Reja - Reja
- 1. Nomlanishi
- 3. Fizik kimyoviy xossalari
- 4. Vakillari
Azot atomi bevosita uglerod atomi bilan bog‘langan nitrogruppa —NO2 tutgan organik moddalar nitrobirikmalar deyiladi. - Azot atomi bevosita uglerod atomi bilan bog‘langan nitrogruppa —NO2 tutgan organik moddalar nitrobirikmalar deyiladi.
- Ularni uglevodorodlardagi vodorod atomi o‘rnini nitro- gruppa olishidan hosil bo’lgan moddalar deyish mumkin. Nitrogruppalar soniga ko‘ra mono-, di- va polinitrobirikmalar bo‘ladi. Nitrobirikmalarning nomi boshlang’ich uglevodorodlar nomiga “nitro” old qo’shimchasi qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi. Masalan:
- CH3NO2 — nitrometan
- C6H5NO2 — nitrobenzol
CH3—CH2—CH2—CH(NO2)—CH3 — 2-nitropentan - CH3—CH2—CH2—CH(NO2)—CH3 — 2-nitropentan
- Bu birikmalarning umumiy formulasi R—NO2. Yuqorida ta’riflanganidek nitrobirikmalarda nitrogruppaning azot atomi uglerod atomi bilan bevosita bog’langan. Shuning uchun dinitroglikol, nitroglitserin va sellyuloza trinitratini, ularning tarkibida — NO2 gruppa borligiga qaramay, nitrobirikmalar jumlasiga kiritib bo’lmaydi. “Dinitroglikol”, “nitroglitserin” degan nomlar noto‘g‘ri: haqiqatda esa bular nitrat kislotaning murakkab efirlari bo’lib ularda nitrogruppaning azot atomi uglerod bilan kislorod atomi orqali (—C—O—NO2) bog’labgan.
- Nitrobirikmalar olinishi
- Asosan nitrolash reaksiyalariga asoslangan. Organik modda molekulasiga nitrogruppa kiritish nitrolash deyiladi. Nitrolash konsentrlangan nitrat kislota bilan sulfat kislotadan (birinchisi nitrolovchi agent, ikkinchisi suvni tortib oluvchi vosita) iborat nitrorlovchi aralashma vositasida amalga oshiriladi.
Nitrolash — nitrobirikmalar olishning asosiy usulidir. Aromatik uglevodorodlar va ulaming hosilalari eng oson nitrolanadi. Masalan: - Nitrolash — nitrobirikmalar olishning asosiy usulidir. Aromatik uglevodorodlar va ulaming hosilalari eng oson nitrolanadi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |