Multimedia video tahrir (Video Editing) tahrirlash uchun mo’ljallangan ayrim dasturlar:
Adobe Premiere – nochiziqli montaj (video kliplarning har qanday tartibi) uchun video tahrirning oson va intuitiv vositasi. Video va audiolar treklarda joylashgan. Bu o’z qatorda video va audio treklarning katta soni va ularning sig’imini ta`minlab beradi. Filtr va kliplar harakatlarining kutubhonasi samarali multimedia mahsulotlarini yaratishga katta imkon beradi.
Adobe After Effects – video tahrirning kuchli bir instrumentlaridan biri bo’lib, foydalanuvchilarga joriy filmlarni o’zgartirish uchun yoritish, maxsus soyalar va shu kabi boshqa effektlardan foydalanishga imkon beradi. Bundan tashqari, u, Photoshop dagi kabi, qatlamlarga mustaqil ravishda ob`ektlarni manipulyatsiya qilishga yordam beradi.
Final Cut Pro – Apple ning Macintosh platformasiga taklif qilgan video tahrir uchun vosita. U video va audioni film va DV kabi ko’p sonli manb`alar ichidan qamrab olishga qodir. U butun muhitni ta`minlab beradi, qamrab olishdan boshlab tahrirlash va ranlar hamjihatligi, va nihoyat, videofaylni ko’rsatish yoki kompyuterdan o’tkazishgacha.
Multimedia Animation (Animatsiya) uchun mo’ljallangan ayrim dasturlar:
Java3D – bu API (amaliy dasturlash interfeysi)bo’lib, Java Media Framework ga analogik tarzda multimedia fayllarga ishlov beradi. Bu dasturchilar yaratishi mumkin bo’lgan ibtidoiy ob`ektlarning asosiy majmuini beradi. OpenGL yoki DirectX (foydalanuvchi o’zi tanlashi mumkin)ustiga qurilgan abstraktsiya qatlami bo’lib, shuning hisobiga grafik tezlashadi.
DirectX – eng keng tarqalgan API (amaliy dasturlash interfeysi) bo’lib, kompyuter o’yinlari kabi zamonaviy Windows multimedia ilovalarini ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi.
OpenGL 1992– yilda yaratilgan va hozirda foydalanishda eng ommabop 3D API(amaliy dasturlash interfeysi)deb hisoblanadi. OpenGL juda ixcham bo’lib, UNIX, Linux, Windows va Macintosh kabi ommabop va zamonaviy operatsion tizimlarda ham ishlayveradi.
3D Studio Max – animatsiya personajlari, o’yinlarni ishlab chiqarish va vizual effektlarni yaratish uchun mo’ljallangan barcha professional yuqori sifatli vositalar qatorini o’z ichiga qamrab olgan. Bu vositalar yordamida yaratilgan modellarni bir necha o’yinlarda ham uchratish mumkin, masalan, Sony Playstation va.x.k. da.
Do'stlaringiz bilan baham: |