Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети
PEDAGOGIK AMALIYOTNING VAZIFALARI
Download 168.05 Kb.
|
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika
PEDAGOGIK AMALIYOTNING VAZIFALARI1.Talabalarning institutda olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish, mustahkamlash va bu bilimlarni o`quvchilar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlar amaliyotida tadbiq etishni o`rgatish. 2.Talabalarni bolalar va o`smirlar bilan olib boriladigan o`quv-tarbiyaviy ishlarni kuzatish va tahlil qilishni o`rganish bilan qurollantirish. 3.Psixologiya, pedagogika, hamda bolalar va o`smirlar fiziologiyasi bo`yicha olgan bilimlariga tayangan holda talabalarni bolalarning yoshiga qarab va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o`quv-tarbiya ishlarini yo`lga qo`yishga o`rgatish. 4.O`quvchilarni bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beruvchi metodlardan foydalangan holda talabalarni dars mashg`ulotlarni o`tishga tayyorlash. 5.Talabalarni sinf rahbarlari vazifasini bajarishga, o`quvchilar jamoasi, bolalar oromgohida va «Yoshlar ittifoqi» bilan ishlashga hamda o`quvchilar bilan individual tarbiyaviy ishlarni olib borishga o`rgatish. 6.Talabalarni o`z kasbiga bo`lgan qiziqishini oshirish va mustahkamlash, ta`lim va tarbiya masalalarini ijobiy hal qilishga o`rgatish, hamda pedagogik fanlarga bo`lgan intilishlarini shakllantirish. 7.O`quvchilar sog`ligini muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalarini hosil qilish. 8.Shaxsiy, kalendar mavzuli va tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzish va reja-konspekt, hamda tarbiyaviy tadbir konspektlarni yozishni o`rgatish. 9.O`quvchilarning o`zlashtirish va qabul qilish qobiliyatlarini faollashtiradigan usullarni qo`llagan holda mustaqil darslar o`tkazishga tayyorlash. 10.Maktab direktori, o`rinbosarlari, jamoat tashkilotlari, axborot resurs markazi, fan o`qituvchisi, sinf rahbari va boshqa pedagog xodimlar ishlarini o`rganish va tahlil qilish. 11.Tanlab olib ishlayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo`yicha ilmiy rahbari hamkorligida ilmiy uslubiy ishlar (materiallar to`plash, tajriba ishlarini yo`lga qo`yish, tajribali o`qituvchilardan maslaxatlar olish) olib borish. 12.Matematika va informatika fanlari, pedagogikaga oid bilimlarini mustahkamlash va pedagoglik kompetentligini takomillashtirish. 13.Fan xonalarini zamonaviy talablar asosida jihozlashga, ko`rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, dars ishlanmalari, uslubiy tavsiyanomalar va boshqa kerakli materiallar bilan boyitishga yordam berish va ularni o`rganish. 14.Kundalik.com platformasini o`rganish. Download 168.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling