Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotida guruh rahbarining ish rejasi


Download 268.5 Kb.
bet14/15
Sana14.09.2023
Hajmi268.5 Kb.
#1678212
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
19091 УМУМИЙ ДАСТУР 2014 немис

Bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy pedagogik amaliyotida guruh rahbarining ish rejasi
1. Tashkiliy ishlar:
1. Universitetda malakaviy pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan anjumanlarga bitiruvchi talabalarini jalb qilish, yig‘ilishda ishtirokini ta’minlash.
2. Universitet bilan malakaviy pedagogik amaliyot obyektlari bо‘lgan uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari ma’muriyati tomonidan shartnomalar tuzishni tashkillashtirish.
3. Pedagogik amaliyot о‘tash uchun biriktirilgan amaliyot obyekti fan о‘qituvchilari hamda dars о‘tiladigan guruh bilan amaliyotchi talabalarni tanishtirish.
4. Amaliyotchi talabalarning pedagogik amaliyot obyektidagi ixtisoslik fanlari о‘qituvchilarining darslariga kirish rejasini ishlab chiqish.
5. Amaliyotchi talabalarini amaliyotda faol ishtirokini muntazam nazorat qilish har xaftalik hisobotini kо‘rib borish.
6. Malakaviy pedagogik amaliyotning xar bir oyi yakunida amaliyotning borishi tо‘g‘risida kafedraga xisobot berish.
2.Ilmiy uslubiy ishlar:
1.Amaliyotchi talabalarga dars о‘tishni tashkillashtirish, ma’ruza matnlarini tayyorlash tartibi, seminar mashg‘ulotlarini о‘tishning qonun-qoidalari, xar bir ma’ruzani о‘tish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qanday qо‘llash yuzasidan metodologik tavsiyalar berish.
2. Amaliyotchi talabalarga kо‘rgazmali jihozlardan foydalanish yо‘llarini kо‘rsatish.
3. Amaliyotchi talabalarning pedagogik amaliyot obyektidagi fan о‘qituvchilari darslariga kirganlarini, dars tо‘g‘risidagi fikr-muloxazalarini muhokama qilishni tashkillashtirish.
4. Amaliyotchi talabalarni о‘zaro darslarga kirishlari rejasini tayyorlash va uni tasdiqlash.
5. Amaliyotchi talabalarning reja asosida bir- birlarining darslariga kirganlarini muhokamasini tashkil etish.
6. Malakaviy pedagogik amaliyot obyektlarida Konstitusiya kuniga bag‘ishlangan tadbirni amaliyotchi talabalar yordamida tashkillashtarishga va о‘tkazishga erishish.
7. Amaliyotchi talabalarga biriktirilgan sinflardagi devoriy gazetalarning mazmunli va dolzarb masalalar yoritilishini ta’minlash. Amaliyotchi talabalarning pedagogik amaliyot obyektlarda о‘tadigan darslariga kafedra, fakultet о‘qituvchilarining kirishini ta’minlash va mazkur о‘tilgan darsning muhokamasini о‘tkazish.
8. Amaliyotchi talabalarga amaliyot yakuni munosabati bilan tavsifnoma berishda hamda baholashda bevosita ishtirok etish.
9. О‘z guruhi tо‘g‘risida amaliyot yakunida xisobot tayyorlash hamda uni kafedraga va malakaviy pedagogik amaliyotning umumiy rahbariga taqdim etish.

Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling