Niyozov Qahramon Adashaliyevich


Test topshiriqlari turlari


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

 
Test topshiriqlari turlari 
1. Yopiq test savollari 
O`quvchi javob berishi kerak boʻlgan savol yoziladi, keyin to`g`ri javobni aniq va 
loʻnda qilib yoziladi, keyin javobdan kalit soʻz yoki formula, belgi, simvol, harflarni 
o`zgartirib, tushirib qoldirib notoʻg’ri javob variantlari tuziladi. Topshiriq shartidan keyin 
toʻg’ri javob va 1-3 ta toʻg’riga oʻxshagan, lekin toʻg’ri boʻlmagan javob variantlari 
keltiriladi.
2. Ochiq test savollari 
O`quvchi javob berishi kerak boʻlgan savol yoziladi, bunda o`quvchining vazifasi 
yetishmayotgan kalit soʻz yoki ma’lumotni yozish. Savolni shunday tuzish lozimki, 
topilishi kerak boʻlgan kalit soʻz gapning oxirida boʻlsin, aks holda savolning mazmunini 
anglash qiyinlashadi. Topshiriq oʻquvchi uchun topshiriqni bajarishga koʻrsatma bilan 
boshlanadi, masalan, “tushirib qoldirilgan so`zni toping” kabi.
3. Moslikni topish test savollari 
Oʻquv materialiga asoslangan holda, bir xil xususiyatlarga ega boʻlgan 
ma’lumotlardan ikkita ustun tuziladi. Oʻng tarafdagi ustunda soʻzlar chap tarafdagi 
ustundan bir nechta ortiq boʻlishi ham mumkin. Javoblarni tekshirish qulay boʻlishi uchun 
chap tarafdagi ustunni raqamlar bilan, oʻng tarafdagi ustunni harflar bilan belgilang. 


68 
O`quvchi oʻng tarafdagi ustunda berilgan ma’lumotlarga chap ustundagi qaysi 
ma’lumotlar mos kelishini topishi kerak. 
4. Toʻg’ri ketma-ketlikni topish test savollari 
O`quvchiga koʻrsatma beriladi: “Toʻg’ri ketma-ketlikni toping”. O`quvchi berilgan 
javob variantlarini toʻg’ri ketma-ketlikda qoʻyib chiqishi kerak, bu ketma-ketlik 
xronologik yoki boshqa mantiqiy tartib boʻlishi mumkin. Bunda o`quvchiga berilgan 
koʻrsatma aniq boʻlishi kerak, agar berilgan roʻyxatda mantiqiy ketma-ketlikka 
kirmaydigan (ortiqcha) ellementlar boʻlsa, bu ham koʻrsatmada aytib oʻtilishi kerak. 
Topshiriqqa kiritilgan elementlar soni 5 tadan 12 tagacha boʻlishi mumkin.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling