Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети
Download 168.05 Kb.
|
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati
Tarbiyalash mahorati - o`qitish va tarbiyalash jarayonining bog`liqligi, uyg`un rivojlangan shaxsni shakllantirishga, ularda yuksak madaniy va ma`naviy saviyasi qaror toptirishga, pedagogning yuksak shaxsiy sifatlariga ega bo`lishi.
O`quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta`minlaydigan shaxsiy sifatlar: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik bo`lib, ushbu sifatlar o`qitish va tarbiyalash mahoratiga ta`sir ko`rsatadi. Ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholash mahorati - ta`lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholash prinsiplari, metodlari va mexanizmlarini bilishi, ularning o`zlashtirishini nazorat qilishning turli shakllarini qo`llash mahoratiga ega bo`lishi kerak. Pedagogik amaliyot bo`lajak o`qituvchilarni tayyorlashning shunday bosqichiki, bunda har bir o`quvchiga ta`lim-tarbiya berishda oliy o`quv yurtida to`plagan bilim hamda uquvlarining hammasidan kompleks tarzida foydalanishga to`g`ri keladi. Shuning uchun pedagogik amaliyot vaqtida o`qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ochilib qoladi. Shunday qilib, pedagogik amaliyot o`ziga xos imtixon hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, amaliyotchi-talabaning yoshi u rahbarlik qilishga to`g`ri keladigan o`quvchilar yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundanoq to`g`ri yo`l tanlash, ya`ni birinchidan o`z qo`l ostidagi o`quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo`l qo`ymaslik, ikkinchidan, takabburona munosabatda bo`lmaslik juda muhimdir. Tajribalarning ko`rsatishicha, amaliyotchi o`quvchilar bilan to`g`ri munosabatda bo`lsa, ya`ni ularga hayrixoxligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda o`quvchilar bilan inoqlashib ketadi. O`quvchilar amaliyotchini ham o`quvchi ekanligini yaxshi bilishadi va unga har tomonlama yordam berishga harakat qilishadi. Bu davrda amaliyotchining tashqi qiyofasi ham muhim rol o`ynaydi, u o`quvchilarga namuna bo`lishi kerak, amaliyotchi oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan amaliyotchi o`quvchilardan shu narsani talab qila olmaydi. Amaliyotchi-talabaning sinfda bo`ladigan barcha tadbirlarda qatnashishi, uning o`quvchilar bilan yaxshi munosabat o`rnatish garovidir. Amaliyotchi-talaba o`qituvchilik kasbi murakkab va sharafli ekanligini amaliyot davomida ko`radi, ishda yuz beradigan qiyinchiliklarni bartaraf etish usullarini o`rganadi, zarur kasbiy sifatlarni o`zida shakllantiradi. Eng muhimi, bu davrda o`quvchilar bilan ishlash nihoyatda qiziqarli va maroqli ekanligiga, kasbni to`g`ri tanlaganligiga ishonch hosil qiladi. Download 168.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling