Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH


Download 168.05 Kb.
bet9/25
Sana03.10.2023
Hajmi168.05 Kb.
#1691089
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika

PEDAGOGIK AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH


1.Talabalarni 4-kursdagi pedagogik amaliyoti barcha tipdagi umumta`lim maktablarining 5-11 sinflarida talabaning yo`nalishiga bog`liq bo`lgan boshqa o`quv-tarbiya muassasalarida o`tkaziladi.
2.Amaliyot boshlanishidan oldin uning vazifalariga oid daslabki tushuntirish anjumanlari o`tkaziladi.
3.Amaliyotning birinchi haftasida talabalarni maktab, sinf va o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlari bilan tanishtirishga, darslarni tahlil qilishga ajratiladi.
4.Amaliyotchi unga biriktirilgan sinfda barcha o`qituvchilarning darslariga kiradi, sinfdan tashqari bajariladigan ishlari bilan tanishadi va birinchi hafta ohirida butun amaliyot davri uchun o`z rejalarini tuzadi.
5.Keyingi xaftalarda talabalar maktabdagi pedagogik amaliyotning umumiy rejasi, hamda guruh rahbari tomonidan tasdiqlangan shaxsiy reja bo`yicha ish olib boradilar.
6.Amaliyot davri mobaynida amaliyotchi-talabalar kamida 8-12 ta o`rganuvchi (shundan 1-3 ta sinov) darsi o`tishi zarur.
7.Tarbiyaviy ishlarni olib borish uchun, qoidaga muvofiq, talabalar har bir sinfga bittadan biriktirib qo`yiladi. Ular oldin sinf rahbariga yordamchi bo`lib ishlaydi, keyin esa sinf rahbarining barcha vazifalarini bajarishadi. Bundan tashqari amaliyotchilar o`z mutaxassislik fanlari bo`yicha sinfdan tashqari ishlar ham olib borishadi.
8.Pedagogik amaliyotda talabalar maktab gigienasi bo`yicha topshiriqni bajarishadi. Amaliyotchilar ishiga shu fanlarni o`tayotgan o`qituvchilar rahbarlik qilishadi.
9.Pedagogik amaliyot mobaynida talabalar psixologiya kafedrasidan biriktirilgan o`qituvchilardan psixologiya bo`yicha maxsus topshiriqlarni bajaradi.
10.Pedagogika kafedrasi o`qituvchilaridan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan maxsus topshiriqlarni bajaradi.


II. MUTAXASSISLIK FANIDAN TALABALARNING MALAKA AMALIYOT JARAYONIDAGI FAOLIYAT BOSQICHLARI
VA ISH MAZMUNI
Tayanch va fanga oid umumiy kompetentsiyalar2
O’zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o’quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi.
Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o’zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
O’zini o’zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o’qib-o’rganish, kognitivlik ko’nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

  1. Download 168.05 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling