Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika instituti
Download 236.96 Kb.
|
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qituvchining kreativ yondashuvi
O`QITUVCHI MAHORATI
1. Bilish qobiliyatini boshqarish. 2. O`quvchilarda ichki his-tuyg`u va qiziqishni, mustaqil ta`lim olish ko`nikmasini shakllantirish 3. O`quv jarayonini tashkil eta olish. 4. Texnologik mahorat 5. Ishonchga kirish, ishontira olish 6. Nutq mahorati 7. Ergashtira olish 8. Muloqotga kira olish 9. Qalbga yo`l topa olish 10. O`quvchining yoshi, 11. Ichki imkoniyatiga moslashish 12. Do`stona va samiymiy munosabat Ko`rinib turganidek, yuqoridagi ishlarda asosan kreativlik masalasi o`qituvchining pedagogik mahorati doirasida tahlil etilgan. Ammo bevosita maktab o`qituvchilarining kreativlik faoliyati masalasi alohida tahlil etilmagan. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish joizki, pedagogika fanida kreativlikga doir alohida maxsus tatqiqot ishlari olib borilmagan bo`lsa ham mazkur masala bo`yicha muayyan fikrlar bildirilgan. Bu, albatta, bejiz emas. Ya`ni pedagog olimlarning kreativlik masalasiga e`tibor qaratayotganligi, bu masala bo`yicha juda ko`p bo`lmasa ham pedagogik fikrlar bildirilayotganining o`zi bejiz emas. Chunki yosh avlodni bilimli, har tomonlama rivojlangan, komil shaxs sifatida shakllantirishda o`qituvchilarning ijodkorligi, o`z sohasi bo`yicha bilimlarini doimo oshirib borishi, so`nggi yangiliklarni o`zining pedagogik faoliyatida qo`llay olishlari, bir so`z bilan aytganda ularning kreativlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday kreativlik ayniqsa O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi strategic yo`lida juda ham muximdir. Bu yo`l dunyoga kelgan har bir individning (go`dakning) komil shaxs sifatida shakllanishini uzluksiz va uzviy turda olib borishdan iboratdir. Bu uzluksizlik ta`lim turlarida o`zining aksini topadi. Chunki ta`limning qaysi turi bo`lmasin uning har bir bug`inida o`qituvchi markaziy o`rinni egallaydi. Agarda bu o`qituvchi kreativlikka oid faoliyat yuritmas ekan, ta`lim-tarbiyaning samaradorligi Biz kutgan natijalarni bermasligi mumkin. Bu ta`lim turlari quyidagi bo`limda o`z aksini topgan. Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini ko`rsatadilar: - birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat. O`qituvchi teskari aloqani qo`llaydi, uning natijasiga ko`ra o`z harakatlarini belgilaydi. Lekin bu faoliyat metodik qo`lanmalar yoki boshqa o`qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi. - ikkinchi daraja - dars faoliyatini, uning rejasini tuzishdanoq optimallashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o`qituvchiga ma`lum maqsadni amalga oshirishda mazmun, metod va shakllarni to`g`ri tanlashdan iborat. - uchinchi daraja - evristik. Pedagog o`quvchilar bilan jonli muloqotning ijodiy imkoniyatlarini qo`llaydi. Olima R.A.Mavlanova o`qituvchining eng yuqori darajadagi ijodkorligi uning to`liq mustaqil faoliyatida namoyon bo`lishini ta`kidlaydi.. U avvaldan ma`lum bo`lgan usullarni qo`llashi mumkin, ammo u ularga o`zining shaxsiy munosabatini qo`llaydi. O`qituvchi ijodiy individualligi, tarbiyalanuvchining shaxsiy o`ziga xosligi, ta`limning aniq darajasi, tarbiyalanganlik darajasi, sinfning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda zaruriyat taqozo etgan darajada ish olib boradi. Tayyor tavsiyalarni amalda qo`llash darajalari ham farqlanadi: optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy, mustaqil. Tadqiqotchilar fikrlari orasida kreativ insonlar boshqalarga taqlid qilmasdan, o`zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy yondashadilar, degan fikr etakchilik qiladi. O`rganilayotgan muammoga V.A.Slastyonin, L.S.Podimova, N.M.Gnatko qarashlari bilan birgalikda, kreativlik mexanizmini ikki turga bo`lishni taklif qiladilar: 1. Potentsial 2. Dolzarb. Potentsial kreativlik - muallifning fikricha, kreativlik faoliyatidir, individiumni potentsial joylashuvi ma`lum tashqi sharoitlarda dolzarb kreativlikni egallashning asos tayyorgarligini tashkil etadi; potentsial kreativlik - ijodning sub`ektiv zarur sharoitidir. V.A.Slastenin, L.S.Podimova potentsial kreativlikning dolzarb kreativlikka izchil taqlid qilish mexanizmi orqali o`tishi muammosiga o`ziga xos yondashganlar. Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko`chirishdan ijodiy nusxa ko`chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib boradi. Tabiiyki, barcha o`qituvchilar ham kreativ rivojlanishning barcha bosqichlari bilan tavsiflanmaydilar: - ba`zilar tayyor metodik tavsiyalardan nusxa olib, faqat birinchi darajaga erishadilar; - ikkinchilari to`liq kontseptsiya va tizimlarga ega bo`lmasdan turib, ba`zi metodik usullarga o`zgartirishlar kiritadilar, - uchinchilari ma`lum g`oya asosida to`liq mazmun, metod va shakllarni ishlab chiqadilar; - to`rtinchilar esa ta`lim va tarbiyada o`zlarining kontseptsiya va metodikalarini tavsiya etadilar. Yuqoridagilarga munosabat bildirib aytish mumkinki, dastlabki uchtasi taqlid bosqichida bo`lib, to`rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda ijod bosqichida. Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari bilan taqqoslash, ikkala yo`nalish orasida ma`lum mutanosiblikni, innovatsion- pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomillashib borish darajasidagi tushunchalarni aniqlashga imkon berdi. Pedagog faolligining borgan sari yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko`tarilib borishi kelajakda innovatsion ta`lim strategiyasini tashkil qilishni belgilaydi Download 236.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling