Nizolarni hal qilishning muqobil usullari


-modda. Mediatsiyaning asosiy prinsiplari


Download 363.5 Kb.
bet10/17
Sana10.11.2023
Hajmi363.5 Kb.
#1763010
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
8 ta kazusdan boshqa qolgan hamma kazuslarning javoblari bor

5-modda. Mediatsiyaning asosiy prinsiplari
Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.







Tadbirkor Djumanov tadbirkor Karimovga ma’lum hajmdagi jigarrang va qora rangdagi 200 juft ayollar va 200 juft yerkaklar yozgi va kuzgi poyafzallarini topshirishga va’da berdi. Karimov poyabzal narxini oldindan to‘lagan. Shartnomada belgilangan muddatda Djumanov Karimovga buyurtma qilingan poyafzallarning butun partiyasini va qo‘shimcha ravishda har xil o‘lchamdagi yana 50 juft sariq erkaklar poyabzalini topshirdi. Karimov taqdim etilgan tovarlarni tekshirmadi va darhol poyabzal sotishni boshladi. Bir muncha vaqt o‘tgach, Jumanov yetkazib berilayotgan tovarlar uchun pulni boshqalar bilan bir xil narxda talab qildi. Karimov pul to‘lashdan bosh tortdi.
1. Ushbu nizo qanday hal qilinishi kerak?
2. Ushbu nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal qilish mumkinmi? Agar shunday bo‘lsa, ikkala tomon uchun ham dalillar yarating.
Shaxsiy fikr orqali ikkala taraf uchun dalillarni yaratish zarur.
1-kazus
“Yuksalish” korxonasi hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rab vakolatli sudga murojaat qilgan. O‘zining da’vo talabini asoslab hakamlik sudi nizo ko‘rib chiqilishida hakamlik muhokamasida ma’lum bo‘lib qolgan holatlar bo‘yicha tijorat siri hisoblangan ma’lumotlar oshkor qilib yuborilganligini bildirib o‘tadi. Vakolatli sud mazkur da’vo arizasini ish yurituvga qabul qiladi.
Savol:
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hakamlik muhokamasida ma’lumotlarning oshkor qilinmasligi prinsipining mazmun-mohiyatini tushuntiring
24.01.2018 yildagi  IPKga asoslanib ,226-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risida ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagilarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
1) hakamlik bitimi qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra haqiqiy emasligini;
2) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;
3) hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 141516 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
4) hakamlik sudining hal qiluv qarori “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
5) hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudi majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonunga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa yoki nizo hakamlik sudi tomonidan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi talablarini buzgan holda ko‘rib chiqilgan bo‘lsa yoxud hakamlik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini qabul qilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qarori iqtisodiy sud tomonidan bekor qilinishi kerak.



Download 363.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling