Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tashkilotchisi:
Talabalarni maktabning tarbiyaviy ishlar rejasi bilan tanishtiradi.
Talabalarga ommaviy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va o`tkazishda yordam beradi.
Amaliyotchi-talabalar bilan olib boriladigan ishlarni tashkil etish va o`tkazishda sinf rahbarlariga yordam beradi.
Amaliyotchilarning (ayrimlarini) sinfdan tashqari olib boradigan tadbirlarida va ularning muhokamasida qatnashadi.
Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda ishtirok etadi.
7. Fan o`qituvchisi:
Talabalarni o`z ish rejasi bilan tanishtiradi, ochiq dars va fan bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulot o`tkazadi.
Uslubchi o`qituvchi bilan birgalikda talabalarga dars mavzulari va fan bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlar mavzularini taqsimlab beradi.
Talabalarini sinfdan tashqari mashg`ulotlarni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishida maslaxatlar beradi, o`tiladigan dars va sinfdan tashqari mashg`ulot rejasi va reja-konspektini tekshiradi, talabani dars yoki sinfdan tashqari mashg`ulot o`tishiga rozilik beradi.
Talabalar tomonidan o`tkazilgan dars va fan bo`yicha sinfdan tashqari mashg`ulotlarning muhokamasi va uni baholashda qatnashadi.
Amaliyotchilarni o`quvchilar bilan to`garak ishlarini o`tkazishga, qo`shimcha darslarni o`tishga, ko`rgazmali qurollar tayyorlashga va daftarlarni tekshirishga jalb etadi.
Pedagogik amaliyot bo`yicha direktor o`tkazadigan yig`ilishlarda hamda institutdagi yakuniy anjumanlarda qatnashadi.
8. Sinf rahbari:
Talabalarni sinfdagi o`quvchilar ro`yxati, ularni o`zlashtirishi, davomati, xulqi bilan, asosiy tarbiyaviy vazifalar va chorak uchun tuzilgan o`z ish rejasi bilan tanishtiradi, o`quvchilar bilan sinfdan tashqari ochiq tarbiyaviy tadbirlar o`tkazadi.
O`quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganishda amaliyotchilarga yordam ko`rsatadi.
Talabalarga amaliyot mobaynida bajarishi zarur bo`lgan tarbiyaviy masalalarni belgilashga yordam beradi, tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda ularga maslaxatlar beradi.
3. Talabalarni sinfdagi kundalik tarbiyaviy ishlarga jalb etadi.
Talabalarni sinfdan tashqari o`tkazadigan mashg`ulotlariga, ularning muhokamasi va baholanishida qatnashadi.
Amaliyotning boshlanishi va oxirida maktab direktori o`tkazadigan yig`ilishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |