Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti


Download 1.95 Mb.
bet13/19
Sana08.02.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1177725
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Grafik muharrirlar

Soft image XSI – film va o’yinlardagi animatsiya va mahsus effektllar uchun kuchli modellashtirish, animatsiya va rendering paketi.
Maya – Softimage bilan raqobatlashuvchi mahsulot bo’lib, keng qamrovli modellashtirish paketi hisoblanadi. U modellashtirish va animatsiya uchun instrumentlarning keng tanlovini taklif qiladi.
Media bu insonlar o’rtasida axborot, bilim, xis-tuyg’ular, fikr va g’oyalarni Yetkazib berishdir. Medianing Zaruriy nazariy ma`lumot: etimologiyasi suxbatdoshga bilim yoki axborotni berishdir. Bir xil turdagi ma`lumotlar monomedia deyiladi. Multimedia bu bittadan ko’p bo’lgan mediadir. Multimedianing komponentalarigamatn, tasvir, grafika, ovoz, musiqa, animatsiya, videolardir.
Multimedia konvertorlar va kodeklar Videoni siqish uchun har xil standartlardan foydalanish mumkin. Ammo bunda, ma`lumotlarni o’zgartirish uchun ma`lum bir algoritmni tanlab olib, videoni butunlay boshqa vositalarni yoki dasturiy ta`minot yordamida siqish mumkin, bu esa mutlaqo xilma-xil natijalar chiqishinita`minlaydi. Tarmoqdan yuklab olingan HD-formatli videorolik yoki diskdan ko’chirilgan Blu-Ray filmning mobil telefonga yozilgan video sifati va xususiyatlari qanchalik darajada farq qilishi mumkinligiga e`tibor bering.

II BOB. "Grafik muharrirlar bilan ishlash" mavzusini o'qitishda dasturiy taminotdan foydalangan holda kompyuter testlarini yaratish jarayoni

2.1. Kompyuter grafikasi darsini shakllantirish va grafik muharrirlar bilan ishlash


Ta’lim jarayonining maqsadi malakaviy talablar, o’quv rejasi, dasturi, shuningdek, darslik, qo’llanmalarda belgilab berilgan muayyan mavzu hamda mashg’ulot turining o’ziga xos jihatlari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, o’quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ularning hayotiy extiyoji va qiziqishlari, o’qituvchining bilim va malaka darajasi, dunyoqarashi, ijodkorligi, vaziyatni baholash hamda unga muvofiq tezkor harakat qila olish layoqati va hokazo omillarni inobatga olish asosida belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashning ilg’or yo’nalishlari bitiruvchilarda quyidagilarni ta’minlashi kerak:
- axborot madaniyati;
- ijodiy faollik;
- kasbiy kompetentlik;
- yuqori darajadagi xulq-atvor.
Shu bilan birga fan, texnika, iqtisodiyot va ishlab chiqarishda axborot jarayonini intensifikatsiyalash va joriy etish ta’limda:
- yangi modelni ishlab chiqishni;
- turli axborot ta’lim muhitlarini yaratishni;
Kasb ta`limi Kompyuter grafikasi va dizayn yo‘nalishi talabalari uchun “Kompyuter grafikasi” fani 1 va 2 kursda o‘tiladi. Bu fan bakalavriat yo‘nalishi 5111000-Kasb ta’limi (5330400– Kompyuter grafikasi va dizayn) yo‘nalishlarida o‘qiladigan “Kompyuter grafikasi va dizayn” o‘quv fani bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, bo‘lajak fan o‘qituvchisi egallashi kerak bo‘lgan quyidagi bilimlar va ko‘nikmalar majmuini o‘z ichiga oladi:
- kompyuter grafikasi haqida tushuncha. Kompyuter grafikasi turlari: vektorli, rastrli, fraktal, CD-grafika. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi. Grafik axborotlarni kiritishning maxsus vositalari. Grafik axbortlarni kiritish, taxrirlash va chiqarishning dasturiy vositalari: CorelDraw, PhotoShop, Tasvirlarga ishlov berish.
- Adobe Illustrator grafik muharriri yordamida grafik ma’lumotlarni aks ettirish. Ranglar palitrasi.
Fanni o‘qitilishidan maqsad: kompyuter grafikasi va dizayn haqida umumiy tushunchalar va tasvirni kompyuter ekranida chiqarish, qayta ishlash haqida ma’lumot berish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fan doirasida qo‘yidagi vazifalar yechiladi: ikki (2D) va uch (3D) o‘lchovli grafika algoritmlarini o‘rganish: ob’ektni tasvirlash, geometrik almashtirishlar, geometrik proyeksiyalar, rastr algoritmlari, ko‘rinmas chiziq va sirtlarni olib tashlash, buyash, rang va yorug‘lik bilan ishlash algoritmlarini urganish; dasturlash tizimlarining grafik vositalari bilan tanishish; grafik dizayn asosiy tushunchalarini o‘rganish; rastr, vektor va animatsiya grafikalari bilan ishlovchi amaliy dasturlar (Photoshop, Corel Draw) da ishlash asoslari o‘rganish.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling