Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika instituti


- kreativlik tafakkur sifatida


Download 236.96 Kb.
bet11/25
Sana02.01.2022
Hajmi236.96 Kb.
#193663
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qituvchining kreativ yondashuvi

- kreativlik tafakkur sifatida (J.Gilford, Y.K.Tixomirov) yoki intellektual
faollik sifatida (D.B.Bogolevskaya, L.B.Yermolayeva-Tomina),
- yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.Ponomarev va boshqalar).
Biroq oliy ta`lim pedagogikasi (kreativ androgogika)da uning sifat
ko`rsatkichini va namoyon bo`lish darajasini aniqlashning o`zi yetarli emas.
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi
umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o`zida ta`lim jarayonida ijodiy ta`lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni rivojlantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli, olima kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta`lim va tarbiya jarayonida shaxs kategoriyasi sifatida o`rganish zarurligini e`tirof etadi.
O`tgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik muammosini o`rganishda keskin burilish yillari bo`ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan pedagog-novatorlar paydo bo`ldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni, balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta`limining psixologik tomonlarini, ijod faoliyatining pedagogik psixologiyadagi mexanizmini o`rgandilar. (V.V.Davidov, LA.Zimnaya, N.V.Kuzmina, A.M.Matyushkin, Y.A.Ponomarev, R.A.Mavlonova rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.)
Kreativlikni o`rganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy
anrogogikada qo`llashning umumiy qonuniyatlari va o`ziga xosligini aniqlash
imkonini beradi (V.M.Morozov). Biz kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib
chiqib, unga shaxsning o`ta intellektual-evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni
qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta`lim sifatida qaraymiz.
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma`naviyatining ajralmas qismi bo`lib, shaxsni o`z-o`zini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega bo`lgan bilimlarning ko`pqirrali ekanligida emas, balki yangi g`oyalarga intilishda va o`rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o`zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo`ladi.
Shu bilan bir qatorda filologiya fanlari doktori M.Ayimbetov ham
o`qituvchilarning pedagogik mahoratiga doir o`z fikrlarini bayon etish bilan bir
qatorda pedagogning shaxsiy va kasbiy faoliyati masalalariga to`xtab o`tgan. Olim
«kreativlik» yoki «ijodkor» tushunchalarini bevosita qo`llanmagan bo`lsalar ham
ijodkor o`ituvchining sifat ko`rsatkichlarini yoritib berishga doir fikrlarini bayon
etgan. Olim mahoratli zamonaviy o`qituvchining strukturaviy komponenlarini
ko`rsatib bergan. Shu bilan bir qatorda olim bunday pedagoglarning oltita belgisini
alohida e`tirof etgan. Bular:
1. Pedagogik jamoada katta obruga ega bo`lishi.
2. O`zlarini juda jiddiy tutishi va pedagogik taktga ega bo`lishi.
3. Darslarini oliy darajada tashkil etishi.
4. O`quvchilar bilan do`stona munosabatda bo`lish.
5. Murakkab vaziyatlarda o`zlarini tuta bilishi va pedagogik faoliyatini bir
maromda olib borishi.
6. Pedagogik jamoada hamda maxallada katta ta`sir ko`chiga ega bo`lishi Sanab
o`tilgan sifatlarga Biz o`qituvchining kreativlik faoliyatini ham qo`shicha qilgan
bo`lar edik. Negaki, o`qituvchilarning oliy darajada dasrlarni atshkil etishi o`z 23
o`zidan bo`ladigan holat emas, balki o`qituvchining izlanishlari, o`z sohasidagi
yangiliklarni tajribalarida qo`llay olishi, o`quvchilarni «o`qitish» emas «o`qishga»
o`ragatishiga doir qator faoliyatlar tizimi bilan bog`liqdir.
O`qituvchining kreativ faoliyati pedagogik mahoratning mazmunida aks etar
ekan, pedagogika fanida o`qituvchining pedagogik mahoratining modeli ishlab
chiqilgan. Bu model qo`yidagilarda o`zining aksini topgan.

Download 236.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling