1.3. Pedagogika fanidan reyting jadvali:
Maksimal ball – 40 ball
Saralash ball - 27 ball
«a’lo»
|
«yaxshi»
|
«qoniqarli»
|
«qoniqarsiz»
|
37dan 40gacha
|
31 dan 34 gacha
|
27 dan 30 gacha
|
0 dan 25 gacha
|
1.4. Malakaviy pedagogik amaliyotning ta’limiy xarakteri
Pedagogik amaliyot talabalarning nazariy tayyorgarligini boyitadi, olgan bilimlarini mustahkamlash va chuqurlashtirishga, amaliy vazifalarni hal qilish uchun о‘rganilayotgan fanning nazariy qoidalaridan foydalanishga imkon beradi.
Pedagogik amaliyotning ta’limiy xarakteri samarasi kо‘pincha oliy о‘quv yurti va maktabning о‘zaro aloqasi bilan, olimlar, metodistlar va о‘quv yurti pedagoglari jamoasi hamkorligi hamda ular mehnatida fan va ilg‘or pedagogik tajriba yutuqlarining qо‘llanish darajasi bilan belgilanadi.
1.5. Malakaviy pedagogik amaliyotning tarbiyalovchi xarakteri
Malakaviy pedagogik amaliyot о‘sib kelayotgan yosh avlodni о‘qitish va tarbiyalashda, yoshlarni ijtimoiy ishlab chiqarishdagi mustaqil mehnat faoliyatiga tayyorlashda bо‘lajak о‘qituvchi uchun birinchi jiddiy sinov bо‘lib hisoblanadi. Bо‘lajak о‘qituvchining kasbiy pedagogik fazilatlarining shakllanishida amaliyot davridagi о‘z-о‘zini tarbiyalash va о‘z ustida mustaqil ishlash ham faol kо‘maklashadi. О‘z-о‘zini tarbiyalash milliy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi bо‘lib hisoblanadi va u о‘z navbatida, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |