoat va oliy o‘quv yurtlari orasidagi o‘zaro aloqaning bo‘shligi iqtisodiyotga innovatsiyalar tadbiqini sekinlashtiruvchi yana bir omildir. O‘zbekistonda ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat Test Markazi kabi maxsus boshqarmaga yuklatilgan edi. Ammo ushbu boshqarma tomonidan o‘quv yurtlarini attestatsiya va akkreditatsiyalash muddatlari kechikishi, attestatsiyasidan o‘tmagan o‘quv yurtlarida rahbarlarga intizomiy chora ko‘rilmaganligi, o‘quv yurtlarining moddiy texnika bazasi va professor-o‘qituvchilar salohiyati haqida chuqur xulosalar chiqarilmagani, o‘quv yurtlaridagi ahvol oshkora muhokama etilmagani sababli davlat tomonidan ta’lim-tarbiya sifatiga qo‘yilayotgan talablar bajarilishida sustkashlikka olib keldi.
Bundan tashqari, ushbu boshqarmaning talabalar qabulini amalga oshiruvchi Markaz qoshida bo‘lishi ham xolisona xulosa chiqarishga halaqit berar edi.
Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti Sh.Mirziyoevning farmoniga asosan ta’lim sifatini nazorat etadigan Davlat Inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil etildi.2
O‘zbekistonda ta’lim tizimini boshqarishda ham qator muammolar mavjud. Ta’lim sohasini boshqarishni yagona bitta vazirlikka yuklatilishi dunyo tajribasidan bor. Ta’lim muassasalarini boshqaruvini takomillashtirish, ularning mustaqilligini kuchaytirish uchun uning rahbarlarini tayinlash emas, balki jamoa ichidan ularni fikrini inobatga olgan holda qo‘yilishi va rahbar faoliyatini baholash tizimini yaratish vaqti keldi. Joriy 2023 yildan boshlab bu boradagi strukturaviy o‘zgarishlar ham faqat ta’lim taraqqiyotiga xizmat qilishi shubhasiz.
O‘tgan 20 yil davomida ko‘p vaqt ichida o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari va baholash tizimining juda tez o‘zgarishi ta’lim sifatining pasayishiga olib keldi. Kollej va oliy o‘quv yurti talabalarining turli qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinishi holatlari ham ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir qilib keldi.
Bugungi kunda ana shulardan to‘g‘ri va asosli xulosa chiqarilib oliy ta’limga munosabat tubdan o‘zgarganligi quvonarli holat albatta. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda yangi konstitutsiyamiz loyihasi keng muhokama qilinayotganligiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bu sohaning ham huquqiy asoslari asosiy qonunimizda o‘z aksini topganligi quvonarli.
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirishning konsepsiyasining ishlab chiqilishi o‘zining tashkiliy huquqiy asoslariga ega.
Bizga ma’lumki, ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, ta’lim tizimini isloh qilishning muhim vositasi-ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘lib, uni qo‘llash, amalga tadbiq qilish muhim hisoblanadi. Ta’lim tizimidagi qonunchilikning holati, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi yangi qonunlar qabul qilinayotgani va ularning amal qilinganligidan guvohlik beradi. Ushbu qonunlar yig‘indisi qonunchilikning yangi tarmog‘i ta’lim qonunchiligini tashkil etmoqda. Davlatimizning ta’lim sohasidagi amaliy faoliyatida muhim mustaqil funksiya sifatida namoyon etilmoqda. Ta’limga oid normativ xujjatlar fuqaroning ta’lim olishga oid konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash, ta’lim tizimini huquqiy tartibga olish, moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlash, ta’lim va kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini rivojlantirishga yordam beradi.
Normativ-huquqiy hujjat tushunchasining ta’rifi shu haqida qabul qilingan O‘zbekiston qonunida berilgan. 2012 yil 24 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-342-sonli Qonuni asosida amaldagi (2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan ) “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ushbu yangi tahrirdagi Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirgan. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ - huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki mansabdor shaxslar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha munosabatlarning huquqiy asosi bo‘lganidek, O‘zbekistonda ta’limni, xususan oliy ta’limni yuridik tartibga solishning ham asosiy normativ hujjati sanaladi. Bunda uning ayniqsa 41-moddasi muhim ahamiyatga ega.Referendumda xalqimiz tomonidan muhokamaga qo‘yilgan yangi konstitutsiyamiz loyihasida ham bu borada ancha kengaytirishlar nazarda tutilgan.
Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
Davlat fuqarolarining Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi. Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish xuquqi kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart.
Hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasida ta’limni davlat tomonidan nazorat qiluvchi organlarga quyidagilar kirgan:

  • O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi;

2023 yildan e’tiboran bu yo‘nalishlarda ham strukturaviy va tashkiliy yo‘nalishlarida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Har kimga ( chet el fuqarolariga halqaro shartnomaga muvofiq) bilim olishda teng huquqlar, ushbulardan qat’iy nazar kafolatlanadi:

  • jinsi,

  • tili,

  • yoshi,

  • irqiy mansubligi,

  • milliy mansubligi,

  • e’tiqodi,

  • dinga munosabati,

  • ijtimoiy kelib chiqishi,

  • xizmat turi,

  • ijtimoiy mavqeyi,

  • turar joyi,

  • O‘zbekiston hududida qancha vaqt yashaganligi.

Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar - bu O‘zbekiston fuqaroligiga va boshqa biror davlatning fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxsdir.
Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabrda qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjat 1997 yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan “Ta’lim to‘g‘risida” gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarni almashtiradi.
Yangi qonunning asosiy farqlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytiriladi; ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi, shuningdek, soha vazirliklari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari tavsilotlari aniqlashtirildi;
Uchinchidan, ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomiga ko‘proq e’tibor qaratiladi;
to‘rtinchidan, davlat ta’lim standartlari va talablari, o‘quv jarayoniga o‘quv rejalari va dasturlarini, ta’lim sohasiga eksperemental va innovatsion faoliyat ta’limni joriy etish bilan bog‘liq masalalar tartibga solingan. O‘qishga qabul qilish, jumladan maqsadli qabul qilish mexanizmi bayon etildi;
beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari reglamentlandi.
Shuningdek, mazkur qonun bilan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar belgilangan bo‘lib, ular asosan ta’lim ustivorligining tan olinishi; ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta’lim sohasida kamsitishga yo‘l qo‘ymasligi; ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi; ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik; demokratik xususiyati; ta’limning uzluksizligi; o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy hamda o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi hisoblanadi.
Qonunda ta’limning maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim; oliy ta’lim; oliy ta’limdan keyingi ta’lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta’lim kabi turlari bayon qilingan.
Yuqorida qayd qilingan ta’lim turlaridan biri kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tartibga soluvchi bir qator qoidalar belgilangan. Jumladan, kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarining chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash, va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli ta’lim talablari bilan belgilanadi.
Ushbu qonunning o‘ziga xos xususiyatlari ta’lim sohasiga bir qator yangiliklar kiritilganligida namoyon bo‘ladi. Jumladan, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Shuningdek qonunda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Shu bilan birgalikda, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish bu butun umr davomida o‘qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga olishi, shuningdek rasmiy, norasmiy va informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab olishi bayon etilgan. Bundan tashqari qonunga inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun tta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etadi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarini 2030 yilgacha rivojlantirshning konsepsiyasi ham tashkiliy huquqiy jihatdan katta ahamiyatga ega muhim strategik dasturlardan biridir. 2019 yil 8 oktyabrda qabul qilingan PF-5847-son farmonda ko‘zda tutilgan vazifalarni belgilanishi va qonunni qabul qilinishiga 2019 yil 11 iyulida PQ-4391 son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustivor yo‘nalishlari, vazirlari, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab uchun asos bo‘ladi.
Ushbu hujjatdan kutilgan natijalar katta umidvorlik beradi. Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi., insoniyat fan o‘qi atrofida aylanayotgandek go‘yo Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusidagi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bugungi kunda universitetlarning ta’lim berish faoliyati yanada takomillashtirilib, halqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo‘lmoqda. Yoshlarimiz sog‘lom hamda go‘zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo‘yicha doimiy ish o‘rniga ega bo‘lish, ma’suliyatini o‘z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilayapti va bu jarayonda ta’lim olishni eng asosiy shart sifatida ko‘rmoqda.
Mamlakatimizda 2019 yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda halqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, halqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Prezident Sh.Mirziyoevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi da’vatkor nutqi ham anashunday demokaratik o‘zgarishlar beradi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan ta’lim islohotlari orqali o‘zbekistonda yangi uyg‘onish ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Ayni paytda o‘zbekiston oliy ta’lim sohasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar sharoitida ta’lim va fanni innovatsiyalarga yo‘naltirilgan holda rivojlantirish maqsadlariga to‘la mos keladi. Bu borada yangi ta’limiy paradigmalarni, tadqiqot universitetlari tomonidan olimlar hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni tushunib yetish kerak bo‘ladi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasi sezilarli ijobiy o‘zgarishlar bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi o‘zgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanmoqda, ilmiy ishlanmalar moliyalashtirilib, ijtimoiy qo‘llab quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-o‘qituvchilarning daromadlari ham ortib bormoqda. Innovatsiya yo‘nalishidagi alohida davlat tuzilmalari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarida ham yangi bo‘linmalar ochilmoqda. Bularning hammasi oliy ta’limga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirib, uning sifati hamda darajasini ko‘tarishga xizmat qilishi kerak.
O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bugun yurtimizdagilar uchinchi renessansga erishishni maqsad qilgan ekan, bunday oliy ta’lim integratsiyasiga urg‘u berayotganini faqat qutlashimiz kerak.
O‘zbekistonda Respublikasida oliy ta’limning istiqbollari mutaxassis tayyorlashda dunyoda umumiy tan olingan talablarga rioya qilgan holda sifatni oshirishga yo‘naltirilgan. Bunda xususan, zamonaviy dunyo globalizatsiyasi sharoitida ilmiy-texnik yuksalish va bozor munosabatlari talablarini o‘zida aks ettiruvchi Lissabon Konvensiyasi, Bolonya Dekloratsiyasi va halqaro ta’lim standarti tamoyillariga alohida e’tibor qaratiladi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy sifat ko‘rsatkichlari mehnat bozorida bitiruvchilarga bo‘lgan talab, ularning raqobatbardoshligi darajasini ko‘tarish va malakali kadrlar sifatini yaxshilashdir.Ma’lumki, har bir mamlakatning yuksalishi va rivojlanishi yoki, aksincha, inqirozga yuz tutishi o‘sha mamlakatdagi ta’lim tizimining qay darajada ekanligiga bog‘liq. Hozirda yangilanayotgan o‘zbekiston jamiyatimiz uchun avvalo erkin iqtisodiyot, ijtimoiy siyosiy munosabatlar uchun avvalo shu sifatlarga mos tarzda faoliyat ko‘rsatishga qodir ta’lim tizimi zarur ekanligini yurtimiz istiqlolga erishgan eng dastlabki vaqtlardanoq anglab yetgan hamda shu yo‘nalishda faoliyat boshlangan. O‘zbekistondagi ta’lim islohotlarining o‘ziga xos jihati avvalo shundaki, mazkur sohaga ijtimoiy taraqqiyotning ustivor yo‘nalishi sifatida yondashiladi.
Oliy ta’lim muassasalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tadqiq etish asnosida bu jarayon haqida fikr bildirar ekanmiz, o‘zbekiston oliy ta’limi tizimini tizimli isloh qilishning ustivor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy – ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847 sonli Farmoni asosida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari, xususan, oliy ta’limdagi o‘zgarishlar amalga oshirilayotgan vazifalarning yurtimizning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olinganligidan darak beradi. Eng muhimi, bu islohotlardan kutilayotgan natija Bugungi va yaqin kelajakda-ertangi kunda oliy ta’lim sohasida davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, O‘zbekiston Milliy universitetini hamda Samarqand davlat Universitetlarini mamlakatimizning oliy ta’lim flagmaniga aylantirish, respublikada kamida 10 ta oliy ta’lim maussasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World Universitly Rankings, Times Higher Education yoki Academik Ranking of Worid Universities) reytingining birinchi 1000 o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, jumladan O‘zbekiston Milliy Universiteti va Samarqand davlat Universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish; oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish masalalariga katta e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida boshlangan va olib borilayotgan islohotlarning yana bir o‘ziga xos tomoni shuki, oliy ta’limda ijtimoiy sherikchilikni shakllantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa keyingi ikki yil davomida amalga tadbiq qilingan ayrim faoliyat tahsinga sazavor. Xususan o‘zbekistonda 130 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari faoliyati qaytadan yangicha g‘oya maqsad asosida faoliyat ko‘rsatishga o‘tildi.
Fikrimiz dalili sifatida mamlakatimizning chekka hududi Surxondaryo viloyati misolida to‘xtaladigan bo‘lsak, 2018 yildan buyon viloyatda oliy ta’lim muassasalari soni 7 taga ko‘paydi.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyati aholisi tez o‘sib borayotgan viloyatlar qatoriga kirdi. Agar 2011 yilda viloyatda 2 1000 aholi bo‘lib, o‘rtacha 1 kv. km da 94 kishi zichligini tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bugungi 2017 yilda 2 mln 500 ming kishini va 1 kv.km da 127 ta kishi zichligini tashkil etgan. Bugungi kunda esa aholi 2 mln 694 ming kishini va zichligi 1 kv.km da 130 ta kishini tashkil etmoqda. Viloyat ilgari davlat dotatsiyasi hisobida bo‘lgan. O‘zbekiston sanoatidagi viloyatning ulushi 2017 yilda bori yo‘g‘i 1,2 foizni tashkil etgan. Shu sababli xam 2017 yil PF -3141 farmoni bilan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali ochildi. 2017 yilda dastlabki o‘quv yilida 360 nafar talabalar qabul qilinishi kvotasi belgilandi. O‘tgan qisqa davr oralig‘ida mazkur ochilgan filialda talabalar soni kunduzgi va sirtqi ta’limda birgalikda 6 mingtaga yaqinni tashkil etmoqda. Ularga 200 ga yaqin professor o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda. 2021 yil 3 dekabrdan filial yurtboshimizning farmoniga ko‘ra Termiz muxandislik texnologisi institutiga aylantirildi. Hozirda oliygohda 4ta fakultet va 15 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ta’lim muassasa ilmiy salohiyati 23 foizni tashkil etadi. O‘tkan davr davomida aytishga arzigulik muvaffaqiyatlar ham qo‘lga kiritildi, xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Shu bilan birga bir qator yechimini kutayotgan muammolar ham bor. Xususan ta’lim muassasasining moddiy texnika bazasining nochorligi, yetuk mutaxassasis kadrlarning yetishmasligi va ilmiy salohiyat ko‘rsatkichining pastligi. Surxondaryoga 2021 yilning 1-2 iyun kunlari prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning tashrifidan keyin Muxandistlik-texnologiyalari institutiga aylantirilishi haqida farmon qabul qilindi. Bu juda katta ishonch va imkoniyat hamda shu bilan birga katta ma’suliyat ekanligini oliy ta’lim jamoasi yaxshi his qiladi.
Surxondaryoda yana qisqa vaqt ichida , 2018 yildan bugungi kunga qadar OTM lar soni 7 nafarga yetganligi oliy ta’lim islohotlarining dastlabki samaralaridan biri deb hisoblashimiz mumkin. 2018 yil fevralidagi Prezidentimizning Surxondaryo viloyatiga tashriflari bilan yana 3 ta oliy ta’lim muassasalari filiallari tashkil etildi. Ular Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali, Termiz davlat universiteti qoshidagi Denov filiali. 2020 yildan mizkur filial Denov pedagogika va tadbirkorlik universitetiga aylantirildi. Prezidentimizning 2021 yilgi tashriflaridan so‘ng, Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali alohida institutga aylantirilishiga qaror qabul qilingani ham mazkur oliy ta’lim muassasasi uchun yangi imkoniyatlar debochasi deb aytishimiz mumkin. Bunday misollarni boshqa viloyatlar misolida ham keltirish mumkin.
O‘zbekiston oliy ta’limdagi islohotlarda 2030 yilga qadar bitiruvchilarni oliy ta’limga qamrab olinishi 9 foizdan 50 foizgacha ko‘tarish rejasining birgina Surxondaryo misolida amaldagi isboti deyishimiz mumkin. Xalqaro hamkorlik borasida xam Termizda Afg‘oniston Respublikasi bilan hamkorlik natijasi o‘laroq, Afg‘on yoshlari o‘quv Markazi tashkil etilib faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur oliy ta’lim muasasasida o‘zbek tili o‘qituvchilari va temir yo‘l muhandisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlab berish borasida hamkorlik faoliyati olib borilmoqda.
Yurtimizda oliy ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning yana bir o‘ziga xos jihati ta’lim tizimida milliy ta’lim prinsipini qaror toptirish holatidir. Sababi, o‘tgan davrda xalqimiz ma’naviy hayotidan milliy ta’lim-tarbiya va milliy qadriyatlar olib tashlangan edi.
Qadim-qadimdanoq ilk sivilizatsiya o‘choqlaridan bo‘lgan yurtimizda sun’iy tarzda bu soha rivojiga yo‘l qo‘yilmadi. Faqat taraqqiyotga xizmat qiluvchi va islom bilan bog‘liq ta’lim va tarbiya usulimiz ta’qiqlandi. Shunday bo‘lsada, zamonning og‘ir silsilalaridan eson omon chiqib yashab kelgan o‘ziga xos ta’lim va tarbiya usullarimiz bugungi kunda tiklandi, targ‘ib qilinmoqda, yetakchi professor olimlar tomonida n ta’qiqot ob’ekti sifatida o‘rganilmoqda. Bu albatta, kelajakda o‘z mevasini kutilgan natijasini beradi, albatta. Oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining “Oliy ta’limni rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustivor yo‘nalishlari” deb nomlangan 3-bobida mustaqil ta’lim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil ta’lim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘quv jarayonida kompitensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy qilish, o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish, bu borada o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish masalalarida ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim olishlari va mustaqil ishlash malakalarini uzluksiz oshirish orqali mutaxassislarning zaruriy kompitensiyalarini, ijodiy yaratuvchilik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kundagi ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar talablarini mustaqil fikrlashni rivojlantirish, individual ta’lim troektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. Oliy ta’lim muasasalarida bu vazifani amalga oshirishga bosqichma-bosqich o‘tish rejalashtirilgan.
Bugungi kundagi islohotlarda talabalarning mustaqil ishlashlari ko‘nikmalari va malakasini kuchaytirish, ularda tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish zarur ekanligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. O‘quv jarayonida talabalarda tashkilotchilik qobiliyati, kompitensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar qatoriga kiradi. Uning uchun ham bu yo‘nalishda o‘zbekistonda bir qator ishlar boshlanganki, maqsad kadrlar sifatini oshirishga hamda salohiyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan ta’limni joriy etishdir. Bu talabalarda tadbirkorlik kompitensiyalarini kuchaytirishga qaratilgan uslub va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv jarayonida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari o‘quv uslubiy materiallarni keng joriy etish oliy ta’limdagi bugungi kunning asosiy vazifalaridan biriga aylandi. O‘zbekiston sharoitida oliy ta’limdagi islohotlar jarayonining barcha imkoniyatlariga ko‘ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish, yuqori malakali mutaxassislarni ist’emolchilar talablariga qarab tayyorlashni, talabalarni tanlagan ixtisosligi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirilishi tanlagan ixtisosliklari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o‘rgatilishi ta’minlanishi kerak.
O‘zbekiston 2020 yil 23 sentyabrda “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunning yangi tahririni qabul qildi. Qonunda ko‘zda tutilgan bosh maqsad xam yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shadigan malakali va salohiyatli yoshlarni tarbiyalash. Qolaversa muhtaram prezidentimizning “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori” da har bir oliy ta’lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o‘quv pedagogik faoliyatga master-klasslar o‘tkazishga, malaka oshirish kurslarida xorijlik hamkorlar bilan ishlash, xorijiy ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchilar taklif etish, olimlarni jalb qilish ta’kidlab o‘tilgan.
Hozirgi kunda oliy ta’limdagi ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni jalb etish, yangicha o‘qitish usullarini joriy qilish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash, zamonaviy tashkiliy jihatlarni joriy qilish asosida yanada takomillashtirish asosiy muammolar qatorida va ushbu muammolardan kelib chiqib, oliy ta’limning o‘quv rejasi va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish bosh maqsad bo‘lib qolmoqda.
Bugungi globallashuv sharoitida ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilish, ko‘proq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilg‘or tajribalardan saboq berishning turli yo‘llaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yana bir jihati muhimki, oliy ta’lim tizimida ta’lim olayotgan talabalarning tanlagan kasbiga moyilligi, layoqatlari, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish,ularning tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun fanlarni o‘qitishni samarali tashkil qilishni ta’minlash lozim.
O‘zbekistonda ham har qanday jamiyatda jamiyatda bo‘lgani kabi bozor iqtisodi sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassisilarni tayyorlash asosiy muammo hisoblanadi. Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning sifati va samaradorligini oshirish borasida xam so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar qilindi. Jumladan, tayyorlangan mutaxassislar kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi va faolligi kabi xislatlarini tarkib toptirishga alohida e’tibor berilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida yangilanish va islohotlarni samarali joriy qilishga e’tibor qaratilmoqda.
Jamiyatning barcha jabhalaridagi muammolar, o‘zgarishlar oliy ta’lim muassasalarida talabalarni tayyorlash jarayoniga ham ta’sir qilib yangidan yangi talablarni qo‘yadi. Hozirgi paytda ham nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega, o‘zgarishlarga moslashuvchan, erkin fikrlaydigan kasbiy hamda hayotiy muammolarni mustaqil hal qila oladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega mutaxassislarga extiyoj katta. Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida talabalardan har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlay oladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega shaxs darajasini talab etadi. Bunday talablarning bajarilishi albatta, ularni butun hayoti davomida bilim olishga o‘rgatish orqali ta’minlanadi.
Faol ta’lim sharoitida o‘zlashtirilgan bilim, egallangan ko‘nikma va malakalar mazmunan tizimli va mantiqan tugallangan tarzda shakllantirilib, turli ishlab-chiqarish vaziyatlarda qo‘llanilishiga imkon beradi. Ta’lim oluvchilarni faollashtirish va ularni mustaqil o‘rganish qobiliyatlarin rivojlantirish imkonini beradi.
Oliy ta’limdagi islohotlar jarayonida talabalarning va professor-o‘qituvchilarning mas’ulligini oshirish, islohotlarga dahldorlik hissini kuchaytirish, ta’lim muassasalarini bosqichma – bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazishdir. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida 2030 yilga qadar respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasasining 85%, jumladan, 2020-2021 o‘quv yilining o‘zida 33 ta oliy ta’lim dargohini kredit-modul tizimiga o‘tkazish ko‘rsatib o‘tilgan, hozirda bu ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yildi. Kredit- modul tizimi bu ta’limning tashkil etish jarayoni bo‘lib, o‘qitishning modul texnologiyalarini jamlanmasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi.
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida uni bir butunlikda olib borish serqirra va murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tizimi tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi:
1. talabalarning mustaqil ishlashlarini ta’minlash;

  1. talabalar bilimini reyting asosida baholash ;

Shunday ekan, kredit-modul tizimi dars mashg‘ulotlarini nafaqat o‘qitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish balki, talabadan mustaqil o‘qib-o‘rganish, ta’limga yangicha munosabatda bo‘lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga o‘rgatishdan iboratdir. Mazkur tizim talabi kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo‘naltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta’minlashga qaratilgan hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob beradigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan deb ayta olishimiz mumkin.
O‘zbekistonda mazkur yangi tizimning yo‘lga qo‘yilishi oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi.
Modulli ta’limda tinglovchining o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo‘naltirilgan ob’ekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg‘u ham talabalar bilan individual ishlashga va talabalarninig mustaqil ishlashlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilganligidadir.
O‘zbekiston oliy ta’limi tizimida olib borilayotgan islohotlar samarasi va bu boradagi muammolarga bag‘ishlab 2021 yil 16-iyun kuni prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev videoselektor o‘tkazdi. Unda oliy ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarga atroflicha tahlilar bilan to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, mamlakatda oliy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash masalalaridagi asosiy kamchiliklardan biri sifatida barcha jarayonlarda bozor ehtiyojlaridan kelib chiqib, tashkil etish masalasi oliy ta’lim vazirligi va oliy o‘quv yurtlari rektorlari e’tiboridan chetda qolib kelayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Jumladan, bugungi kunda 815 ta yo‘nalishlarning 55% mehnat bozori talablariga javob bermaydi. Oliygohlarda 2 mingtaga yaqin fanlar bo‘yicha darsliklar bilan ta’minlanmagan. Mavjud o‘quv dasturlar bundan 40 yil avvalgi fan yo‘nalishlari va asosida tuzilgan. Masalan, Toshkent moliya institutida g‘azna ijrosi, pensiya ishi, byudjet hisobi kabi 9 ta mutaxassisiliklar xorijiy oliygohlarda 1 ta moliya yo‘nalishi sifatida o‘qitiladi. Shu bilan birga oliy o‘quv yurtlarida o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish darajasi ham qoniqarli ahvolda o‘tkan yili bor-yo‘g‘i 77 ta oliygoh 5 milliard so‘mlik kitoblarni sotib olgan. Bu o‘rtacha har bir oliygohga 68 million so‘mdan to‘g‘ri keladi. Bu kabi muammolar oliy ta’limning obro‘sini pasayishiga olib kelmoqda. Xususan, o‘tkazilgan so‘rovlarda aholining 65 foizi oliy ta’limda olib borilayotgan islohatlar natijasini sezilmayotganligi haqidagi fikrni bildirganlar. Shu bois, davlatimiz rahbari sohadagi rahbarlar barcha kuch va resurslarni quyidagi 4 ta asosiy ustivor vazifalarni hal etishga qaratishlari lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Ular :

  1. Oliygohlarning boshqaruv kengashlari rolini oshirish va kafedralar vakolatini kengaytirish;

  2. Ta’lim jarayonini bozor talablariga moslashtirib, ishlab chiqarish bilan uzviyligini ta’minlash, talabalarning o‘z ustida ishlashlari uchun muhit va sharoit yaratish, oliygohlar talabani o‘qishga qabul qilganida avvalo ularni kelajakda qaerga ishga yuborish, buning uchun ish beruvchi bilan 10 yillik shartnomaga ega bo‘lishlari kerak bo‘lgan;

  3. Oliygohlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;

  4. Professor-o‘qituvchi va talabalar uchun qog‘ozbozlikni kamaytirish, sohani raqamlashtirish orqali byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish;

Bu borada xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatov ham so‘zga chiqib xalq ta’limida bunday qog‘ozbozlik 70 foizga kamayganligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Prezidenti oliy ta’limda ham qog‘ozbozlikni kamaytirish vaqti kelganligini qayd etib o‘tdi. Yig‘ilishda mazkur masalani uddalash uchun eng avvalo boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish vakolati oliy ta’lim muassasalariga berilishi bu faqat taraqqiyotga xizmat qiluvchi tizimdir. Yana oliy ta’lim rektorlariga kafedralar huzurida extiyojlarini o‘rtasida uzulish katta ekanligi tanqid qilindi.
Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasida 40 mingta bo‘sh ish o‘rinlari borligi, sanoatda esa 38 mingta , qurulishda 12 mingta, qishloq xo‘jaligida 10 mingta, aloqa va axborot texnologiyalarida 4 mingta oliy ma’lumot talab etadigan bo‘sh o‘rinlar borligi ta’kidlandi. Lekin bitiruvchilar son jihatidan ham, malaka talabi bo‘yicha ham talabni qondiri olmaydi. Agar 20 yil avvalgi vaziyatga qaytib xotirlaydigan bo‘lsak, 2001 yilda yilda ilk bor oliy ta’limdagi standartlar qabul qilindi va shu standartlar faoliyat mezoni asosida ishlar tashkil etildi va olib borilmoqda.
Lekin u davrda ta’lim xalqaro standartlari ikki marta yangidan qabul qilindi. Ayrim o‘quv dargohlari zamon va bozor talablariga emas, balki professor-o‘qituvchilarga moslashganligi tanqid qilindi.
Ba’zan esa talabalarning o‘z yo‘nalishlariga dahldor bo‘lmagan fanlar bilan shug‘ullanishi achinarli holatdir. Shu bois oliy ta’limdagi mutasaddilarga Davlat ta’lim standartlarini halqaro standartlarga moslashtirish, barcha oliy ta’lim muassasalarida kredit – modul tizimiga o‘tish bo‘yicha topshiriqlar berildi. O‘qitilayotgan fanlarni mazmunan qayta ko‘rib chiqish, ortiqcha takrorlanishlarni qisqartirish, bo‘shagan dars soatlarini mutaxassislik fanlarga berish hamda talabalarning mustaqil ilmiy izlanishlari uchun imkoniyat yaratish kerakligi ta’kidlandi.
Oliy ma’lumot talab qiladigan kasblarni optimallashtirib, iqtisodiy tarmoqlar uchun zarar yangi kasblar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumki, xalqaro tajribada ilmiy salohiyati 70 % dan kam bo‘lsa bunday universitet nufuzli hisoblanmaydi. Yurtimizda bu ko‘rsatkich juda past. Bu boradagi muammolar xususida yurtboshimizning ta’kidlashicha, 24 ta oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati 25 % ga ham bormaydi. Shularning 19 tasida birorta professor, va fan doktori yo‘q. So‘nggi 30 yil ichida atigi 208 nafar professor-o‘qituvchilar xorijda ilmiy daraja olgan. Shu bois kelgusi yildan boshlab doktorantlarga ajratiladigan kvotalar 2 baravar ko‘payishi, keyingi yillarda esa yana har yiliga 50 % dan oshirilishi haqida prezident ko‘rsatma berdi.
Buning uchun har yili davlat byudjetidan qo‘shimcha 100 milliard so‘m ajratish belgilandi. Bundan tashqari har bir tarmoq, o‘z sohasiga taalluqli oliygohlarga doktorantlar kvotalari uchun yana 10 milliard so‘m ajratadi. Horijiy davlatlardan o‘quv va ilmiy adabiyotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish, oliy ta’lim muassasasi fondidagi 4 millionga yaqin adabiyotlarni elektron shaklga o‘tkazish zarurligi ta’kidlanib o‘tildi. Barcha kutubxonalarni yagona tizimga ulab talaba va tadqiqotchilar uchun tunu kun foydalanish imkoniyatini yaratish, plagiatni bartaraf qiladigan axborot tizimini dasturlarini joriy etish vazifasini qo‘ydi. Oliy ta’lim muassasalarida byurokratiya va korrupsiya xavfi ko‘pligi, bularga chek qo‘yish uchun o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishni to‘liq raqamlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Yana oliy ta’lim vazirligi ta’lim yo‘nalishlari va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash, oliy o‘quv yurtlari boshqaruviga malakali kadrlarni jamlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Prezidentimiz o‘tkazgan videoselektorda shu narsa alohida ta’kidlab o‘tildiki, bu sohada islohotlar olib borilayotgan bo‘lishiga qaramay, o‘zgarishlar sust, xali sezilmayapti.
Olib borilayotgan islohotlarning yana bir o‘ziga xos tomoni shundaki, endilikda oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan kafedralarda ilmiy tadqiqot markazlari tashkil etish, ularni o‘quv laboratoriya jihozlari va zaruriy texnika bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Har bir kafedraning tarmoq korxonalari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning korxonalarda ilmiy tadqiqot o‘tkazishiga sharoit yaratish zarurligi ta’kidlandi. Endilikda kafedralarning faoliyati ularning ilmiy salohiyati va yoshlarni seleksiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko‘rsatkichlariga qarab baholanadi. Buning uchun kafedra a’zolarining xorijdagi nufuzli xorijiy jurnalarda ilmiy maqolalar chiqarishlari zarurligi yana bir karra eslatildi. Shuningdek, har bir kafedraning 1 nafardan olimlarini chet mamlakatlarga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yilishi ta’kidlab o‘tishdi.
Bugungi oliy ta’limdagi muammolardan biri, talabalarning yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlash samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasasining moddiy texnika bazasini yaxshilash muammolariga e’tibor qaratilishi zarur. Bugun O‘zbekistonda 60 mingdan ortiq talabaning turar joy masalasi oliy ta’lim vazirligi harakati bilan davlat byudjetidan 50 milliard so‘m to‘lab berildi.
Bugungi kunda qo‘shimcha 149 ming talabalar turar joyga muhtojligini bilsak, bu muammoni hal qilishning yana bir yo‘li mavjud ekanki, talabalarning ijara harajatlarini to‘lovining 50 foizi dalat byudjeti hisobidan qoplab berildi. Oliy ta’limdagi shiorga murojaat qilsak, - Tadbirkorlik uchun – kafolatli mijoz, biznes uchun katta bozor, talaba uchun arzon va qulay sharoit, mablag‘larni tejash, ularni ta’lim sifatini oshirish uchun yo‘naltirishga katta imkoniyat ochib berildi.
O‘tgan 7 yil ichida magistratura 7 baravarga ko‘paydi. Hozirda 137 ta oliy ta’lim massasasida 31 ming atrofida professor – o‘qituvchilar mehnat qilib kelmoqda. Magistraturada esa 31 mingdan ortiq magistrlar o‘qimoqda. Bu yilgi magistrlarning o‘qishga davlat test markazi orqali qabul qilinishi tartibining rejalashtirilayotganligi ham yaxshi yangilik. Oliy ta’lim vazirining ta’kidlashicha, bunday tizimni yo‘lga qo‘yilishi magistraturaga qabul jarayonlarida adolat mezonining qaror toptirishga xizmat qiladi hamda korrupsiyaning oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yana bir o‘ziga xos jihati aholining daromadlari holatini, hamda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manfaatlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan davlat siyosatidir. Agar ilk bor o‘tgan 2020 yilda 950 nafar qizlarga imtiyoz asosida o‘qishga qabul qilish amalga oshirilgan bo‘lsa, mazkur yilda bu ko‘rsatkich 2000 tani tashkil etishligini muhtaram prezidentimiz 2020 yil Oliy Majlisga Murojaatnomasida ko‘rsatib o‘tgan edi.
O‘zbekistonda har yilga nom beriladi va shu bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinadi. Dasturlarda yoshlar masalasiga albatta, katta e’tibor qaratiladi. Bu o‘rnak olsak arziydigan amaliyotdir. 2021 yil Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yili va aholi salomatligini mustahkamlash yili deb nomlandi. Bu yilda yoshlar uchun imtihonlarda eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abiturientga o‘zbekiston respublikasi Prezidentining granti joriy etiladi. Ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalarga davlatimiz tomonidan ta’lim kriditi beriladi. Ehtiyojmand oilalarning farzandlari bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat grantlari soni 2 baravar oshirildi. Bu ham mamlakatimizda islohotlarning o‘ziga xos jihatlari va ta’limni isloh qilishdagi liberallashuv ijtimoiy ustuvorlikda kechayotganidan darak beradi. Shubhasiz, bu aholining muhtoj qatlamlarini keng qo‘llab – quvvatlash, balki ta’limda “imkonsizlik” degan ramkani buzish, barchaga teng sharoit yaratish orqali salohiyatli kadrlar kontingentini mustahkamlash, sog‘lom raqobatga asoslangan puxta intelektual baza bilan kelajakka kirib borishni anglatadi. Ayniqsa, joriy yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilinishi hamda bu borada davlat dasturini qabul qilinganligi oliy ta’lim oldiga ham muhim va bajarilishi zarur bo‘lgan yangi vazifalarni qo‘ydi.
Bugun islohotlar samarasi o‘laroq, 2021 yildan e’tiboran oliy ta’lim tizimida yana bir yangilik yo‘lga qo‘yildi. Bu avvalo oliygohlarni mahallalarga va o‘zlashtirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan umumiy ta’lim o‘rta maktablarga biriktirish tajribasidir. Bu yurtga, mahallaga, odamlar hayotiga dahldorlik tuyg‘usidir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev raisligida 2021 yil 13 aprelda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligi masalasi tahlil qilinar ekan, har bir oliy o‘quv yurti yon atrofidagi mahallalar uchun ma’naviyat markazi, ma’rifat o‘chog‘i bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Bu boradagi faoliyat tanqid qilindi. Chunki yurtimizda “Bir mahallaga bir ziyoli-ma’naviy hamkor” tamoyili asosida mahallalarda oliy ta’lim professor-o‘qituvchilarining faoliyat olib borishlari yo‘lga qo‘yildi. Bundan maqsad keng jamoatchilik orasida mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini va maqsadini tushuntirish, targ‘ib qilishdir. Bu o‘z navbatida oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga ishonch va ma’suliyatdir.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib, bizning oliygohimiz bugungi kunda 10 ta mahalla fuqarolar yig‘ini va 13 ta maktabda yangilanayotgan O‘zbekistonning bugungi taraqqiyot yo‘li xususida faoliyat olib bormoqda, professor-o‘qituvchilarimiz hafta davomida biriktirilgan maktablarga zoom orqali va bevosita maktablarga borib 6 ta fandan 15 ta yo‘nalish bo‘yicha darslar o‘tish tartibini tashkil etildi. Bu yaxshi tajriba o‘z samarasini berishidan umidvormiz. Zero, maktab o‘quvchilari orasida olib borilayotgan bunday faoliyat ularni sohadagi islohotlardan xabardor qilib borish kelajak uchun kiritilgan muhim ma’naviy sarmoyadir. Maktablarga yana byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan kompyuter va bad’iy kitoblar, o‘quv adabiyotlari sovg‘a qilindi. Mahallalardagi uyushmagan yoshlar bilan alohida reja asosida faoliyat olib borilmoqda. Maqsad ularni sotsiallashtirishga ko‘mak berish va kasb - hunarga o‘rgatishdir.
2019-yil 8 oktyabrda qabul qilingan Oliy ta’lim muassasalarini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida O‘zbekistonning xalqaro doiradagi xamkorligi istiqbollari va undan kutilayotgan natijadorlik haqida gap ketganida avvalo shuni ta’kidlashimiz zarurki, azaldan yurtimizga boshqa mintaqalardan, boshqa uzoq va yaqin yurtlardan ilm istab, ma’rifat olish ilinjida kelganlar ko‘p bo‘lganligi tarixiy ma’lumotlardan ma’lum. Xususan, o‘sha davrlardagi oliy ta’limni ifodalagan madrasalar ta’lim tizimida o‘rganilgan diniy va dunyoviy fanlar deyarli bir xil hajmda bo‘lgan. Ayniqsa, matematika, geologiya, astronomiya, tabiiy fanlar sohasidagi ilm o‘rgatish tajribasini boshqa xalqlar e’tirof etgan edilarki, yaxshi ezgu niyatlarda va farzandlarinin ilmli bo‘lishi umidvorligida madrasalarda ta’lim olishga harakat qilganlar. Bu o‘z navbatida mamlakatlararo munosabatlar rivojiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi, aloqalarni mustahkamladi. Ammo iste’dod davrida xalqimizning ilm-fan sohasi ham zalolatga yuz tutdi, xonliklar davrida o‘zaro urishlardan jafo chekkan bo‘lsa, sobiq sovetlar davriga kelib, milliy tarbiya va dunyoviy ilm beruvchi oliy ta’lim muassasalari hisoblangan madrasalar yopildi. Xalq dorulfununlari hamda maktablari madrasa ta’limidagi dars o‘tish jarayonlari qoloqlik va eskilik namunasi deya qoralandi. Madrasa ta’limi rad etilib, bunday milliy ta’lim sistemasi butunlay yo‘q qilinib mavjud oliy ta’lim beruvchi madrasalar “sxolastika maktabi” deya qoralandi.
O‘tgan asrning 20 yillaridan boshlab oliy ta’lim tizim-madrasalar faoliyati butunlay to‘xtatildi.
Sobiq sovetlar davriga kelib esa milliy an’analar va milliy urf-odatlar butunlay yo‘q qilinib uning o‘rnida sovet tuzumiga va mafkurasiga xizmat qiluvchi oliy ta’lim dargohlari paydo bo‘ldi. Bunday ta’lim tizimi mavjud siyosatning qo‘g‘irchog‘i edi. O‘sha davr oliy ta’lim programmalari va o‘quv dasturlari partiyaviylik va sinfiylik yondashuvlaridan holi emas edi.
Xalqimiz o‘z istiqlolini qabul qilgan dastlabki og‘ir yillardanoq ta’lim sohasining barcha tizimi qatori oliy ta’limda ham tub burilishlar va yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
Ana shunday imkoniyatlardan biri oliy ta’lim sohasida xalqaro xamkorlikni boshlash imkoniyati paydo bo‘ldi.
Eng muhimi xorijiy mamlakatlar oliy ta’lim tizimida mavjud ilg‘or jihatlarni o‘rganish, xamkorlik qilish boshlandi.
Agar 1991 yilda O‘zbekistonda 77 ta oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘tgan davr ichida yana 60 taga ko‘paydi. Eng quvonarlisi, hozirga kelib nodavlat va notijorat,xususiy universitetlar va boshqa yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari, 26 ta chet mamlakatlar bilan tuzilgan shartnoma asosidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 16 ta oliy ta’lim muassasasi Rossiya davlati oliygohlari hisoblanadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, O‘zbekiston oliy ta’lim sohasidagi islohotlarida xalqaro hamkorlik masalalariga alohida ahamiyat berib kelmoqda.
Buni Rossiya davlati bilan olib borilayotgan hamkorlik misolida ko‘rish mumkin. Rossiya bilan hamkorlik kengayib borayotgan ma’rifiy munosabatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
Bugun biz ochiqcha tan olishimiz kerakki, 2016 yilgacha oliy ta’lim jabhasidagi aloqalar bir joyda depsinib, aloqalar deyarli to‘xtab qolgan edi. Aynan bundan 5 yil, avvaldan boshlab esa oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikda butunlay yangi mutloqo yangi bosqich start oldi. O‘zaro integratsiya jonlandi va o‘rtacha sur’at darajasi shiddatga aylandi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning 16 ta oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyat yuritayotgani ham shundan dalolat beradi. Vaholanki, 2016 yilgacha ularning soni boru yo‘g‘i to‘rtta edi. Ayni paytda Toshkent shahridagi M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, G. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, D.I.Mendelev nomidagi Rossiya kimyo texnologiya universiteti, Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi, Olmaliq Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti-MiSiS, Samarqandda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti, Astraxan viloyatida davlat texnika universiteti filiallari faoliyat yuritmoqda.
Qolaversa, Moskva shahridagi yadro tadqiqotlari, muhandislik-fizika sohasiga oid institutlarda o‘zbekistonlik talabalar uchun “Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi” hamda yadro fizikasi va texnologiyalarni mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Men faoliyat olib borayotgan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali xam Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasidagi UFA texnologiyalar instituti Oktyabrsk filiali bilan 2018 yildan buyon hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Oxirgi amalga oshirgan ilmiy yo‘nalishdagi hamkorligimiz - birgalakda Zamonaviy ta’limda texnika va texnologiyalar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konfrensiya tashkil etilib o‘tkazildi. Har ikkala tomon hamkorlik memorandumi asosida tajriba almashish, xamkorlikda o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, Toshkent shahrida kinomatografiya sohasining malakali kadrlarini tayyorlash bo‘yicha S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinomatografiya instituti qo‘shma fakulteti tashkil etildi.
Bularning barchasi ikki davlat rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarning samarasidir. Rossiya oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi filiallarini tashkil etish va tartibga solish bo‘yicha hukumatlararo komissiya bitimi aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, o‘zbekiston va rossiya oliy ta’lim tizimidagi o‘zaro kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlash bo‘yicha yakuniy rezolyusiya qabul qilindi. Bu ham sohada o‘zaro sherikchilik yo‘lga qo‘yilganidan dalolatdir.
2020 yilda onlayn formatda ikki davlat rektorlarining mintaqalararo konferensiyasining o‘tkazilishi bu yo‘ldagi sa’y harakatlarning mantiqiy davomiga aylandi.
Rossiyada tahsil olayotgan talabalar soni ortib borayotgani, ularning soni 30 mingdan oshganini ham mamnuniyat bilan qayd etishimiz kerak.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi oliy ta’lim integratsiyasida Ural davlat iqtisodiyot universiteti ham faol ishtirok etmoqda. Chunonchi, iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgandir.
Xususan, 2021 yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi Toshkentda “INNOPROM” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda qo‘shma ta’lim dasturini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim talabalari va professor olimlari ham ishtirok etdilar.O‘tkazilgan ochiq muloqotda O‘zbekiston yoshlarining bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi va hozirjavobligi tashrif buyurgan mehmonlarni quvontirdi.
Bu ko‘rgazmada ishtirok etgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rahbariyati esa bakalavriat dasturi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari, magistrlik dasturlari, talabalr almashinuvi, qo‘shma darsliklar va ilmiy maqolalar nashr etish, shuningdek, tadqiqot faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Rossiya-O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida 2020-2022 o‘quv yillari uchun bakalavriyat dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishib olingan edi.Hozirda mazkur ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘z navbatida o‘tgan oyda Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan IX-Yevroosiy iqtisodiy yoshlar forumida O‘zbekistondagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ham ishtirok etishdi.
Umuman olganda, forum doirasida Yevrosiyoning oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari, yirik sanoat kompaniyalari, mahalliy va halqaro biznes uyushmalari, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy xalqaro yoshlar tashkilotlari qamrab olindi. Mazkur anjumanda o‘tkazilgan xalqaro hamkorlik, ta’lim sohalarida davlatlararo muloqotlar, ilm-fan, madaniyat, zamonaviy ilmiy ta’lim makonining global modelini yaratish g‘oyalarini shakllantirish, ilmiy diplomatiyaning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Forum yosh olimlar hamda talabalar uchun o‘zlari tanlagan kasbga qiziqishni kuchaytirdi, tanlagan kasbiga qiziqishini oshirdi, iqtidorlilarni aniqlash, tadqiqot, ma’muriy ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati, kadrlar tayyorlash bo‘yicha kelishuv imzolandi.
O‘z navbatida o‘tgan 2021 yil aprelida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan IX Yevroosiyo iqtisodiy yoshlar forumida ko‘plab shartnomalarni universitetlar imzoladi. Forum doirasida Yevroosiyoning oliy o‘quv yurtlari ilmiy markazlari, yirik sanoat kompaniyalari, mahalliy va xalqaro biznes uyushmalari, dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida faoliyat yuritmoqda. Seminarda xalqaro xamkorlik, ta’lim sohalarida davlatlararo munosabatlar muloqotlar ilm-fan madaniyat, innovatsion ta’lim makonining global modelini yaratish g‘oyalarini shakllantirish, ilmiy diplomatiyaning dolzarb masalalari muhakama qilindi. Forum yosh olimlar va talabalar uchun tanlagan kasbiga qiziqishni oshirish, iqtidorlarni aniqlash, tadqiqot, ma’muriy ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar salohiyatini yaratish maydoniga aylandi.
Anjumanda O‘zbekiston vakillari ham faol ishtirok etib, ta’lim integratsiyasi sohasida o‘zlarining konstruktiv takliflarini bildirdi. Bunda yetakchi OTM larning olimlaridan M.Eshov, G. Qalandarova kabilar zamonaviy sharoitda yuqori malakali iqtisodiy kadrlarni tayyorlash, bunda xalkaro aloqalarning o‘rniga ma’ruzalari forum qatnashchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Unda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining xalqaro xamkorlik faoliyati yagona ta’lim makonini ochishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirda BMT ning ishtiroki, uning nufuzi, qamrovi oshib borayotganidan dalolatdir. Shu ma’noda qulay va xavfsiz dunyoni qurish uchun 2030 yilgacha barqaror rivojlanish konsepsiyasiga kiritilgan maqsadlarni amalga oshirishda bunday forumlarning o‘tkazilib turishi nihoyatda muhimdir.
Yosh olimlar va talabalarni bir platformada jamlash o‘zaro hamdo‘stlik va hamjihatlikda taraqqiyotga erishish, koronavirus inqirozini yengib o‘tishning murosali usulidir.
Forum doirasida uyushtirilgan tanlovlarda oliy o‘quv yurtlaridan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va UrDIU qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi talabalari ham g‘oliblar o‘rin olganini alohida e’tirof etishimiz joizdir. Ayni chog‘da ko‘pgina universitetlar ilmiy Kengashi qarori bilan olim va professorlarning ko‘plari xamkorlik qilinayotgan oliy ta’lim muassasalarining faxriy professorlari unvonlar bilan taqdirlandi.
Bu kabi hamkorlik uchrashuvlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, ilmiy-ma’rifiy hamkorlik hamda tadqiqotchi kadrlar tayyorlashning muhim muhim yo‘nalishlari yana bir bor tahlil qilindi.
Mamlakatimiz aksariyat oliy o‘quv yurtlari kabi bizning oliygohimizda ham chet xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Belarussiya, Rossiya federatsiyasidagi bir qator oliygohlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Hamkorlik doirasida o‘zaro tashriflar va talaba almashinuvi, onlayn darslar tashkil etildi, seminar va vebinarlar uyushtirildi. 2+2 dasturi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha memorandumlar imzolandi, tashriflar uyushtirilmoqda. Albatta hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, rejalar bisyor. Barchasini bosqichma-bosqich amalga oshirish zarur. Davlatimiz rahbari tomonidan bizning oldimizga qo‘yilayotgan vazifalarni bajarish oliy ta’limda olib borilayotgan islohotlarga hissa qo‘shish demakdir.
Xamkorlik borasidagi fikrlarimizni xulosalab aytishimiz mumkinki, o‘zbekistonimiz oliy ta’lim tizimidagi tub islohotlar rossiya va boshqa davlatlar bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalarimizga ijobiy ta’sir qilmoqda. O‘zaro rishtalar qanchalik mustahkam bo‘lsa, fikrlar, g‘oyalar, va innovatsiyalar shu qadar tezlashadi. Binobarin, o‘zbekiston uchinchi renessansga erishishni maqsad qilgan ekan, bunda oliy ta’lim integratsiyasiga faqat va faqat qutlash mumkin.
Demak, bugungi oliy ta’limda olib borilayotgan islohotlar negizida ta’lim oluvchining ongliligi va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish uchun o‘qitish jarayonini shunday tashkil etish lozimki, bunda talabalar ilmiy bilimlari va ularni amalda qo‘llash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va o‘quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq texnikasini rivojlantirishga xizmat qilishini ta’minlashga e’tibor qaratish, oliy ta’lim sohasida muvaffaqiyatga erishgan novator professor-o‘qituvchilarni faoliyatlarini ommalashtirish, tajriba almashish ishlarini yo‘lga qo‘yish, bugungi raqamli iqtisodiyot davrida talabalarning o‘z sohalari bo‘yicha ta’limga oid ma’lumotlarini zamon talabi asosida shakllantirish va rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish, olib borilayotgan hamkorlik aloqalarini yanada yangi pog‘onaga ko‘tarish, talabalarning va oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritib kelayotgan professor-o‘qituvchilarning tashkilotchilik qobiliyatini rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish darkor.
Yuqorida sanab o‘tilgan fikrlarga asoslangan holda shuni aytishimiz mumkinki, oliy ta’lim muassasalarida islohotlarni amalga oshirishda tizimli va aniq manzilli ishlarni yo‘lga qo‘yish, malakali kadrlar tayyorlash, ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda o‘z o‘rnini topa olish malakasiga ega bo‘lgan istiqbolli vazifalarni qo‘yish va hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga asos bo‘ladi.
Oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’lim tizimining invistitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilish va oliy ta’limdagi raqobatbardoshlikni ta’minlash bosh maqsadlarimizdan biridir. Respublikamizdagi ta’lim yo‘nalishlari unda o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim muassasalarini mamlakat yalpi ichki maxsulotini oshishidagi ishtirokini ta’minlash va mamlakat ijobiy xalqaro imidjini shakllantirishdagi rolini oshirish, respublika oliy ta’limini xalqaro ta’lim standartlari bilan uyg‘unlashtirib, ilg‘or xorijiy tajribani chuqur o‘rganish va tahlil qilish asosida ta’lim dasturlarini jaxonda tan olingan xalqaro standartlar talablariga moslashtirish bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish, ta’lim xorijiy tilda olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini, fakultetlar salmog‘ini oshirib borish, ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bo‘yicha ta’lim sohasida xamkorlikni kengaytirish va ularning me’yoriy xuquqiy bazasini takomillashtirib borish, mamlakatimiz ta’lim jozibadorligini targ‘ib qiluvchi maxsus veb portal yaratish va uni oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha batafsil va ishonchli ma’lumotlar bilan to‘ldirish, oliy ta’lim muassasalarida xalqaro olimpiadalar, ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etish kabi bir qator muhim masalalarni amalga oshirish rejalarimiz bor.
XULOSA
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim istiqbollarini belgilash va malakali mutaxassislar tayyorlashda tan olingan talablarga rioya qilgan holda ta’lim sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.
Bunda, xususan, zamonaviy dunyo globalizatsiyasi sharoitida ilmiy-texnik yuksalish va bozor munosabatlari talablarini o‘zida aks ettiriruvchi Lissabon konvensiyasi, Bolonya Dekloratsiyasi, xalqaro ta’lim tavsiflagichi tamoyillariga alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kunda mutaxassislarning kasbiy faoliyatga tayyorlashning asosiy sifat ko‘rsatkichlari mehnat bozorida bitiruvchilarga bo‘lgan talab, ularning raqobatbardoshligi va kasbiy faoliyatidagi yutuqlari hisoblanadi.
Oliy ta’lim tizimi o‘z tabiatiga ko‘ra, taraqqiyotning oldingi saflarida boruvchi mexanizm sifatida zamonaviy dunyodagi dinamik o‘zgarishlarga o‘z vaqtida javob qaytarishi, iqtisodiy o‘sish va ilg‘or tuzilmaviy o‘zgarishlar jarayonini kadrlar bilan ta’minlashi zarur.
So‘nggi yillarda dunyo ta’limidagi integratsion jarayonlarning jadallashuvi bilan talaba yoshlarning mobilligini oshirish uchun sharoit yaratish, dunyo universitetlari bo‘ylab xarakatlanishdagi to‘siqlarni yo‘qotish zaruriyati haqli ravishda yuzaga keldi.
Milliy ta’lim tizimini dunyo ta’lim muhitiga integratsiyalash doirasida o‘zbekiston respublikasi hukumati, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimimizning Bolonya jarayonlariga har taraflama mukammal tarzda o‘tishini ta’minlash borasida strategik ishlab chiqildi.
Mazkur jarayonlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib, shu konsepsiyada ta’lim jarayonining xalqaro miqyosda shaffof bo‘lishiga erishish, milliy ta’lim tizimining dunyoning xoxlagan boshqa ta’lim tizimlari bilan mosligini ta’minlash, dunyoning yetakchi universitetlari safidan o‘rin olish g‘oyalariga yo‘naltirilgan.

Download 449.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling