1. Tashkiliy ishlar:
1. Uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalari о‘quv-tarbiyaviy ishlar tizimi, pedagogik jamoa bilan tanishish.
2. О‘quv muassasasining moddiy – texnikata’minoti va adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi bilan tanishish.
3. О‘quv muassasasidagi ma’naviy – tarbiyaviy ish rejalari bilan tanishish.
4. Turkum fanlar о‘quv – uslubiy hujjatlari yuritilishi bilan tanishish,
II О‘quv - uslubiy ishlar:
1) Ixtisoslik fanlari о‘qituvchilarining darslarini kuzatish va tahlil qilish.
2) Darslarni texnologik xaritasini ishlab chiqish.
3) О‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish.
4) Sinf, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar rejasi va matnini tuzish.
5) О‘quvchilar bilimlarini baholash va nazorat qilish shakllarini о‘rganish.
6) О‘tkaziladigan pedagogik amaliyot kundalik daftarini muntazam yoritib borish.
7) Dars mavzulariga didaktik materiallarni tayyorlash.
8) Mavzular bо‘yicha ilmiy, uslubiy adabiyotlarni о‘rganish.
9) О‘quv jarayonini tashkil etishda kompyuter texnologiyasi va internet tizimidan samarali foydalanish.
10) Malakaviy pedagogik amaliyot yuzasidan xisobot xujjatlarini tayyorlash.
11) «Pedagogik amaliyot menga nima berdi?» mavzusida matbuotda maqolalar chiqarish.
12) Pedagogik amaliyot yuzasidan uslubiy pedagogik kengashda ma’ruza bilan chiqish.
III Ma’naviy-tarbiyaviy ishlar:
1. О‘quv muassasasida sinf rahbarlari ishini о‘rganishi, tadbirlar о‘tkazish.
2. Ota-onalar bilan yaqindan aloqa о‘rnatish .
3. Tarbiyasi bо‘sh о‘quvchilar bilan ahloq-odob mavzusida suhbat о‘tkazish.
4. “Kamolot YOIXT” faollari va yetakchilari faoliyatini о‘rganish qо‘shimchalar kiritish.
5. О‘quv-tarbiyaviy ishlar bо‘yicha rahbar muovini faoliyatini о‘rganish va birgalikda ish yuritish.
6. “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish” mavzusida davra suhbatlari о‘tkazish.
7. Ilmiy mavzuda konferensiya tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |