Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika instituti
Ta`lim turlari va unda pedagogning kreativlik faoliyati
Download 236.96 Kb.
|
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qituvchining kreativ yondashuvi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxs
2.2. Ta`lim turlari va unda pedagogning kreativlik faoliyati
Inson kamoloti – bu insonning keng ma`noda ichki va tashqi omillar ta`sirida shaxs sifatida shakllanish jarayonidir. Shaxsning shakllanishi esa – bu uning hayot yo`li davomida rivojlanishining o`ziga xos shakli bo`lib, maxsus olib boriladigan tarbiyaviy ta`sir natijasi hisoblanadi. Dunyoga kelgan go`dak ma`lum yoshga qadar individ sanaladi. «Individ»- lotincha individuum so`zidan kelib chiqqan bo`lib «bo`linmas», «ayrim shaxs», «yagona» ma`nolarni anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir. Shaxsning shakllanishida harakat o`ziga xos omil sanaladi. Go`dak (chaqaloq) ham turli xarakatlarni tashkil etadi. Biroq bu xarakatlarsiz keyinchalik shartli reflekslar bo`lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo`zg`otuvchilarga javob tarzida yuz beradi. Gudakda nutq bo`lishi, shuningdek u tomonidan tashqil etilayotgan xarakatlar ongli ravishda sodir bo`la boshlashi va ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtirokining ro`y berishi shaxs shakllanishning dastlabki bosqichi sanaladi. O`sib va rivojlanib boruvchi inson ta`lim va tarbiya ob`ekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Bu jarayonda u turli o`zgarishlarni, jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o`zgarishlarni o`z boshidan kechirib boradi. Insonda bo`ladigan jismoniy o`zgarishlarga – bo`yining o`sishi, vaznining og`irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining, ichki a`zolari va asab tizimining o`zgarib borishi kiradi. Ruhiy o`zgarishlar esa uning aqliy rivojiga aloqador bo`ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo`lgan sotsial sifatlarning tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon sanaladi. Ma`lumki, hayoti davomida inson jismoniy va ruhiy tomondan o`zgarib boradi. Lekin bolalik, o`smirlik va o`spirimlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo`ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o`sishi, o`zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga etadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta`sir etishi natijasida bola jamiyat a`zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o`ziga munosib o`rin egallaydi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta`sir kuchi hamisha bir xil bo`lavermaydi. Cababi odamning xulqiga, munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilimi, hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat, vaziyat ham ta`sir etadi. Shaxsning fazilatlarini to`ri aniqlash va bexota baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda ko`zatib ko`rish lozim. Shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma`naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro`yobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to`g`ri hal qilish uchun uning xalqiga ta`sir etuvchi omillarni, bu omillarning tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak. «Shaxs» tushunchasi «Inson» tushunchasidan farqli o`laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo`lishi, munosabat o`rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va h.k.), hayotda o`z o`rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning ravnaqi yo`lida og`ishmay, e`tiqod bilan xizmat qilishi, imonli bo`lishi insonni shaxs darajasiga ko`taradi. Bunday sifatlarning ro`yobga chiqishi tarbiyaga bog`liq bo`ladi. Download 236.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling