Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#216408
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Geometrik masalalarni yechishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish

۰6

²

۰81

 

=216 ni 


hisablaydi. 

  

O‘quvchiga konus   asosining   yuzi  oldindan  ma‘lum.  Ushbu  masala  



o‘quvchining  geometrik   tafakkurini  rivojlantirishga    yordam  beradi.  Chunki  

masaladagi  muammoni  hal  qilishda  uning  taxminiy  ko‘rinishi   chizmasini  

tasavvur  qila  olishi  va  chizishi   zarur. Bu   o‘z  navbatida  o‘quvchilarni  fikrlashga  

undaydi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                          

 



39 

 

 



                                               XULOSA 

 

Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishim  mumkunki, ota – bobolarimiz qadimdan 

bebaho boylik bo‘lmish ilm – u ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat 

ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan‖.Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong 

mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq 

ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim 

– tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib 

bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan 

ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va 

jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu 

keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashni talab 

qiladigan umummilliy masaladir. 

Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida 

yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi 

farzandlarining buguni qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har 

qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. 

Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng 

fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga 

yetkazish  ta‘lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb 

qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‘lim – tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab 

etadi. 

Bugungi kundagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy o‘sishimizning 

o‘zi, zamon talab qilayotgan eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan 

yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir degan dasturiy 

fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi ayniqsa, 

boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirish 

masalalariga borib taqaladi. Geomatriya  fanini  o‘rganish o‘quvchilardan faol 

fikrlashni talab qiladi. Agar matematik bilimlar aqliy fikrlashsiz, quruq  yodlab 




40 

 

olinsa, o‘quvchining ongi yaxshi o‘smaydi va natijada o‘quvchi bunday bilim bilan 



mustaqil fikrlashni talab qiluvchi savollarga javob bera olmaydi.   ―Har bir 

pedagogning vazifasi faqatgina bilim berish emas, balki hayotga bog‘liqligi 

borligini ham ko‘rsata olishdir. Sababi hayotdan chetda qolgan har qanday bilim 

ham tezda unut bo‘lib ketadi. Shuning uchun o‘quvchilarni doimo bilimlarini 

amalda qo‘llashga o‘rgatish kerak, ya‘ni har xil ta‘limiy mazmunli o‘yinlar 

o‘rgatish kerak bo‘ladi.‖ 

O‘quvchilarga   hisob – kitob. Birlik va ko‘pliklar, o‘quvchilarning 

matematik tafakkurini shakllantirishga yordam berishi aniqlangan. Bundan tashqari 

har bir o‘quvchida qandaydir kuchli tomoni bo‘lishi mumkin, u bilan ishlash, unga 

tayanish lozim. Yuqorida aytib o‘tilgan xususiyat egalari harakati psixologik 

nuqtai nazardan olib qaraladigan bo‘lsa, ularning tafakkuriga bog‘liq.  Tafakkur 

inson aqliy  faoliyatining aqlu – zakovatining ongli hatti – harakatining yuksak 

shakli hisoblanadi. Tafakkur jarayonida insonda fikr – mulohaza, g‘oya, faraz 

kabilar vujudga keladi 

O‘quvchilarni geometriya darslarida tafakkurini shakllantirish  uchun turli  

xildagi   masalalar  ham  muhim ahamiyatga  egadir.  .  Masalan:  matematik ob‘ektlar,  

geometrik figuralar,  diagrammalar,  faktlar, formulalarni tasavvuriga keltirishlaridan 

avval uni  tafakkur  qiladilar.  Uchburchak, to‘rtburchak, romb kabi geometrik 

figuralar qatnashgan masalalar ularni ko‘proq fikrlashga, bosh qotirishga davat etadi 

va o‘z- o‘zidan tafakkur shakllanishida  asosiy ro‘l o‘ynaydi.  Agar biz geometrik 

obektlar ustida  fikrni qo‘yadigan bo‘lsak, o‘quvchiga nuqta, tekislik, tog‘ri chiziq 

haqida tushincha beramiz. O‘quvchi bu tushunchani ko‘rish orqali sezib tafakkuriga 

o‘tkazadi so‘ngra nuqta, tekislik, to‘g‘ri chiziqning o‘zoro munosabatini o‘rganib 

tafakkurini boyitsa shu bilan birga  mushohadalangan ma‘lumotlarga tayansa ularda 

sodda tasavvurlar paydo bo‘ladi.  

                                   IZOHLI     LUG‟AT 




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling