Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Malakaviy pedagogik amaliyot maqsadi


Download 268.5 Kb.
bet2/15
Sana14.09.2023
Hajmi268.5 Kb.
#1678212
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
19091 УМУМИЙ ДАСТУР 2014 немис

Malakaviy pedagogik amaliyot maqsadi:
- talabalar darsni tashkil etish va olib borish, о‘quv materialini bayon etish, о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, ularning bilim, malaka va kо‘nikmalarini baholash, darslarni olib borishda zarur bilim, malaka va kо‘nikmalar bilan qurollantirish;
- talabalarni dars jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantirish vazifalarini bir butunlikda qо‘yish va amalga oshira bilishga о‘rgatish;
- ularni ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tashkil etish va olib borishga о‘rgatish;
- pedagogik tajribani tahlil etish, ilg‘orlar tajribalarini umumlashtirish, uni о‘z faoliyatiga tadbiq etish malakasini shakllantirish;
- talabalarda о‘z ustida ishlash, mustaqil ta’lim olish, zarur adabiyotlarni tanlay bilish va о‘rganish kо‘nikmasini hosil qilish.
Malakaviy pedagogik amaliyot talabalarning umumpedagogik, metodik va ixtisoslik fanlaridan olgan nazariy bilim, malaka va kо‘nikmalariga asoslanadi.
Malakaviy pedagogik amaliyot davomida talaba:

  • Nemis tilida darslarni tashkil etish va ularda о‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish;

  • о‘zi va kursdoshlari, shuningdek, о‘qituvchilar darslarini tahlil qilish;

  • о‘quvchilar bilim, malaka va kо‘nikmalarini reyting usuli asosida baholash;

  • ixtisoslikdan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va о‘tkazish;

  • ma’naviy- ma’rifiy ishlarni tashkil etish va olib borish;

  • ta’limning texnikaviy vositalaridan foydalanish;

  • sinf rahbari sifatida ish olib borish;

  • sinf jurnalini yuritish;

  • dars reja-konspekti, tematik, yillik va b. rejalarni tuzish malaka va kо‘nikmalarini egallashi lozim.

Malakaviy pedagogik amaliyot 3 oy davom etadi, ya’ni, 11 hafta davomida talaba haftada besh kun 6 soat amaliyot о‘taydi va bir kun mashg‘ulotda qatnashadi, barcha tayyorgarlik ishlari amaliyot boshlanishidan oldin va sinov tadbirlari yoki undan sо‘ng tashkil etiladi. Bu esa, amaliyot maqsadlariga tо‘liq, erishishiga kо‘maklashadi.



Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling