Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети
Download 168.05 Kb.
|
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Psixologiya o`qituvchisi
- 5.Maktab direktori (uning o`rinbosari)
Pedagogik o`qituvchisi:Pedagogik amaliyotga bo`yicha tushuntirish beradi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarda, shuningdek, maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishlarda qatnashadi; Amaliyotchilarni sinfdan tashqari o`tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarga qatnashishini tashkil etadi va uni tahlil qiladi; Sinf rahbari bilan birgalikda amaliyotchilarning tarbiyaviy ishlarini rejalashtiradi; Talabalarni o`quvchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishini ta`minlaydi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda maslaxatlar beradi, tarbiyaviy tadbirlar rejalari va reja-konspektlarini tekshiradi, sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qatnashadi, ularni analiz qiladi va baholaydi; talabalarga o`quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganishga yordam beradi; guruh rahbari, maxsus kafedralarning uslubchilari, psixologiya o`qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi; guruh rahbariga talabalar olib borayotgan tarbiyaviy ishlar bo`yicha ma`lumot beradi. 4. Psixologiya o`qituvchisi:Pedagogik amaliyot bo`yicha o`tkaziladigan tushuntirish va yakuniy anjumanda hamda maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda ishtirok etadi. Amaliyotchilarning darslari va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlariga va ularni analizlariga qatnashadi: Talabalarning o`quvchilar kollektivi va shaxsini o`rganishga, pedagogik amaliyot dasturida ko`rsatilgan psixologiya bo`yicha topshiriq turlarini bajarishga rahbarlik qiladi. Guruh rahbari, uslubchi o`qituvchi, pedagogika kafedrasi o`qituvchilari va maktab xodimlari bilan birgalikda har bir amaliyotchining ishini baholaydi. 5.Maktab direktori (uning o`rinbosari):Maktabda pedagogik amaliyotni o`tishi uchun sharoit yaratib beradi, o`qituvchilar, xizmatchilar va maktab o`quvchilari bilan ish olib boradi. Talabalarni maktab va uning tarixi bilan, o`quv-tarbiyaviy ishlarning qo`yilishi, o`qituvchi-xodimlar tarkibi, maktab hujjatlari, uning o`quv material bazasi bilan, pedagogik kengash, metodik birlashma va ota-onalar komiteti ishlari bilan tanishtiradi. Guruh rahbari va uslubchi o`qituvchi bilan birgalikda talabalarni sinflar bo`yicha taqsimlaydi. Amaliyotchilarni (ayrimlarini) darsdan va sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlari va ularni muhokamasida qatnashadi. Pedagogik amaliyotning boshlanishi va tugashida yig`ilish o`tkazadi. Download 168.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling