Nikel olish Texnologiyasi


Download 1.86 Mb.
bet3/5
Sana19.06.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1619883
1   2   3   4   5
Bog'liq
piro nikel

CaS + FeO = FeS + SaO

  • Gips piritga nisbatan arzonroqdir va temirli toshqol hosil qilmaydi, shuning uchun ham uni ishlatish afzalroqdir.Gips yoki pirit bilan eritilgan nikelli shteyn 60 % temirni o‘z miq­doriga kiritadi. Temirli shteynni konverterda qayta ishlash dav­ri­da temir alohida ajratiladi.
  • Konvertorlash davrida temir tanlab oksidlanadi va qo‘shimcha beril­gan kvars bilan toshqol fazasiga o‘tadi. Temirdan ajralgan nikel­lishteyn faynshteyn deb ataladi. Bu nikelni oq shteyn deb nomlash ham mumkin.
  • Oq shteyn keyingi bosqichda kuydiriladi:

  • 2Ni3S2 + 7O2 = 6NiO + 4SO2
  •  Nikelning oksidi tiklovchi modda bilan aralashtirilib, elektr pechida 15000Cda eritiladi va erkin suyuq nikel olinadi.
  • Konverter toshqoli nikelga boy aylanuvchi modda hisoblanib, qaytadan eritish pechiga yuklanadi.

Nikel olish Texnologiyasi

Oksidlangan nikel rudalarini qayta ishlash

Gidrometallurgik usul

  • Gidrometallurgik usul o‘z vaqtida Kuba usuli deb nomlangan. Bu usulda yanchilgan ruda qaytarish jarayoniga yuboriladi: 600–700⁰C nikel va kobalt metall holatigacha, temir esa faqat FeO shaklgacha tiklanadi. Keyin ruda ammiak bilan eritiladi.
  • 2Ni+12NH3+2CO2+O2=2Ni(NH3)6CO3

  • Eritma tozalangach, u issiq bug‘ yordamida qayta ishlanadi:
  • 2Ni(NH3)6CO3+H2O=NiCO3·Ni(OH)2+CO2+12NH3 

  • Cho‘kmani kuydirib,nikel oksidi NiO olinadi, gazlarning tarki­bi­da NH3va CO2bo‘lganligi sababli, ularni tanlab eritishga qayta­dan yuboriladi. NiO esa erkin holatigacha tiklanadi yoki shunday holat­da po‘lat eritishzavodlariga qo‘shimcha xomashyo sifa­tida jo‘natiladi.

Nikel olish Texnologiyasi

Sulfidli nikel rudalarini qayta ishlash (Pirometallurgik usul)

  • Agar rudalarda mis va nikelning yig‘indisi 4–5 % dan ko‘p bo‘l­sa, bu boy xomashyo hisoblanib, ularni bevosita qayta ishlash uchun jarayonga yuboriladi. Tarkibida nikel va misi kam bo‘lgan rudalar magnit usuli yoki flotatsiya yo‘li bilan boyitiladi.
  • Ruda va boyitmalar deyarli bir xil minerallarga ega, shuning uchun ularga o‘xshash, deyarli bir xil texnologik jarayonlar ishlati­lishi mumkin.
  • Qizdirish davrida, suyuq holatga o‘tishdan oldin, 400–600⁰C larda xalkopirit va nikelli minerallar quyidagi kimyoviy reaksiyalar orqali quyidagi reaksiyalar orqali parchalanadi:

  • Download 1.86 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling