Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


AMALIYOT RAHBARLARINING VAZIFALARI


Download 168.05 Kb.
bet10/25
Sana03.10.2023
Hajmi168.05 Kb.
#1691089
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
4 bosqich пед амал дастури 2023 matematika va informatika

AMALIYOT RAHBARLARINING VAZIFALARI


  1. Amaliyotning guruh rahbari:

  1. Amaliyotchilarga bevosita rahbarlik qilishni amalga oshiradi.

  2. Pedagogik amaliyot bo`yicha tushuntirish ishlarini olib boradi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarni tashkil etadi va o`tkazadi: amaliyotning boshlanishida va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda qatnashadi.

  3. Uslubchi o`qituvchi pedagogika kafedrasi vakili, maktab direktori va o`rinbosari bilan birgalikda talabalarni sinflar bo`yicha taqsimlaydi, talabalarning individual (shaxsiy) rejalarini tasdiqlaydi va uni bajarilishini nazorat qiladi, talabalar o`tkazgan darsni va sinfdan tashqari mashg`ulotning tahlilini tashkil etib beradi.

  4. Talabalarning amaliyot davrida bajargan ishlari hisoboti hujjatlarini tekshiradi va amaliyotda ishtirok etayotgan kafedra vakillari, o`qituvchilar va sinf rahbarlari bilan birgalikda amaliyotga differensiyalangan baho qo`yib chiqadi.

  5. Amaliyotda ishtirok etayotgan o`qituvchilar bilan tushuntirish-uslubiy ishlarni olib boradi.

  6. Talabalarining pedagogik amaliyoti bo`yicha hisobot tuzadi.


    1. Mutaxassislik bo`yicha uslubchi o`qituvchi:


  1. Pedagogik amaliyotga bag`ishlangan tushuntirish ishlarini yo`lga qo`yadi, amaliyotning boshlanishi va tugashiga bag`ishlangan anjumanlarda, shuningdek, maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishlarda qatnashadi:

  2. Talabalarni mutaxassislik fanlari o`tiladigan darslarga, predmet bo`yicha sinfdan tashqari o`tkaziladigan mashg`ulotlarni taqsimlaydi:

  3. Maktab o`qituvchilari bilan birgalikda amaliyotchilarga dars mavzularini va predmet bo`yicha sinfdan tashqari o`tkaziladigan mashg`ulotlarini taqsimlaydi.

  4. Talabalar tomonidan o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiruviga yordam qiluvchi uslub asosida turli xil darslarni va sinfdan tashqari mashg`ulotlarni o`tishni tashkil etish, talabalarni darsga va sinfdan tashqari mashg`ulotga fan bo`yicha tayyorgarlik ko`rishida unga maslaxatlar beradi, ularni reja-konspektlarini tekshirib tasdiqlaydi, darsga va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qatnashib, ularni tahlil qiladi va baholaydi.

  5. Maktab o`qituvchilarini amaliyotchi-talabalar bilan olib boradigan ishlariga ilmiy-uslubiy jihatidan yordam beradi.

  6. O`tkazilgan amaliyot yakuni to`g`risida guruh rahbariga ma`lumot beradi.




    1. Download 168.05 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling