Низомий номидаги Тошкент Давлат Педагогика университети


Malakaviy pedagogik amaliyotning rivojlantiruvchi harakteri


Download 268.5 Kb.
bet11/15
Sana14.09.2023
Hajmi268.5 Kb.
#1678212
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
19091 УМУМИЙ ДАСТУР 2014 немис

1.6. Malakaviy pedagogik amaliyotning rivojlantiruvchi harakteri
Malakaviy pedagogik amaliyot talabalarning ruhiy adolat va xususiyatlarining rivojlanishiga yordam beradi; о‘qituvchining о‘z faoliyatiga nisbatan diqqatini oshirishga, bu esa о‘zida kasbiy munosabatni jakllantirishga, ta’limiy yoki tarbiyaviy tadbirlarni ma’lum mantiqqa, tizimga solishga intilishini kuchaytirish bilan bir qatorda atrofdagi kishilarga nisbatan ularda xotira, tafakkur, tasavvur, irodani rivojlantirishga, о‘z fanida uchrab turadigan turli terminlarni, formulalarni, tenglamalarni, tushunchalarni chuqurroq tahlil qilishga, о‘z faniga ijodiy yondashishga olib keladi.
Pedagogik amaliyot davomida talabalar ba’zi turdagi tadqiqot ishlarini, jumladan: darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish, о‘quv-tarbiyaviy tadbirlar о‘tkazish, sinf jamoasini va о‘quvchi shaxsini jamul-jam tarzda о‘rganish, о‘quvchilar bilan tajriba ishlarini olib borish, о‘zidan katta hamkasabalarining, mohir pedagoglarning ishlarini bevosita kuzatish, ilg‘or pedagogik tajribalarni о‘rganishni ham kо‘zda tutadi.


1.7. Talabalar malakaviy pedagogik amaliyotining asosiy vazifalari.

  • Bо‘lajak о‘qituvchilarda о‘z kasbiga oid kasbiy sifatlar: malaka, kо‘nikma va mahoratni shakllantirish, pedagogik bilimlarni egallash uchun ehtiyoj tug‘dirish;

  • о‘qituvchilik kasbiga barqaror qiziqish va muhabbat ruhini tarbiyalash;

  • pedagogik faoliyatga ijodiy, izlanuvchan yondashishga о‘rganish;

  • uzluksiz ta’lim tizimining maktabgacha, umumiy о‘rta, о‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida о‘quv-tarbiya jarayonining hozirgi ahvoli bilan yaqindan tanishtirish, ilg‘or pedagogik tajribani о‘rganishga, tahlil qilishga imkoniyat yaratish;

  • shahar va qishloq sharoitlarida о‘qituvchi, tarbiyachi va sinf rahbariga xos mahoratlarni egallash;

  • о‘quv yurti pedagogik jamoasi, “Kamalak” va “Kamolot” boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati bilan tanishish va о‘quv-tarbiya jarayonini moddiy jihatdan ta’minlashda yordam kо‘rsatish;

  • о‘quv yurti, ayrim о‘qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilarning, «Kamalak” va “Kamolot” boshlang‘ich tashkilotlarining о‘quv-tarbiya jarayonini rejalashtirish tizimi bilan tanishish;

  • bolalar shaxsini va о‘quvchilar jamoasini psixologik-pedagogik jihatdan о‘rganish;

  • uslubiy birlashmalar, boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari, fan uyushmalari va ilmiy pedagogik kengashlar ishi bilan tanishish;

  • о‘quv-tarbiya muassasalariga milliy tarbiya vazifalarini hal etishda yordam kо‘rsatish;

  • madaniy-ommaviy ishlar orqali talabalarning badiiy havaskorlik tо‘garaklarida, turli klublarda qatnashishini, madaniy yurishlar, munozaralar, fidoiy kishilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish;

  • bо‘lajak о‘qituvchilarning estetik didini tarbiyalash, qobiliyatlarini rivojlantirish, bilim doirasini kengaytirish, о‘quvchilar bilan madaniy-ommaviy ishlarni uyushtirish kо‘nikmasi bilan qurollantirish.


Download 268.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling