Niyozov Qahramon Adashaliyevich
Qiyoslashga asoslangan baholash
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
Qiyoslashga asoslangan baholash - nisbiy baholash shakli bo`lib, u yuqorida bayon
qilingan mezonga asoslangan baholashdan so`ng, uning natijalari asosida baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo`lga kiritgan natijalarini o`zaro taqqoslash orqali o`lchashdan iborat. Bu baholash shakli ham ikki boshichdan iborat bo`lib, birinchi bosqichda baholanuvchinichg erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu natijalar o`zaro taqqoslash orqali o`lchanadi. Afzalligi O`qiituvchi ko`p vaqt sarflamaydi. Turli shart - sharoitga oson moslashtirish mumkin. 65 Muayyan baholanuvchilar guruhi a’zolarini ularning o`zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirish imkonini beradi. Baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish imkonini beradi (masalan, olimpiadaning navbatdagi bosqichiga ishtirokchilarni yoki kollejga kirish imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori ko`rsatkich ko`rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin). Kamchiligi Faqat muayyan o`quvchilar guruhi, sinf, maktabdagi mavjud natijalarga qiyosan baholash amalga oshiriladi.. Baholar o`qituvchi tomonidan subyektiv belgilanishi mumkin. Bilimlarni xolisona va haqqoniy baholashning pasayishiga imkoniyat yaratadi. Oʻquvchilarni baholash turlari O`quvchilarni baholashning hozirda keng tarqalgan test sinovlari, yozma ishlar, laborotoriya ishlari, mustaqil amaliy ishlar va boshqa shakllari bilan birga quyidagi ayrim shakl, usullardan foydalanish aynan o`quvchi shaxsiga yo`naltirilgan ta’lim jarayoni shakllariga mos keladi: Suhbat. O`quvchi bilan suhbat dialog va hamkorlik tamoyillariga asoslangan bo`lishi kerak. Bunda o`quvchi rivojlanishining asosiy yo`nalishlari va aniq vazifalarni belgilanadi. O`qituvchi tomonidan qo`llab-quvatlash orqali kamchiliklarni bartaraf qilish yo`l- yo`riqlarini ko`rsatib beriladi. O`qituvchi suhbatni oldindan rejalashtiradi va o`quvchi bilan suhbatni olib borganda, boshqa o`quvchilar so`zini bo`lmasligi uchun oldindan kelishib olishi zarur. Har bir suhbat natijasini sinf rahbari jurnaliga yozib borish maqsadga muvofiqdir. Suhbat natijasida o`qituvchi va o`quvchi bir necha muhim bo`lgan yo`nalishlarni belgilashlari lozim. Ushbu yo`nalishlar bo`yicha qisqa muddatli, erishib bo`ladigan maqsadlar kelishib olinadi va bu maqsadlarga erishishda yordam berishi mumkun bo`lgan mavjud imkoniyatlarni muhokama qilib, belgilab olinadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling