Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Kafedra mudiri: ____________S. A. Sattorov


Download 168.05 Kb.
bet2/25
Sana03.10.2023
Hajmi168.05 Kb.
#1691089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika

Kafedra mudiri: ____________S. A. Sattorov.

Pedagogik amaliyot dasturi “Matematika va uni o`qitish texnologiyalari” kafedrasining 20__ yil __-_________ № ___-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va fakultet kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.


Kafedra mudiri: ____________N. Xurramov.

Pedagogik amaliyot dasturi Matematika va informatika fakulteti Kengashining 20__ yil “___” ___________ “___” - sonli majlisida muhokamadan o‘tgan va institut o‘quv-uslubiy Kengashida tasdiqlash uchun tavsiya qilingan.


Fakultet Kengashi raisi:_____________ U. Berdiyev

Pedagogik amaliyot dasturi Termiz davlat pedagogika instituti o‘quv metodik boshqarma Kengashining 20__ yil “___” ___________ “___” - sonli yig‘ilishida tasdiqlangan va amaliyotda foydalanishga tavsiya etilgan.


O‘quv metodik bohqarma boshlig‘i:_____________ A. Samiyev
KIRISH
O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlardan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu g‘oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiyatga munosib, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, o‘z sohasi bo‘yicha raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashdir.
Tobora hal etuvchi kuchga aylanib borayotgan yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalasi o‘qituvchi-pedagog zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, aynan o‘qituvchi o‘quvchilarda mustaqillik, kreativlik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, tashabbuskorlik, media resurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, kognitivlik hamda umummadaniy ko‘nikmalarini shakllantiradi.
2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Taqaqqiyot strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o‘zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunidan kelib chiqqan holda pedagogik amaliyotning umumiy maqsad va vazifalari aniqlanadi. Umumta’lim maktablarida malakaviy amaliyotdan maqsad-o‘quvchilarda bilimlar va ko‘nikmalarni shakllantirish, amaliy faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirishda foydalanishga o‘rgatish; bilim, ko‘nikmalari asosida amaliyot va tabiatga bog‘liq jarayonlarni aniq tasavvur qilish, mantiqiy ketma-ketlikda modelini yaratish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish; milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab avaylash, fan va texnika ijodkorlarini hurmat qilish, ekologik hamda umumbashariy madaniyatni tarbiyalashdan iborat. Malakaviy amaliyot maqsadi talabaning informatika fanidan, qolaversa matematika hamda boshqa fanlardan egallagan bilimlarini amalda qo‘llay bilish, bo‘lg‘usi mutaxassisni umumta`lim muassasalarida amaliy faoliyatga tayyorlashdan iborat.
Mohir mutaxassis, pedagog bo‘lib shakllanishda malakaviy amaliyotning ahamiyati kattadir. Mutaxassis sifatida o‘z fanini yanada chuqquroq o‘rganish, pedagogik va kasbiy mahoratni egallashda malakaviy amaliyot davri va bu davrda o‘rganilgan amaliy bilimlarning ahamiyati bebahodir.
Pedagogik amaliyot tajribali, mohir muallim va mutaxassislarga ega bo‘lgan tayanch maktab, maktab-internat, akademik litsey, kasb- xunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va tashkilotlarda o‘tkaziladi.
Amaliyotchi talaba o‘z mutaxassisligidan dars berish jarayonlarida, davlat va xususiy tashkilotlarda o‘z kasbi bo‘yicha mahoratini oshirib boradi. Kasb ta’limi: Matematika va informatika va axborot texnologiyalari ta’limi yo‘nalishi mutaxasislari zimmasiga qo‘yiladigan vazifalarni va ularni izchil amalga oshirish yo‘llarini o‘rganadi.
Pedagogik amaliyotning mazmuni ta’lim muassasalarida olib borilganda o‘quv, ma’naviy - ma’rifiy va darsdan tashqari ishlarni qamrab oladi.
Informatika va axborot texnologiyalari “Matematika va informatika” ta’limi yo‘nalishida malakaviy amaliyot 4-kursda pedagogik amaliyot 7-semestrda 288-soat, 8-semestr 288 soat rejalashtirilgan.
Jami: (16-xafta) 576 soat tashkil etadi.



Download 168.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling